Xalqaro reyting va indekslar


Pandemiya davrida jismoniy tarbiya va sport sohasi qanday rivojlanmoqda?



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.07.2021
Hajmi4,06 Mb.
#125864
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro reyting va indekslar

Pandemiya davrida jismoniy tarbiya va sport sohasi qanday rivojlanmoqda?

Suhbat


25 Iyul 2020

1542




 Suhbat

25 Iyul 2020

1542

2020-yil nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo sportida muhim yil boʻlishi kutilayotgandi. Jumladan, 24-iyul –



9-avgust kunlari kunchiqar yurt Yaponiyada XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilishi belgilangan,

yurtimizda ham koʻplab nufuzli musobaqalar va tadbirlar oʻtishi lozim edi. Ammo...

Koronavirus pandemiyasi tufayli rejalar butkul oʻzgarib ketdi. “Tokio–2020” bir yil keyinga surildi, koʻplab sport

tadbirlari kechiktirildi yoki bekor qilindi. Xullas, orzular, rejalar, maqsadlar oʻzgardi.

Koronavirus  balosi  inson  uchun  salomatlik  naqadar  qadrli  neʼmat  ekanini  teran  anglashni,  sogʻlik  qadriga

yetishni oʻrgatdi. Bu ofat odamlarda jamiyatga, atrofda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga boshqacha nazar

bilan  qarashga,  sogʻlom  kuchlarning  jipslashishi,  ommaviy  madaniyatni  yuksaltirish  naqadar  dolzarb  vazifa

ekanini  anglatdi.  Pandemiyaning  keng  tarqalishi  jamiyatda  inson  salomatligini  mustahkamlashda  jismoniy

tarbiya  va  sportning  oʻrni  naqadar  ahamiyatliligini  yana-da  yorqinroq  namoyon  etdi.  Bugun  jahonning

koʻplab  davlat  va  nodavlat  tuzulmalarida  oʻtkazilgan  monitoringlar,  taqqoslar,  tahlillar  jismoniy  madaniyat

bilan  muntazam  shugʻullangan,  faol  hayot  tarziga  ega  odamlarda  kasallikka  chalinish  darajasi  juda  ham

pastligini yana bir bor koʻrsatib qoʻydi.

Xoʻsh,  kishi  sogʻlom  boʻlishi  uchun  nimalarga  ahamiyat  berishi  kerak?  Karantin  davrida  qanday  qilib  sport

bilan shugʻullanish mumkin? Hozirgi murakkab, barcha oʻzini yakkalash sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi

Jismoniy  tarbiya  va  sport  vazirligining  faoliyati  qanday  tashkil  etilmoqda?  Shu  va  boshqa  savollarga  javob

olish maqsadida biz jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bilan suhbatda boʻldik.

—  Pandemiya  sharoitida  vazirlik  faoliyati  qay  yoʻsinda  tashkil  etilmoqda?  Umuman,  pandemiya  sport

sohasiga qanchalik taʼsir koʻrsatdi?

— Pandemiya barcha sohalarda boʻlgani kabi jismoniy tarbiya va sport sohasiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay

qolmadi. Boshlanishida sport tashkilotlari, federatsiyalar, sport maktablarida bunday sharoitda ishni qanday

tashkil  etish,  mashgʻulotlar  uzluksizligini  taʼminlash,  ayniqsa,  nufuzli  musobaqalarga  tayyorgarlik  olib

borayotgan  sportchilarning  jismoniy  yuksak  holatini  saqlab  qolish  masalasida  sustkashlikka  yoʻl  qoʻyilgan

vaziyatlar ham boʻldi. Biroq Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va tegishli tashkilotlar

bilan  hamkorlikda  koʻrilgan  tizimli  chora-tadbirlar  natijasida  mashgʻulotlarni  masofadan  olib  borish  dasturi

ishlab chiqildi. Bilasiz, toʻrt yil kutilgan “Tokio–2020” Olimpiya oʻyinlari bir yilga kechiktirildi, juda koʻplab sport

musobaqalari qoldirildi, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari toʻxtatildi. Bunday qaltis jarayonda rosti, jahon sporti bir

muddat  “oʻzini  yoʻqotib  qoʻyganligi”  bor  gap.  Shunday  boʻlsa-da,  kundalik  faoliyati  jismoniy  tarbiya  bilan

bogʻliq  yurtdoshlarimizda  sport  hayoti  bir  zum  boʻlsa-da  toʻxtagani  yoʻq.  Eʼtiborlisi,  mamlakatimiz  jismoniy

tarbiya va sport tizimi, uning minglab murabbiy va sportchilari, mutaxassislari koronavirus bilan mardonavor

kurashmoqda Sportchi va trenerlar mutaxassislarimiz bu kunlar oʻtib ketishi oldinda Vatanimiz shaʼni




kurashmoqda.  Sportchi  va  trenerlar,  mutaxassislarimiz  bu  kunlar  o tib  ketishi,  oldinda  Vatanimiz  sha ni

himoya  qilinadigan  jiddiy  musobaqalar  kutib  turganini  teran  anglashmoqda.  Shu  bois,  joriy  yilning  16-

martidan eʼlon qilingan dastlabki karantin davridan sportchi va trenerlar mashgʻulotlarni toʻxtatgani yoʻq. Bu

borada  maxsus  oʻquv  rejalar  va  mashgʻulotlar  mundarijasi  ishlab  chiqilib,  sport  maktablari  va  federatsiyalar

orqali har bir trenerga yetkazildi. Ular esa, oʻz navbatida, qoʻl ostida shugʻullanib kelayotgan sportchilar bilan

onlayn mashgʻulotlar oʻtkazishni boshladi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport”

telekanali  bilan  hamkorlikda  malakali  trenerlar  ishtirokida  onlayn  teledarslar  oʻtkazish  yoʻlga  qoʻyildi  va  har

kuni ertalabki dasturlar orqali 10 daqiqadan uy sharoitida bajarish mumkin boʻlgan mashqlar namoyish etib

borilmoqda. Qolaversa, taniqli sportchi va trenerlar ishtirokida “Sport bilan koronavirusni yengamiz!” aksiyasi

doirasida  videoroliklar  tayyorlanib,  telekanallar,  ijtimoiy  tarmoqlar  va  internet  saytlari  orqali  muntazam

yoritilmoqda.

Jismoniy  tarbiya  va  sport  vazirligi  tizimidagi  taʼlim  muassasalarida  1-apreldan  masofaviy  oʻqitish  joriy  etildi.

Barcha  fanlardan  tayyorlangan  maʼruzalarni  videoportal  hamda  telegram  kanallari  orqali  yetkazish  yoʻlga

qoʻyildi.  “Online  maktab”  loyihasi  doirasida  tashkil  etilgan  masofaviy  televizion  videodarslar  orqali  maktab-

internat oʻquvchilari umumtaʼlim fanlarini toʻliq oʻzlashtirishiga erishildi. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari

bitiruvchilarining  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  imtihonlarini  onlayn  (masofaviy)  tarzda  davlat  imtihonlari

shaklida  oʻtkazish  yoʻlga  qoʻyildi.  Shuningdek,  Jismoniy  tarbiya  va  sport  boʻyicha  mutaxassislarni  ilmiy-

metodik  taʼminlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  markazi  va  uning  Nukus,  Samarqand,  Fargʻona

filiallarida masofaviy oʻqitishga jami 1 352 nafar tinglovchi hamda 145 nafar professor-oʻqituvchi jalb etildi.

Darvoqe,  vazirligimiz  tomonidan  amalga  oshirilgan  xayrli  ishlardan  yana  biri  —  poytaxtimizdagi  Olimpiya

shon-shuhrati muzeyiga karantin davrida uyda qolgan yurtdoshlarimiz uchun Olympic virtual muzey xizmati

yoʻlga  qoʻyilganligidir.  Ushbu  xizmatdan  foydalanish  orqali  xalqimiz  uyida  turib  jahon  arenalarida  oʻzbek

sportining  dovrugʻini  koʻklarga  koʻtarib  kelayotgan  sportchilarning  yorqin  gʻalabalari  aks  etgan

fotolavhalardan bahramand boʻlishi mumkin.

— Karantin davrida vazirlik tashabbusi bilan koʻplab onlayn musobaqa va chellenjlar tashkil etildi. Umuman,

avvallari  onlayn  musobaqalar  juda  kam  oʻtkazilardi.  Shu  maʼnoda,  aholining  masofaviy  bahslarga  qiziqishi

qanday boʻldi, ushbu tadbirlar kutilgan darajada samara berdimi?

—  Darhaqiqat,  karantin  davrida  xalqimizni  uy  sharoitida  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  muntazam

shugʻullanishga  daʼvat  etish  maqsadida  qator  chellenjlar  oʻtkazildi  va  bu  jarayon  hamon  davom  etmoqda.

Eʼtiborlisi,  bu  musobaqalarga  koʻproq  havaskorlarni  jalb  etishga  harakat  qildik.  Jumladan,  yurtdoshlarimiz

orasida  sport  bilan  faol  shugʻullanishni  keng  targʻib  etish  maqsadida  “uyda  qol!”“hayotga  qoʻshil!”“sport

challenge”  eʼlon  qilindi.  6-apreldan  10-maygacha  davom  etgan  chellenjga  respublikamizning  barcha

hududlaridan uy sharoitida bajarilgan sport mashgʻulotlari aks etgan jami 10 mingdan ortiq videolavha kelib

tushdi.  Umumiy  hisobda  chellenj  oʻrtacha  25-30  ming  yurtdoshimizni  qamrab  oldi,  desam  mubolagʻa

boʻlmaydi. Chellenj 7 ta bosqichda tashkil etildi. Quvonarlisi, chellenjni yurtdoshlarimiz juda iliq qarshi olishdi.

Masalan,  Navoiy  viloyati  Nurota  tumanidan  yuborilgan  bir  videorolikda  uch,  ehtimol  toʻrt  avlod  vakillari

ishtirok etganligi bizni hayratga soldi. Rolikda 86 yoshli onaxon, uning 68 yoshli oʻgʻli, 63 yoshli kelini, 35-40

yoshlar atrofidagi oʻrta avlod vakillari, bular nabiralari boʻlsa kerak nazarimda, yosh bolakaylar, qisqasi 6-7 kishi

ishtirok etishgan. Shuningdek, xalqimiz orasida kompyuter sporti, yaʼni kibersportni yana-da ommalashtirish

maqsadida  Esports  Uzbekistan  federatsiyasi  bilan  hamkorlikda  mamlakatimizda  ilk  marotaba  “MINSPORT

ONLAYN KUBOGI” tashkil etildi. Kibersport musobaqasida jami 4 617 nafar havaskor sportchi qatnashdi.

Qolaversa,  11-maydan  20-mayga  qadar  “Uyda  qol  va  gʻalaba  qozon!”  shiori  ostida  shaxmat  boʻyicha  birinchi

onlayn  Oʻzbekiston  chempionati  tashkil  etildi.  Mazkur  turnir  onlayn  tarzda,  shveysarcha  tizimda  Chess.com

oʻyin platformasi orqali oʻtkazildi. Oʻnta turdan iborat musobaqa koʻpchilikda ijobiy taassurot qoldirdi. 3 000

nafarga yaqin havaskor shaxmatchi ishtirok etgan musobaqada 10 nafar gʻolib aniqlandi. Bu roʻyxatga yana

karatening  “kata”  va  taekvondoning  “pumse”  yoʻnalishlari  boʻyicha  oʻtkazilgan  onlayn  musobaqalar,

bahodirlar  oʻyinlari  va  tosh   koʻtarish  boʻyicha  onlayn  Oʻzbekiston  chempionati,  onlayn  yugurish  kabi

musobaqalarni qoʻshish mumkin.




Sanab  oʻtilgan  chellenjlar  yurtdoshlarimiz  tomonidan  juda  yaxshi  kutib  olingani,  qolaversa,  pandemiya

sababli  karantin  holati  choʻzilayotgani,  mazkur  vaziyatda  aholini  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan

shugʻullanishga  jalb  etish  orqali  ular  salomatligini  mustahkamlash  va  immunitetini  koʻtarishga  hissamizni

qoʻshish  maqsadida  vazirligimiz  tashabbusi  bilan  “Onlayn  yurish”,  “Onlayn  yugurish”,  “Onlayn  velomarafon”,

“Onlayn  shaxmat”  chellenji  hamda  kibersport  boʻyicha  8  ta  yoʻnalishda  “MinSport  eSropts  CUP”

musobaqalarini  yangi  yilgacha  davom  ettirishga  qaror  qildik.  Ushbu  tadbirlar  orqali  aholi  orasida  sogʻlom

turmush  tarzini  keng  targʻib  qilish,  ularning  boʻsh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etish  koʻzda  tutilgan.  Onlayn

musobaqa  va  chellenjlarda  faol  qatnashgan  yurtdoshlarimiz  nafaqat  salomatligini  mustahkamlashi,  balki

qimmatbaho  sovgʻalar,  jumladan,  onlayn  shaxmat  musobaqasining  mutlaq  gʻolibi  “Spark”  avtomobilini

qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega boʻladi.

Prezidentimizning  2020-yil  24-yanvardagi  “Oʻzbekiston  Respublikasida  jismoniy  tarbiya  va  ommaviy  sportni

yana-da  takomillashtirish  va  ommalashtirish  chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi  farmoniga  muvofiq,  vazirligimiz

oldiga  joriy  yilda  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  muntazam  shugʻullanayotgan  aholi  sonini  18  foizgacha

yetkazish vazifasi qoʻyilgan. Garchi pandemiya tufayli sport tadbirlari oʻtkazilmayotgan boʻlsa-da, bu vazifani

hech kim zimmamizdan soqit qilmagan. Onlayn sport tadbirlari orqali biz ana shu vazifani bajarishga harakat

qilmoqdamiz.  Qolaversa,  ommaviylikni  oshirmasdan  turib,  professional  sportda  ulkan  yutuqlarga  erishib

boʻlmaydi.

— Tokio — 2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik bugungi kunda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi oldiga qoʻyilgan

ustuvor vazifalardan biri. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

—  Tokio  Olimpiadasiga  munosib  tayyorgarlik  koʻrish  davlatimizning  doimiy  eʼtiborida.  Oʻzbekiston

Prezidentining  2017-yil  9-martdagi  “Oʻzbekiston  sportchilarini  2020-yil  Tokio  shahri  (Yaponiya)da  boʻlib

oʻtadigan  XXXII  yozgi  Olimpiya  va  XVI  Paralimpiya  oʻyinlariga  tayyorgarlik  koʻrishi  toʻgʻrisida”gi  qaroriga

muvofiq,  toʻrt  yillikning  eng  nufuzli  musobaqasiga  tayyorgarlik  ishlari  murakkab  vaziyatga  qaramasdan

tasdiqlangan  dastur  asosida  olib  borilmoqda.  Pandemiya  sharoitida  ham  boʻlgʻusi  olimpiyachilarga  barcha

qulayliklar  yaratib  berildi.  Har  bir  olimpiyachi  uchun  uy  sharoitida  mashgʻulotlarni  toʻlaqonli  olib  borishi,

ularning  salomatliklarini  muntazam  nazorat  qilish  borasida  maxsus  dastur  ishlab  chiqilib,  kunlik,  haftalik

mashgʻulotlari  tahlil  etib  borildi.  Karantin  kunlari  har  bir  sportchi,  uning  oila  aʼzolari  bilan  alohida-alohida

muloqotlar  oʻtkazildi.  Jismoniy  va  ruhiy  muvozanatlari  biriktirilgan  shifokorlar,  diyetolog  va  ruhshunoslar

orqali  kuzatuvda  boʻldi.  Zarur  hollarda  oilasiga,  mahallasiga  kerakli  yordamlar  koʻrsatildi.  Toʻgʻri,  pandemiya

tufayli rejadagi oʻquv mashgʻulotlarning dasturiga oʻzgartirishlar kiritildi, ammo ularning mohiyati, tub negizi

asl holat, reja asosida davom ettirilmoqda.

Sportchilarimizning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash maqsadida

13 ta sport turi boʻyicha 18 ta xorijiy trener jalb qilingan. Ularning aksariyati, aniqrogʻi, 15 nafari karantin davrida

ham yurtimizda qolib, shogirdlari bilan onlayn shugʻullandi. Bundan tashqari, Olimpiya sport turlari boʻyicha

milliy terma jamoalarga jalb etilgan xorijlik malakali trener-maslahatchi va mutaxassislar bilan hududlardagi

yosh  va  iqtidorli  sportchilar  uchun  onlayn  mahorat  darslari  oʻtkazilmoqda.  Negaki,  bu  yoshlar  oʻzbek

sportining  ertasi,  aynan  ular  vaqti  kelib,  terma  jamoalardan  oʻrin  egallaydi.  Aniq  misollar  bilan  aytadigan

boʻlsam,  shu  kungacha  Oʻzbekiston  dzyudo  federatsiyasi  tomonidan  yaponiyalik  mutaxassis  Tomu  Tori

ishtirokida  Qoraqalpogʻiston  Respublikasi,  Xorazm,  Buxoro,  Andijon,  Fargʻona,  Namangan  viloyatlarida,

Oʻzbekiston  VTF  taekvondo  assotsiatsiyasi  tashabbusi  bilan  janubiy  koreyalik  mutaxassis  Jing  Yung  Kim

ishtirokida  Andijon,  Fargʻona  hamda  Namangan  viloyatlarida,  Oʻzbekiston  sport  kurashlari  assotsiatsiyasi

tashabbusi  bilan  murabbiylar   Arsen  Axmetov  hamda  Zaza  Silagadze  ishtirokida  barcha  hududlarda,

Oʻzbekiston  yengil  atletika  federatsiyasida  faoliyat  yuritayotgan  rossiyalik  Boris  Jgir  ishtirokida

Qoraqalpogʻiston  Respublikasi,  Xorazm  va  Buxoro  viloyatlarida  onlayn  seminar  hamda  mahorat  darslari

tashkil  etildi.  Tajribali  murabbiylardan  bugun  olinayotgan  bilim  va  tajriba  esa  ularga  kelgusi  faoliyatida  qoʻl

kelishiga shubha yoʻq.




2021-yilga  qoldirilgan  Olimpiya  oʻyinlariga  hozirgacha  sportchilarimiz  15  ta  sport  turi  boʻyicha  (tennis,

velosiped,  baydarka  va  kanoeda  eshkak  eshish,  yunon-rum  kurashi,  ogʻir  atletika,  sport  gimnastikasi,  yengil

atletika,  zamonaviy  beshkurash,  taekvondo  WTF,  boks,  para  oʻq  otish,  parakanoe,  para  suzish,  para  yengil

atletika,  para  taekvondo)  jami  40  ta  yoʻllanmani  qoʻlga  kiritgan.  Afsuski,  pandemiya  sababli  Olimpiya

oʻyinlariga yoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etuvchi 20 ga yaqin xalqaro musobaqa oʻtkazilmay qoldi.

Hozir Xalqaro olimpiya qoʻmitasi qoldirilgan saralash musobaqalarining muddatlarini koʻrib chiqmoqda.

Respublika  maxsus  komissiyasi  Olimpiya  sport  turlari  boʻyicha  mamlakat  terma  jamoasi  aʼzolariga  sport

majmualarida  Tokio  oʻyinlariga  tay yorgarlik  koʻrishni  boshlashga  ruxsat  berdi.  Shunga  asosan,  hozir  terma

jamoalarimiz  aʼzolari  maxsus  bazalarda  karantin  qoidalariga  qaʼtiy  amal  qilgan  holda  va  shifokorlarning

doimiy  nazorati  ostida  oʻquv  yigʻinlarga  kirishgan.  Tahlillarimizga  koʻra,  sportchilarimiz  22  ta  sport  turidan

Olimpiya  va  Paralimpiya  oʻyinlarining  yana  74  ta  yoʻllanmasini  qoʻlga  kiritish  ostonasida  turibdi.  Albatta,

yutuqlar  oʻz-oʻzidan  qoʻlga  kiritilmaydi.  Har  bir  yoʻllanma  ortida  tinimsiz  mehnat,  eʼtibor,  trener  va

mutaxassislarning  izlanishlari  yotadi.  Shu  maqsadda  Oʻzbekiston  Milliy  Olimpiya  qoʻmitasi  va  tegishli

tashkilotlar hamkorligida oʻtgan yildan eʼtiboran Olimpiya — 2020 shtabi samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

—  Jismoniy  tarbiya  va  sport  vazirligi  oldiga  qoʻyilgan  ustuvor  vazifalardan  biri  ommaviylikni  oshirish,  aholi

orasida jismoniy madaniyatni shakllantirishdan iborat. Bu borada qanday ishlar olib borilmoqda?

— Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini faol targʻib etish, Prezidentimiz

tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli

ravishda  joylarda  “Yoshlar  haftaligi”,  “Mahalla  va  nuroniylar  haftaligi”,  “Taʼlim  muassasalari  haftaligi”,  “Xotin-

qizlar  haftaligi”  musobaqalarining  kalendar  rejasi  ishlab  chiqib,  shu  kungacha  minifutbol  boʻyicha  hududiy

jismoniy  tarbiya  va  sport  boshqarmalari  kubogi  uchun  musobaqalar  oʻtkazildi.  Unga  jami  106  056  nafar

uyushmagan yosh jalb etildi, eʼtiborlisi, shundan 35 866 nafarini xotin-qizlar tashkil qildi.

Respublika  maxsus  komissiyasi  qarori  bilan  pandemiya  talablari  asta-sekin  yumshatilib  borishi  natijasida

2020-yil iyun oyida vazirligimiz tashabbusi bilan jami 329 ta ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi. Mazkur tadbirlar

karantin  qoidalari  asosida  ishtirokchilar  soni  30-40  kishidan  oshmagan  holda  tashkil  etildi.  Shuningdek,

“Yoshlar  oyligi”  hamda  23-iyun  —  Xalqaro  Olimpiya  kuni  munosabati  bilan  bir  qator  sport  tadbirlari  tashkil

etildi. Masalan, 22-iyun kuni Toshkent shahridagi “Eko park” sayilgohida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati

bilan  musobaqalar  hamda  taniqli  sportchilar  bilan  uchrashuv  boʻlib  oʻtdi.  Sport  musobaqalari  doirasida

shahardagi  bolalar  va  oʻsmirlar  sport  maktablarining  oʻquvchi  yoshlari  voleybol,  badminton,  minifutbol

hamda  stol  tennisi  boʻyicha  oʻzaro  bahslashishdi.  Shuningdek,  28-iyun  kuni  “Yoshlar  oyligi”  doirasida

respublikamizning barcha hududlari boʻylab onlayn yugurish marafoni oʻkazildi. Unda 2 ming 500 ga yaqin

yurtdoshimiz  roʻyxatdan  oʻtgan  boʻlsa,  shundan  1  500  nafari   onlayn  yugurish  marafonida  oʻz  imkoniyatini

sinab koʻrdi. Bu kabi tadbirlar mamlakatimizning barcha “yashil” hududlarida tashkil etildi.

Ommaviylik  borasida  soʻz  ketganda,  Prezidentimizning  “Oʻzbekiston  Respublikasida  jismoniy  tarbiya  va

ommaviy sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoniga muvofiq,

Jismoniy  tarbiya  va  sport  vazirligi  Mahalla  va  oilani  qoʻllab-quvvatlash  vazirligi  bilan  oʻzaro  hamkorlikda

jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  aholi  sogʻligʻini  mustahkamlashga  koʻmaklashish,  aniq  dasturlarni

amaliyotga  joriy  etish,  yoshlarni  sportga  keng  jalb  qilish  va  aholiga  qoʻshimcha  shart-sharoitlar  yaratish

maqsadida  “Jismoniy  tarbiya  va  sport  rivojlangan  eng  yaxshi  mahalla”  koʻrik-tanlovi  oʻtkazishi  belgilangan.

Mazkur  koʻrik-tanlovning  birinchi  bosqichi  tuman(shahar)lar  kesimida  iyun  oyida,  ikkinchi  bosqichi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida oktyabr oyi yakuniga qadar oʻtkazilishi

koʻrsatilgan.  Hozir  aholining  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shugʻullanishi  boʻyicha  birinchi  bosqich

sovrindorlarini  aniqlash  maqsadida  respublikamizda  mavjud  9  145  ta  mahalladan  3  200  tasi  boʻyicha

maʼlumotlar respublika ishchi guruhiga taqdim etildi.

— Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etildi.

Bu taʼlim muassasasida qanday mutaxassislar tayyorlanadi?




—  Oʻzbekiston  Prezidenti  qaroriga  muvofiq  2019-yil  8-mayda  tashkil  etilgan  ushbu  filialga  2019-2020  oʻquv

yilida  150  nafar  (shundan  45  tasi  davlat  granti  asosida)  talaba  oʻqishga  qabul  qilindi.  Filial  binosida  amalga

oshirilayotgan  ishlar  yakuniga  yetmaganligi  sababli  2019-2020  oʻquv  yilida  talabalar  Oʻzbekiston  davlat

jismoniy  tarbiya  va  sport  universitetida  shu  oliygohning  professor-oʻqituvchilari  rahbarligida  tahsil  olishdi.

Mazkur  filialda  sport  faoliyati  yoʻnalishi,  yaʼni  sportning  asosan  oʻyin  turlari,  jumladan,  futbol,  voleybol,

basketbol, qoʻl toʻpi, tennis va yengil atletika boʻyicha mutaxassislar, trenerlar tayyorlanadi. 

Manzilli dastur doirasida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, yoshlar, sport va turizm universitetining Samarqand

filiali uchun

400 oʻrinli yotoqxona qurilishi hamda mavjud oʻquv binolarini taʼmirlash uchun jami 21,0 mlrd. soʻm mablagʻ

ajratilgan boʻlib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanish arafasida.

PS:  Xulosa  qilib  aytadigan  boʻlsak,  bu  yil  barcha  jabhalarda  boʻlgani  kabi  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasi

vakillari  uchun  ham  sinovli  yil  boʻlmoqda.  Belgilangan  koʻplab  sport  musobaqalari  oʻtkazilmadi,  oʻquv-

mashgʻulot  yigʻinlari  bekor  qilindi.  Lekin  hali  yil  yakunlangani  yoʻq.  Hozir  Jismoniy  tarbiya  va  sport  vazirligi

tegishli  tashkilotlar  bilan  hamkorlikda  2020-yilning  qolgan  davri  uchun  alohida,  qisqartirilgan  sport

musobaqalari taqvimini ishlab chiqmoqda. Bunda muhim chempionatlar, xalqaro turnirlar eʼtibordan chetda

qolmaydi.  Karantin  davri  ortda  qolishi  bilan  shiddatli  sport  musobaqalari,  qizgʻin  bellashuvlar  davri

boshlanadi.  Ayniqsa,  aholining  turli  qatlamlarini  qamrab  oladigan  ommaviy  sport  tadbirlariga  keng  oʻrin

beriladi. Maqsad aniq — yurtdoshlarimiz orasida faol sogʻlom turmush tarzi koʻnikmasini shakllantirish, aholi

salomatligini yana-da mustahkamlash.

Bugun  mamlakatimizda  sport  infratuzilmasini  yangi  bosqichga  olib  chiqishga  qaratilgan  keng  islohotlar,

bunyodkorlik  ishlari  yaqin  kelajakda  oʻzbek  sportining  imkoniyatlari  cheksizligini  va  istiqbolini  jahonga

namoyon  etadi.  Muhimi,  jismoniy  tarbiya  va  sportga  berilayotgan  eʼtibor  orqali  millat  genofondi

sogʻlomlashadi. Sogʻlom millat esa ulkan gʻalabalarga, qolaversa, intellektual yuksalishlarga qodir.

Toʻlqin Roʻziyev suhbatlashdi.

Nashr etmoq


Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish