Xalqaro shartnomalarni tasniflash
Xalqaro shartnoma turli asoslarda tasniflanishi mumkin. Ishtirokchilar soniga ko‘ra xalqaro shartnomalar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama turlarga bo‘linadi. Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga barcha davlatlar ishtirokini ko‘zda tutuvchi universal shartnomalar hamda ishtirokchilar soni cheklangan shartnomalar kiradi. Xalqaro shartnomalar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq xalqaro shartnomalar deb, har qanday davlatlar ishtirok eta olishi mumkin bo‘lgan shartnomalarga aytiladi. Yopiq xalqaro shartnomalar ularda ishtirok etish uchun shartnoma ishtirokchilari roziligi talab qilinadi. Tartibga solish obyektiga ko‘ra xalqaro shartnomalar iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa turlarga bo‘linishi mumkin.
1969 yilgi Vena konvensiyasi shartnomalarning uch turini belgilaydi:
1) ikki tomonlama shartnomalar;
2) ko‘p tomonlama shartnomalar;
3) cheklangan sonli ishtirokchilarga ega bo‘lgan ko‘p tomonlama shartnomalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |