Yog’da eruvchi vitaminlar



Download 28,07 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2022
Hajmi28,07 Kb.
#577713
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog’da eruvchi vitaminlar

D vitamini (kalsiferol)
Bu vitamin tanada ma'danli moddalardan kalsiy, fosfor almashinuvida ishtirok etib, uning yetarli bo‘lishi iste'mol taomlari tarkibidagi aynan shu unsurlarning ingichka ichak orqali qonga so‘rilishini yaxshilaydi va buyraklarda birlamchi siydikdan fosforning qayta qonga o‘tishini rag‘batlantiradi. Shu bois 40 – 50 yoshlardan keyin kalsiferolning taqchilligi skelet suyaklari mustahkamligini kamaytiradi, ular g‘ovak bo‘lib, suyaklarda og‘riq paydo bo‘ladi. Bu xastalik odatda quyosh nuridan kam bahramand bo‘ladiganlarda teztez uchraydi. Bunday paytlarda tez – tez quyoshda toblanish va kalsiferol preparatidan qabul qilish yaxshi naf beradi. Lekin uni me'yoridan oshiq qabul qilish bilan tanani zaharlab qo‘yish ham mumkin. Shuning uchun D vitaminini qabul qilishda albatta vrach bilan maslahatlashish kerak.
Gap shundaki, suyak to‘qimalari ham tanadagi boshqa to‘qimalar kabi yangilanib turadi. D vitamini yetishmasligidan qonda kalsiy miqdorining kamayishi yangi suyak hujayralari shakllanishida kalsiy ulushini kamaytiradi va g‘ovak bo‘lib qoladi.
Yosh bolalarda D vitamininig yetishmasligi ular suyagining bo‘shashib ketishiga – raxit kasalligiga olib keladi. Ushbu holat bola oyoq suyaklarining tana og‘irligiga bardosh bera olmasdan qiyshayib qolishi bilan harakterlanadi. Suyaklarning bo‘shashidan ko‘krak qafasi, uning shakli tovuq ko‘krak qafasiga o‘xshash bo‘lib qoladi. Bunday bolalar yuqumli kasalliklarga chidamsiz, lanj bo‘lib, ularda mushaklar tonusi ancha pasayadi. D vitamini yetishmasligining o‘z vaqtida oldi olinmasa, ulg‘aygan sari ushbu holat bola asab tizimi takomillashib borishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va parishonxotirlik yuzaga keladi. Bola yomon uxlaydi, injiqlashib, ko‘p terlaydi, qo‘zg‘aluvchanligi oshadi.
Kalsiferol haroratga chidamli bo‘lib, oziqovqatlarni pishirishda parchalanib ketmaydi. Bu vitaminning qolganlaridan farqi shundaki, u boshqa vitaminlar ko‘p bo‘ladigan o‘simlik mahsulotlari, sabzavotlar va mevalarda juda kam uchraydi. Asosiy manbai baliq yog‘i, o‘simlik moylari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hamda dengizdan olinadigan ozuqa mahsulotlari hisoblanadi. Lekin ushbu mahsulotlar bilan bu vitaminni salomatlik uchun yetarli darajada qabul qilish qiyin. Eng yaxshisi, ta'kidlaganimizdek quyosh nuridan foydalanib vujudda uning tegishli miqdorda sintezlanishiga erishish kerak. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, quyoshda uzoq muddatli badanni qoraytirish kalsiferol hosil bo‘lishini kamaytirib yuboradi va tanada unga nisbatan taqchillik paydo bo‘ladi. Badanni uqalash kalsiferol hosil bo‘lishini yengillashtiradi. D vitamini teri ajralmasi tarkibida bo‘lganligi uchun tanani me'yoridan ortiq darajada sovunlab yuvish uni kamaytirib yuboradi. Albatta bu o‘rinda teri gigienasi shartlarini buzmaslik kerak.
D vitamini nuqtai nazaridan quyosh nuriga “to‘ymaslik” havosi tutun va chang bilan ifloslangan katta shaharlarda ayniqsa ko‘p uchraydi. Lekin bolalarning, ba'zan katta yoshdagi kishilarning ham quyoshga toblanishi lozim bo‘lib qolsa, ushbu muolajani ertalab soat 1000 gacha va kunning ikkinchi yarmida 1700 dan keyin o‘tkazishni esdan chiqarmaslik kerak. Chunki soat 1000 dan 1700 gacha bo‘lgan vaqt ichida quyoshda qorayish zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yosh bolalarda taqchillik bo‘lmaslik uchun ularda qishda maxsus ultrabinafsha nurli vannalar, kerak bo‘lganda baliq yog‘i tavsiya qilinadi.

Download 28,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish