Yevropa taraqqiyot va tiklanish
bankining O'zbekiston
iqtisodiyotidagi ro'li
EKT-75
1. Ibodov Sirojiddin
2. Iskandarov O‘tkir
3. Kamoljonov Islombek
4. Xasanov Quvonchbek
Reja
1.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot
Banki (YeTTB)ning tashkil topishi
2.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot
bankini jahon iqtisodiyotida
tutgan o‘rni
3.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot
bankini O‘zbekistonga kiritilgan
investitsion tahlili
4.
2017-2021 – yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi
belgilangan vazifalarni bajarishda
YeTTB ni o‘rni.
Yevropa
Tiklanish va
Taraqqiyot Banki
tashkil topishi
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European
Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo
mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam
koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat
hukumatlari tomonidan 10 mlrd. mablagʻ bilan tashkil etilgan.
1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda.
Uning asosiy vazifalari:
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida
boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va
korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish;
Tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni
jalb etish;
Kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi
va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga
koʻmaklashadi.
Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar
sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport,
energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini
moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 %
xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor
korxonalariga,
40
%
infratuzilma
yoki
boshqa
loyihalarga
yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan
hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln.
ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish
va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning
vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga
oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa
Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston
Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy
garov shartlarini bekor qildi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank
infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta
biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni
uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy
ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu);
energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga
muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent
xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar
sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar
ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida
umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy
etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga
teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va
kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi.
Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat
banklariga berilgan
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini
jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni
Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) — 1991-yilda tashkil topgan va unga 56
ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor
iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlami amalga oshirishni qo‘llab-quwatlash
maqsadida tuzilgan. 0 ‘zbekiston YeTTBga 1992-yil 27-apreldan a’zo bo'lgan. YeTTBning
asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat:
•
infratuzilmani rivojlantirish;
•
turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalaming loyihalarini moliyalashtirish va
kreditlash. Bunda resurslaming 60 foizi xususiy sektorga, 40 foizi davlat sektoriga
mo‘ljallangan;
•
xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish;
•
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
•
aniq loyihalariga maslahat-texnik yordam berish;
YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 1991— 2012-yillarda 3 644
taga (2012-yilda 393 ta) yetdi. 1991-2012-yillar- da amalga oshirilgan loyihalaming
umumiy qiymati 235,4 mlrd yevroni, 2012-yildagi loyihalar qiymati esa 24,8 mlrd
yevroni tashkil etdi.
Mintaqaviy rivojlanish banklari
• mintaqaviy banklar tegishli iqtisodiy hudularda faoliyat olib boradilar va ushbu mintaqaning
rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqadigan maqsadlarni ko'zlaydilar;
• mintaqaviy banklar a ’zo mamlakatlarga nisbatan ularning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra
tabaqalashgan kredit berish siyosatini olib boradilar;
• mintaqaviy banklar tarkibida eng obro‘lisi YeTTB hisoblanadi;
• YeTTBga 56 ta malakat a ’zo;
• YeTTB faoliyati a ’zo mamlakatlarda ko‘p partiyaviylik, pluralizm va bozor islohotlarining
mavjudligini nazarda tutuvchi siyosiy jihatlarga ega;
YeTTB jahondagi o‘rni
• Bank kichik va oʻrta biznesni
qoʻllab-quvvatlash va
tadbirkorlar sinfini shakllantirish
masalalariga katta eʼtibor
beradi, transport, energetika,
islab chiqarish sohalaridagi yirik
infratuzilma loyihalarini
moliyalashda ishtirok etadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini O‘zbekistonga
kiritilgan investitsion tahlili
YeTTB 2019-yilda O‘zbekistondagi loyihalari
portfelini kengaytiradi
• YeTTB direktori Umurzoqov bilan suhbat davomida
bank O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish
yo‘nalishiga sodiq ekanligini ta’kidladi va o‘tgan
davr ichida erishilgan kelishuvlar va birgalikdagi
ishlar natijalarini sanab o‘tdi.
• Bugungi kunda bank bilan umumiy qiymati 622,5
million dollarlik yettita loyiha bo‘yicha zayom
bitimlari imzolangan. Ular poytaxt va
respublikaning boshqa hududlarida suv ta’minoti va
markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash,
shuningdek, elektr energetikasi sohasini
modernizatsiya qilishga qaratilgan.
• YeTTB 1992-yildan 2010-yilga qadar 54 ta loyiha
uchun O‘zbekistonga 894 million yevro investitsiya
kiritgan.
YeTTB O‘zbekistonga investitsiya kiritishni
qaytadan boshlaydi
• Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda, dedi Markaziy Osiyo va Rossiya
bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova “Jahon” AAga bergan intervyusida. U Toshkentga 6-fevral kuni hamkorlik istiqbollarini muhokama
qilish uchun tashrif buyurdi.
• “Ayni vaqtda o‘zbek tomoni bilan hamkorlikda hamkorlikning ustuvor jihatlarini aniqlab olmoqdamiz, — dedi Natalya Xanjenkova O‘zbekiston TIV rahbari
Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar natijalari bo‘yicha so‘zlar ekan. — Hukumat bilan maslahatlashuvlar asosida YeTTB o‘z imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda moliyaviy mablag‘larni investitsiya qilishi mumkin bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotining aniq sohalarini belgilab olmoqdamiz”.
• Mazkur bosqichda hamkorlikning ustuvor sohalari kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va boshqa
masalalarni o‘z ichiga oladi, deya qayd etdi YeTTB boshqaruv direktori. U tomonlar iqtisodiyotning an’anaviy sohalarini cheklashni mo‘ljallamayotgani,
balki yangi innovatsion yo‘nalishlarni izlayotganini ta’kidlab o‘tdi.
• “Zamonaviy sharoitlar hamkorlikning holati va istiqbollariga yangicha nazar tashlashga imkon tug‘dirmoqda. Biz O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatlar
to‘qnashgan sohalarda uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqdamiz”, — dedi Natalya Xanjenkova.
• O‘zbekiston va YeTTB hamkorligining hal etilishi YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining Toshkentga tashrifiga xizmat qilishi lozim, deya qo‘shimcha qildi
u.
• YeTTB 1991-yilda bozor iqtisodiyoti va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
• O‘zbekiston YeTTBga 1992-yilda a’zo bo‘lgan. Bank respublikada 55 ga yaqin loyihani amalga oshirish uchun umumiy miqdorda 900 million yevroga yaqin
mablag‘ni investitsiya qilgan. YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha so‘nggi strategiyasi 2005-yilning yozida qabul qilingan va so‘nggi loyiha 2007-yilda
yakuniga yetgan.
• Ayni paytda YeTTBning O‘zbekistondagi faoliyati faqatgina mavjud investitsiyalar portfelini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, uning miqdori 5 ta loyiha
bo‘yicha 8 million yevroni tashkil etadi.
YeTTB kiritgan investitsiyalar tahlili
YeTTB 1997-2010 yilarga qaradar 900 mln $ inestitsiyasining
sarflanishi
Fargʻona neftni qayta ishlash
zavodini jihozlash 81,5
21%
Energetika ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish va Sirdaryo
GRESning xalqaro andozalarga
muvofiqligini taʼminlash 25,2
6%
Toshkent xalqaro aeroportini
taʼmirlash, shuningdek,
xavfsizlikni oshirish uchun
maxsus jihozlar sotib olish 43,5
11%
Yevropa Tiklanish va
Taraqqiyot Banki tomonidan
Oʻzbekistonda oʻrta va kichik
biznesni rivojlantirish
maqsadida 120
31%
Hukumat kafolatisiz
Oʻzbekiston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy
bankiga 60
15%
Hukumat kafolati bilan boshqa
tijorat banklariga berilgan 60
15%
MLN $ HISOBIDA
O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasida Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi ochildi
Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki
prezidenti Suma
Chakrabarti
boshchiligidagi
delegatsiya a’zolari
mamlakatimizning
qator vazirlik va
idoralarida
uchrashuvlar o‘tkazdi.
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev bilan
uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. YeTTB vakillariga Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot
berildi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda
qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Suma Chakrabarti
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni juda muhimligini, o‘zaro hamkorlikni
rivojlantirishning yangi sahifasi ochilganidan g‘oyat mamnun ekanini alohida ta’kidladi.
• Evropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‘rinbosari O.Ramatov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston hamda Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirishdan
manfaatdor ekani ta’kidlandi.
• S.Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
islohotlarda, iqtisodiyotning turli sohalariga sarmoya jalb etishda faol ishtirok etish istagini
bildirdi.
• Hamkorlikda metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish,
infratuzilma, sarmoya, sanoat, transport va transport kommunikatsiyalari kabi sohalarda
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalar xususida so‘z yuritildi.
• Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi va O‘zbekiston Respublikasi bilan YeTTB
o‘rtasida Markaziy Osiyo uchun ekologiyani qayta tiklash bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazish
to‘g‘risida hadli bitim imzolandi.
• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimiz iqtisodiyoti
barqaror rivojlayotgani, keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8 foizdan yuqori bo‘lib
kelayotgani ta’kidlandi.
• Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan profitsit bilan bajarilmoqda. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy
saldosi ta’minlanayotir. Iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi har yili qariyb 10 foiz o‘smoqda.
YeTTB delegatsiyasiga 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish, uning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, xususiy mulk himoyasini kuchaytirish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash borasida belgilangan chora-
tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi muloqotda mamlakatimizda xususiy sektor ishonchli himoyalangani, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi qariyb 57 foiz, sanoatda 45 foizga yetgan. 2016-yilda
2015-yilga nisbatan 18 foiz ko‘p kichik biznes subyektlari tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016-yil 5-oktabrdagi farmoni tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Evropa taraqqiyot va tiklanish banki delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat
qo‘mitasida ham muzokara o‘tkazdi.
• O‘zbekiston boy tarixi, zamonaviy infratuzilmasi, turizm salohiyati bilan sayyohlarni jalb etayotgani ta’kidlandi. Mehmonlar mamlakatimizda
turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-
dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xalqaro
hamkorlikka keng yo‘l ochgani qayd etildi.
Delegatsiya a’zolari mamlakatda turizmni yanada rivojlantirish uchun mehmonxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, transport
kommunikatsiyasini taraqqiy ettirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko‘maklashish, turli festivallar va sport musobaqalarini tashkil etish
kabi masalalarda hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
YeTTB delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
markazida ham bo‘ldi.
•
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti poytaxtimizdagi press-klubda muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot
anjumani o‘tkazdi.
O‘zbekiston Prezidenti Osiyo
taraqqiyot banki prezidentini qabul
qildi(03.03.2017)
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Osiyo
taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi.
• Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari
va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dastur va loyihalarni
amalga oshirish borasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi
o‘zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan
ta’kidladi.
• Bugungi kunda hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni
tashkil etuvchi 59 loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun
bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan.
• Tollimarjon va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug‘-gaz
qurilmalarini barpo etish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya
qilish, qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish, mamlakatimizning turli
hududlarida suv ta’minoti tizimi va sanitariya obyektlarini rekonstruksiya qilish,
Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash, Maroqand-Qarshi temir yo‘lini
elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa
loyihalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga
oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi.
Aholi, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasini
oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash,
agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, yo‘l-transport
infratuzilmasi, muqobil energetikani rivojlantirish,
energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va
boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan ustuvor loyihalarni
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi
ta’kidlandi.
OTB prezidenti samimiy qabul va o‘zaro sheriklik
munosabatlarini mustahkamlashni qo‘llab-
quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga chuqur
minnatdorlik bildirib, Osiyo taraqqiyot banki
O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni
rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.
OTB delegatsiyasining mamlakatimiz vazirliklari va
idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha
bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan
holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv
ta’minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini
rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish
bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
O‘zbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao
Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib,
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan
investitsiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi.
Uchrashuvda 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur
doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning
samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida
mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib
borilmoqda. Bunda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
jumladan, ularni yanada rivojlantirish uchun kredit mablag‘larini ajratishga qaratilmoqda.
• 2017 - yil 18-oktabr kuni Londonda YeTTB Direktorlar kengashi
tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirish uchun ikkita loyiha
ma’qullandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki uchun 100 million AQSh dollari miqdorida
kredit liniyasi taqdim etilishi tasdiqlandi. Bundan 70 million
AQSh dollari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yakuniy
qarz oluvchilarini, 30 million dollari savdo sohasini
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kreditdan maqsad kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari, jumladan, mamlakatimiz
mintaqalaridagi tadbirkorlarni o‘rta muddatli moliyalashtirish
imkoniyatini yaxshilashdan iborat.
• Bundan tashqari, meva sharbati, konsentratlar, sabzavot pastasi
va boshqa shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan «Agromir Juice» MChJ qo‘shma korxonasiga 10
million dollar miqdorida kredit liniyasini taqdim etish
ma’qullandi. Ushbu kredit YeTTB tomonidan Samarqand
viloyatida zamonaviy ombor majmuasini qurish uchun mablag‘
ajratilishini nazarda tutadi va kompaniyada yagona boshqaruv
tizimini joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
• Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, Direktorlar kengashining qarori tarixiy va misli ko‘rilmagan voqea
hisoblanadi, chunki YeTTB avval biron-bir davlat bo‘yicha Mamlakat dasturi tasdiqlanmagunicha
loyihalarni moliyalashtirishni ma’qullamas edi. Ta’kidlanishicha, ushbu holat Prezident Shavkat
Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho
berilayotganidan dalolatdir.
• Ushbu loyihalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti F.Bennetning 2017-
noyabr oyida mamlakatimizga tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilmoqda.
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyevning so‘zlariga
ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bu YeTTB tomonidan moliyalashtirish ochilishining boshlanishi,
xolos. Hozirgi vaqtda bank tomonidan mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda
YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur ma’qullanganidan
so‘ng bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi yanada kengayadi.
Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki bilan
hamkorlik yillarida
iqtisodiyotimizning
turli tarmoqlariga 500
million dollardan
ziyod mablag‘ jalb
qilinib, buning
samarasida 54 loyiha
hayotga tatbiq etildi.
(09.11.2017)
• Mamlakatimizga Yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki birinchi vitse-prezidenti Filipp Bennett
rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida
tashkil etilgan mazkur marosimda vazirlik va
idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, soha
mutaxassislari ishtirok etdi.
• Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartining shu yil mart oyida
mamlakatimizga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Unda hamkorlikning
istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berilgan. Kichik va o‘rta korxonalar uchun maslahat berish
va moliyalashtirish xizmatlari ehtimoliy dasturi, transchegaraviy savdo va hamkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan savdoni moliyalashtirish, texnologiyalar va nou-xaular
almashinuvini ta’minlash imkonini beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish vazifalari shular
jumlasidandir.
• Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik yillarida iqtisodiyotimizning turli
tarmoqlariga 500 million dollardan ziyod mablag‘ jalb qilinib, buning samarasida 54
loyiha hayotga tatbiq etildi.
• 2017 - oktabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar
kengashi O‘zbekiston uchun dastlabki ikki loyihani bir ovozdan
tasdiqladi. Mazkur loyihalar kichik va o‘rta biznes, savdoni
moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Milliy
bankiga ajratiladigan 100 million dollar qiymatidagi kredit liniyasi,
shuningdek, meva sharbati ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
«Agromir» xususiy kompaniyasiga ajratiladigan 10 million dollarlik
zayomdan iborat. Ayni paytda moliya, qishloq xo‘jaligi va sanoat
tarmoqlarida, shuningdek, joylardagi infratuzilmani rivojlantirish
bo‘yicha ko‘plab qo‘shimcha sarmoyaviy loyihalar ishlab
chiqilmoqda. YeTTB «Kichik biznes uchun maslahatlar» dasturini ham
ishga tushirdi. Uning doirasida birinchi loyihalar boshlab yuborilgan.
Tadbir doirasida Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent
shahrida suv va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga oid qiymati
qariyb 215 million AQSh dollarlik beshta hujjat imzolandi. Bu
loyihalar aholi salomatligi va turmush sharoitini yaxshilashga xizmat
qiladi.
Shu kuni F.Bennett boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi xalqaro
Vestminster universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan
uchrashdi. Universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi bilan
tanishdi.
E’tiboringiz
uchun
rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |