Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki: yuzaga kelishi, maqsadi va vazifalari
O’zMU iqtisodiyot fakulteti Kadrlar menejmenti yo’nalishi 3 bosqich talabasi Zikirxo’jayeva (Abduvoxidova) Durdona
YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (YETTB) (The European Bank for Reconstrustion and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-y. da 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-y. dan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda.
YETTB bozor iktisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; Tadbirkorlikni rivojlantirish; Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; Kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, ishlab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining asosiy vazifalari:
Bank resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidentlari
1991–1993
Jacques Attali
1993–1998
Jacques de Larosière
1998–2000
Horst Köhler
2000–2008
Jean Lemierre
2008–2012
Thomas Mirow
2012–yildan
Suma Chakrabarti
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini O‘zbekistonga kiritilgan investitsion tahlili YeTTB 2019yilda O‘zbekistondagi loyihalariportfelini kengaytiradi • YeTTB direktori Umurzoqov bilan suhbat davomida bank O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishiga sodiq ekanligini ta’kidladi va o‘tgan davr ichida erishilgan kelishuvlar va birgalikdagi ishlar natijalarini sanab o‘tdi. • Bugungi kunda bank bilan umumiy qiymati 622,5 million dollarlik yettita loyiha bo‘yicha zayom bitimlari imzolangan. Ular poytaxt va respublikaning boshqa hududlarida suv ta’minoti va markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, shuningdek, elektr energetikasi sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan. • YeTTB 1992-yildan 2010-yilga qadar 54 ta loyiha uchun O‘zbekistonga 894 million yevro investitsiya kiritgan
“Asaka” aksionerlik tijorat banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YETTB) 50 million AQSH dollari qiymatidagi mablagʻlarni jalb qilish toʻgʻrisida strategik jihatdan muhim kelishuvni imzoladi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Asaka” AT bankiga 50 million AQSH dollari ajratadi
Jalb qilingan mablagʻlar iqtisodiy inqiroz davrida qiyinchilikka uchragan mikro va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash va mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy sohalariga pandemiya koʻrsatgan salbiy taʼsirni kamaytirish uchun yoʻnaltiriladi. Mazkur kredit liniyasi bank mijozlarini, shu qatorda eksporterlarni pandemiya davrida aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash imkonini beradi.
YETTB va “Asaka” ATB hamkorligi koʻplab yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi va kredit liniyalarini jalb qilish bilangina cheklanib qolmaydi. Tomonlar shuningdek, zamonaviy bank amaliyotlarini joriy etish va eksportoldi va eksportdan keyingi savdo operatsiyalarini ham hisobga olgan holda savdo moliyalashtirishning vositalaridan foydalanish sohasida ham hamkorlik qiladilar. Bundan tashqari, YETTB “Asaka” bankni xususiylashtirish oldi tayyorgarligi boʻyicha ham ishlar olib bormoqda.