Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Download 461,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/79
Sana31.12.2021
Hajmi461,77 Kb.
#264511
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
xalq ogzaki poetik ijodi

Sehrli ertaklar
O‘zbek xalq ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertak-
lardan iboratdir. Mashhur va taniqli folklorshunos olim-
larning ta’kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan
ertaklar orasida eng bir-biriga o‘xshash mazmunga ega
ekani sehrli ertaklardir. Bunday ertaklarni ko‘pincha
asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning
bu narsaga ega bo‘lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuch-
li raqibning mavjudligi, havfli safarga chiqish kabi
lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklar-
da turli mo‘jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar
yetakchilik qiladi. Chunonchi, Hamid Olimjon «Oygul
bilan Baxtiyor» dostonining boshlanishida aytgan: «o‘zi
uchar gilamlar», «o‘t bog‘lagan qa 
notlar», «beqanot uch-
gan otlar», «qiz bo‘lib ochilgan gul», «so‘ylaguvchi
devorlar», «bola bo‘p qolgan chollar» kabi misralar
aynan sehrli ertaklar ta’rifiga to‘g‘ri keladi.
Sehrli ertaklarda mifologik dunyoqarash belgilari alohi-
da, aniq seziladi. Chunki uzoq qadim zamonlarda totem
hisoblangan ilon, semurg‘ va fetish hisoblangan yer,
quyosh, suv kabi tushunchalar an’ana bo‘lib mazkur ertak-
larga o‘tgan. Natijada, «Semurg‘», «Devbachcha»,
«Yalmog‘iz», «Mehrigiyo», «Mohis 
tara», «Ur to‘qmoq»
kabi namunalar xalq orasida ajdodlarimizning fantastik xa -
yolga berilishi mahsuli sifatida shuhrat topdi. Avvalgi
mavzularda qayd etganimizdek, televidenie, telefon, maso-
fa orqali boshqariladigan qurilmalar, samolyot, avtomobil-
larning paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan sehrli ertaklardagi
orzular natijasi sifatida baholanishi mumkin.
Sehrli ertaklar mavzularining xilma-xilligi bilan ham
e’tiborni o‘ziga jalb qiladi. Ularda turli sarguzashtlar,
mo‘’jizaviy hayot tasviri, adolatning g‘alaba qilishi, insoniy
68


fazilat madhi keng o‘rin olgan. Bunday asarlarda ayniqsa
tasvir san’atlaridan mubolag‘adan qayta-qayta foydalanila-
di. Eng muhimi tinglovchi yoki kitobxon mubolag‘alarning
birontasiga shubha bilan qaramaydi. Masalan, «Mohistara»
ertagida yugurayotgan kiyik oyog‘i ostidan duru gavharlar
sochiladi. «Ota vasiyati» ertagida tutatqi tutatilgani zahoti
kenja o‘g‘il qarshisida anjomlangan ot paydo bo‘ladi.
Ammo bunday mo‘jizalarning sodir bo‘lishi hech kimda
shubha uyg‘otmaydi.
Sehrli ertaklarda tilsimli narsa — predmetlar haqida ham
fikr yuritilgan. Masalan, daryoga aylangan oyna, changal-
zorga aylangan taroq kabi tasvirlarga keng o‘rin beriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, sehrli ertaklar halqning
nisbatan qadimgi ijod mahsulidir. Ularda inson xayoli
naqadar cheksiz ekani namoyon bo‘ladi. Shuningdek,
ajdodlarimiz turmush qiyinchiliklaridan tashvishga tushgan
paytlarida bu asarlar ularga umid bag‘ishlagan. Ularda kela-
jakka ishonch ruhini uyg‘otgan. Mazkur ertaklarni so‘z
san’atining mukammal namunalari sifatida baholash uchun
ham asos yetarlidir.

Download 461,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish