250
8
Boshqarish usuli
nuqtayi nazaridan
Asosan ma‟muriy
boshqarish usuli
O„z-o„zini boshqarish
Boshqarishning
iqtisodiy usuli
9
Muvofiqlashtirish
usuli nuqtayi
nazaridan
Mehnat
shartnomasiga
Mulkiy huquq
Qarziy huquq
Tijoriy huquq munosa-
batlari
10 Ish haqi darajasi
Mehnat
shartnomasiga binoan
Lizing
oluvchining
qoldiq daromadiga binoan
11
Menejerlar bilan
munosabat nuqtayi
nazaridan
Iyerarxik,
yuqoridan
pastga,
pastdan yuqoriga
Shartnomaviy,
hamkorlik
12
Tashkiliy nuqtayi
nazardan
Yollangan mehnat
Mustaqil
tadbirkorlik
faoliyati
Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo„lib,
bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko„rsatish bilan bog„liq tovarlar (nikoh
liboslari, muzlatkichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari,
mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turining xususiyati
shundaki, aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o„ta qisqa
muddatli bo„ladi yoki iste‟molchi undan xohlagancha foydalanishi
mumkin.
Lizing esa ko„p (30-40 yil) muddatgacha bo„lishi mumkin. Bu
turdagi ijaraning xususiyati shundaki, aksariyat hollarda (80-90%) lizing
muddati tugagandan so„ng mulk egalari o„zgaradi, juda kam hollarda
mulk egasi o„zgarmay qolishi mumkin. Lizing operatsiyasini amalga
oshirish chog„ida uchta subyektning ishtirok etishi shartdir:
ishlab chiqaruvchi – lizing beruvchi;
iste‟molchi – lizing oluvchi;
vositachi – lizing sotuvchi.
Vositachining asosiy vazifasi shundan iboratki, u ishlab chiqaruv-
chidan asbob-uskunalarni sotib olib, buyurtmaga asosan iste‟molchiga
ma‟lum bir muddatga ijaraga beradi. Shu bilan bir qatorda vositachi
moliyalashtirish ishlarining barchasini o„z zimmasiga oladi. Lizing
davrida vositachi (masalan, bank) iste‟molchidan kelishilgan miqdordagi
yillik (oylik, kvartallik, yarim yillik) badallarini olib turadi.
[155]. Lizing bir vaqtning o„zida ham moliyalash, ham yangi
texnologiyalarni xarid qilish masalalarni hal etishda o„xshashi yo„q
moliyaviy vositadir. Shuni ta‟kidlash joizki, lizing faoliyati bir qator
rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, kichik va o„rta biznesni
251
qo„llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi.
Lizing tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing
oluvchi, ya‟ni lizing operatsiyasida qatnashuvchi har bir subyekt
manfaat topadi.
Masalan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lizing operatsiyasi tufayli
eng avvalo uskuna va mashinalarning oldi-sotdisini amalga oshirib,
sotuv ko„lamini kengaytirishi mumkin (37-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: