Mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro aloqa va bog’liqlik darajasining yuqori bo’lishi sababli iqtisodiy jihatdan juda keng xalqaro bozor mavjud bo’lib, u turli mahsulotlarni eksport va import qilish imkonini beradi. Bu erda faoliyatini tovar va xizmatlar eksportiga yo’naltiruvchi korxonalar (masalan, kosmetika yoki turistik firmalar) uchun marketing sohasida qo’shimcha talablar vujudga keladi: birinchidan, tovar sifati, tashqi ko’rinishi, qadoqlashsi va reklamasining xalqaro standartlarga, ishlab chiqarish majmuasining esa fan-texnika darajasiga mos kelishi; ikkinchidan, chet ellik vakillar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish hamda xalqaro savdo, ko’rgazma, yarmarka va konferensiyalarni yuqori professional darajada tashkil etish qobiliyati; uchinchidan, import-eksport siyosati sifat va son jihatidan korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun o’ziga xos yondashuvni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |