Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash



Download 15,51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.04.2022
Hajmi15,51 Kb.
#530967
Bog'liq
c10660d1-d1e9-4385-a264-f342e44ea1ed



Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash,
qandolatchilik mahsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar, osh tuzi ishlab chiqarish
sohalari o’sdi. Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli
shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996-yilda Qo‘ng‘irotda “Urga” gaz
sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz
bilan ta’minlash darajasi 83% ga etdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida Italiya
firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan ta’minlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va
plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab
chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993-yili
Nukusda “Kateks” to‘qimachilik majmuasi, 1995-yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to‘qimachilik
majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka konserva mahsulotlari ishlab
chiqaradigan zavod, Ellikkal’a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga
topshirildi. 1995-yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona 600 mln dollarga qiymatga
ega yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod
tarkibida kimyoviy yo’l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab
chiqarish ham ko’zda tutilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda
zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida
ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda
uchta yangi korxona tashkil etilib, to‘rttasi modernizatsiya qilinadi.
2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001-yilda 345
kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi.
Yuzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100
kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Yer osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor
qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va
Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa,
“O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining
sa’y-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”,
“Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir.
Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab bo‘layotgan
Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan
bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari
tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi. 2014-yili nufuzli “Infrastructure Journal”
xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb
e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga
oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga
4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun
3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna
piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Download 15,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish