X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


-mavzu. FUQARO MUHOFAZASI TIBBIYOT



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

9-mavzu. FUQARO MUHOFAZASI TIBBIYOT 
XIZMATINING TASHKILIY STRUKTURASI. 
ZARARLANGAN AHOLINI DAVOLASH-KO‘CHIRISH 
TA’MINOTINING ASOSLARI 
Fuqaro muhofazasi tibbiyot xlzmatining  maqsadi va vazifalari
Zamonaviy 
urush 
sharoitida 
aholiga 
tibbiy 
ta’minotni 
tashkillashtirishda FMTX faoliyati ba’zi xu^usiyatlarga ega bo‘ladi. 
Ular quyidagilardan iborat:
-   aholi orasida bir vaqtda ko‘p sonli sanitar yo‘qotish vujudga 
kelishi,  turli  xarakterli,  turli  og'irlikdagi  zararlanishlar,  yangi 
patologiya paydo bo‘lishi;
-   tibbiyot  muassasalari  foaliyatining  buzilishi  va  FMTX 
shaxsiy tarkibida yo'qotishlar;
-   shahar va qishloqlarda bino va inshootlar buzilishi, tibbiyot 
tuzilmalari va muassasalarini yoyish va ishlashining qiyinlashuvi;
-   katta  hududni,  oziq-ovqatlaming  va  suvning  radioaktiv, 
zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar bilan yoki kuchli ta’sirli 
zaharli moddalar bilan zararlanishi;
-   fuqaro  muhofazasi  ко‘chirish  tadbirlari  tufayli  epidemik 
holatning ko‘tarilishi va ommaviy zararlanish o‘choqlarida sanitar- 
epidemiologik vaziyatning murakkabligi;
-   dushman  hujumi  ta’sirini  yo'qotishda  kuch  va  xizmat 
vositalarini boshqarishning qiyinligi.
FMTX tashkiliy asoslari  va zamonaviy  faoliyatidagi  tamoyillari 
tibbiyot fanining amaliy va nazariy rivojini aks ettiradi.
1.  FMTX  tuzilmalari  va  muassasalari  bor  bo‘lgan  sogiiqni 
saqlash  muassasalari  va  organlari  qoshida  tashkil  etiladi  (ishiab  -  
chiqarish hudud tamoyili).
2.  FMTX  hamma  o‘choqda  ishlash  qobilyatiga  ega  tuzilmalar 
tashkil  etadi.  Bu  o‘choqiarda  yirik  o‘zgartirishlar  kiritmasdan
136


tuzilmalar bilan keng manevr o‘tkazishga imkon yaratadi (universal 
tayyorgarlik prinsipi).
3.  Har  bir  tuzilma  va  muassasa  o‘ziga  xos  ma’lum  tartib- 
tadbiriarni yoki funksiyani bajarishga mo‘ Ijallangan -  tibbiy yordam 
ko‘rsatish,  zararlanganlami davolash,  epidemiyaga qarshi tadbirlar 
o‘tkazish va boshqalar (funksional moijallanish prinsipi).
4.  Zararlanganlarga va bemorlarga birinchi tibbiy yordam  ko‘r- 
satish  uchun  aholining  o‘zi  sanitar  posti,  sanitar-drujinani  tashkil 
etish orqali jalb etiladi va jami aholini o‘z-o‘ziga hamda boshqalarga 
yordam ko‘rsatishga o ‘rgatish.
5.  FMTX  faoliyati  harbiy-tibbiyot  xizmati  bilan  doimiy  ham- 
korlikda olib boriiadi.
6.  Zararlangan  aholini  davolash-ко‘chirish  ta’minotini  tashkil- 
lashtirish,  zararlanganlami  va  bemorlarni  moijallanishiga  asosan 
shahardan chetdagi davolash muassasalariga ko‘chirish va davolash 
ikki bosqichli yagona tartibda (sistemada) olib boriiadi.
FMTXda  -   birinchi  tibbiy,  birinchi  shifokor,  malakali  va 
mutaxassis tibbiy yordami ko'zlangan.
Fuqaro  muhofazasining  tibbiyot  xizmati  sogiiqni  saqlash 
sistemasidagi  maxsus  birlashma b oiib  ommaviy  qirgin  quroli  va 
hujum  quroli  qoilanilganda  hamda tabiiy  ofat,  yirik fojia,  falokat 
ta’sirida zararlangan aholining tibbiy ta’minoti uchun moijallangan.
FMTXning  eng asosiy vazifalari:
1. 
Zararlangan  aholiga turli  xildagi tibbiy yordamni  o‘z vaqtida 
ko‘r$atish va zudlik bilan ularning so g iig in i va mehnat qobilyatini 
tiklash, nogironlik va oiim ni kamaytirish.
Bu vazifalarni bajarish uchun:
A. 
Murakkab  ilmiy  asoslangan  kompleks  tadbirlar  oikazish  -  
bu tadbirlar zararlanganlaming ogirlashuvini, ba’zi bir organlar va 
sistemalar funksiyasi  buzilishining oldini olish uchun qaratilgan.
FMTXning kuch va vositalarini tayyorlash ularning tayyorgarligi 
hozirgi  davr  tibbiyot  bilimi  va  texnikasini  qoilash  -   tibbiy
137


xodimlarning  mehnat  qobiJyatini  oshirish,  oz  miqdordagi  kuch  va 
vositalar yordamida katta hajmdagi ishni bajarish.
B. Ommaviy qirg‘ in qurolidan aholini himoyalash uchun FMTXning 
kompleks tadbiriarini o‘tkazish, radioaktiv, kimyoviy, bakteriologik va 
kuchli ta’sirli zaharli moddalaming ta’sirini kamaytiruvchi yoki oldini 
oluvchi vositalardan foydalanish.
D. Fuqaro muhofazasining tibbiyot xizmatini fuqaro muhofazasining 
boshqa  xizmatlari  va  FMTX  tasarrufida  bo‘lmagan  boshqa  tibbiy 
xizmatlar bilan birgalikda harakat qilishini tashkil etish.
1.  Aholi  orasida  yuqumii  bemorlar  paydo  bo‘lishining  va  tarqa- 
lishining oldini olish, paydo bo‘lganda zudlikda ajratish va yo‘qotish.
Bu vazifalami  bajarish  uchun quyidagi tadbirlarni  amalga oshirish 
kerak:
A. Aerogen zararlanishda aholini himoya qilish uchun bakteriyaga 
qarshi tadbirlar o‘tkazish, bakteriologik qidiruv, shoshiiinch profilaktika 
tadbirlari, zararlanganlar orasida karantin tashkil qilish va boshqalar.
B.  Yuqumii  bemorlami  aniqlash,  ajratish  va  yotqizish,  yuqumii 
statsionar tuzish, hamma davolash muassasalarida epidemiyaga qarshi 
rejim tashkil etish va boshqalar.
V. Aholi orasida o‘tkazilgan sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi 
tadbirlarni va nazoratni kuchaytirish.
G  Bakteriologiko‘choqda dezinfeksiya tadbiriarini tashkillashtirish.
D. 
Bakteriyaga  qarshi  tadbirlarni  bajarish  maqsadida  FMTXning 
kuch va vositalarini tayyorlash va ulardan foydalanish.
2.  Dushmanning  ommaviy  qirg‘in  vositalarini  qoilashining, 
yirik  falokat,  fojia,  tabiiy  ofat  tufayli  ko‘ngilsiz  sanitar  oqibatni 
tiklash,  fuqaro  muhofazasining  harbiylashtirilmagan  tuzilmalari 
va  muassasalari  shaxsiy  tarkibining  sog‘lig‘ini  himoyalash  hamda 
aholining yaxshi sanitar ta’minotini ta’minlash,
Bu vazifalami bajarish uchun quydagilami nazarda tutish kerak.
A. 
Suv  va  ovqat  mahsulotlarining  radioaktiv,  kimyoviy, 
bakteriologik  moddalardan  zararlanishini  laboratoriya  nazoratidan 
o‘tkazish.


В. 
Aholi  yashaydigan  sharoitning  sanitar-gigiyenik  nazorati, 
aholiga  sanitariya  ishiovini  berish,  ommaviy  qirg‘in  o‘choqlarida 
o‘lgan odamlar va hayvonlarni ko‘mish, tozalashlami nazorat qilish.
D.  Radioaktiv,  kimyoviy,  bakteriologik  zararlangan  hududda 
aholining ishlash rejimini tuzishda qatnashish.
E.  Aholi  orasida  keng  miqyosda  sanitar-oqartuv  ishlarini  olib 
borish.
Yuklatilgan  vazifalami  bajarish  uchun  FMTX  tinchlik  davrida 
aholini  tibbiy  himoyalash,  xizmatni  boshqaruvchi  organlar  tuzish, 
harbiylashtiri Imagan  tuzilmalarni  yaratish,  ta’minlash  va  o‘rgatish, 
tibbiyot masalalarini harbiy davrda ishlashga tayyorlash, FM boshqa 
xizmat  turlari  va  harbiy-tibbiyot  xizmati  bilan  o‘zaro  harakatda 
tadbirlami  ishlab  chiqarish, jami  aholini  o‘ziga-o‘zi  va  boshqalarga 
birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  usullarini  oigatish  va  boshqa 
tadbirlami rejalashtiradi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish