Xalqaro turizm



Download 0,52 Mb.
bet4/11
Sana27.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#512732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dunyo mamlakatlarining g`aroyib mehmonxonalari.

Mehmonxona turi



Tavsifi

Otel-lyuks

Sig‘imiga ko‘ra kichik yoki o‘rta korxonalarga kiradi. Odatda shahar markazida joylashadi. YAxshi o‘rgatilgan xodimlar eng talabchan mijozlar, chunonchi: konferensiyalar, ishga doir uchrashuvlarning qatnashchilari,
biznesmenlar va h.k.ga yuksak darajada sifatli xizmatlar ko‘rsatadi. Nomer bahosi ancha qimmat bo‘ladi va mumkin bo‘lgan barcha turdagi xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Mehmonxona
(o‘rta klass)

Sig‘imiga ko‘ra otel-lyuksdan katta (400-2000 o‘rin). Shahar markazida yoki shahar doirasida joylashadi. Ancha keng xizmatlar to‘plamini taklif qiladi. Narxlar mehmonxona joylashgan mintaqa darajasida yoki biroz yuqori bo‘ladi. Biznesmenlar, yakka turistlar, kongresslar,
konferensiyalarning ishtirokchilari va h.k.ni qabul qilishga mo‘ljallangan

Mehmonxo
apartament
(apart-otel)

Sig‘imiga ko‘ra kichkina yoki o‘rtacha mehmonxonalar qatoriga kiradi (400 tagacha o‘rin). Aholisi noturg‘un bo‘lgan yirik shaharlarga xos. Kvartira tipidagi nomerlarni taklif qiladi. Ulardan vaqtinchalik yashash joyi sifatida,
ko‘pincha o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish negizida foydalaniladi. Narxlar yashash muddatiga qarab belgilanadi. Oilasi bilan safarga chiqqan turistlarga, uzoq muddatga to‘xtovchi biznesmenlar, tijoratchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Iqtisodiy
klass
mehmonxonasi

Kichik yoki o‘rtacha sig‘imli korxona (150 tagacha va undan ko‘proq o‘rin). Magistral yo‘llar yaqinida joylashadi. Sodda va tez xizmat ko‘rsatish xos. Ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami cheklangan. Foydalanuvchilar – to‘liq pansionga muhtoj bo‘lmagan, faqat amalda foydalangan xizmatlariga haq to‘lashga harakat qiladigan biznesmenlar va yakka turistlar.

Otel-kurort

Sig‘imi har xil bo‘lgan, mehmondo‘stlik xizmatlarining to‘liq majmuini taklif qiluvchi korxona. Bundan tashqari, maxsus tibbiy xizmat ko‘rsatish va parhez ovqatlantirish majmuini ham o‘z ichiga oladi. Kurort joylarda joylashadi.

Motel

Shahar tashqarisida, avtomobil magistrallari yoqasida joylashgan oddiy bir qavatli yoki ikki qavatli qurilmalar. Kichik yoki o‘rta korxonalar qatoriga kiradi (400 tagacha o‘rin). Xodimlari soni uncha ko‘p bo‘lmaydi. Xizmat
ko‘rsatish darajasi – o‘rtacha. Asosan avtomobilda safarga chiqqan har xil toifa turistlarga xizmat ko‘rsatadi.

Tunash uchun
joy va
nonushta bilan
ta’minlovchi
xususiy
mehmonxona

Ushbu turdagi mehmonxonalar AQSHda keng tarqalgan. Kichik, ba’zan o‘rtacha sig‘imli mehmonxona. SHahar tashqarisida yoki qishloqda joylashadi. Qoida tariqasida, mijozlarga nonushta va uy sharoitida engil kechki ovqat
taklif qilinadi. Mehmonxona xizmatidan odatda uyga xos bo‘lgan shinamlikka intiluvchi tijoratchilar va muayyan yo‘nalish bo‘ylab safarga chiqqan turistlar foydalanadi.

Pansion

Oddiy standart bo‘yicha ishlaydigan va xizmatlar doirasi cheklangan korxona. Otel-garnidan farqli o‘laroq, bu erda nonushta, tushlik va kechki ovqat (to‘liq pansion) taklif qilinadi. Ammo ovqatlanish xizmatlaridan faqat bu erda yashaydigan mijozlar foydalanishi mumkin.

Rotel

Bir-ikki o‘rinli bo‘limlardan iborat vagon ko‘rinishidagi ko‘chma mehmonxona. Bo‘limlarda uxlash uchun mo‘ljallangan kreslolar o‘rnatilgan. Kiyim almashtirish uchun bo‘lim, hojatxona, oshxona, muzlatgich mavjud.

Flotel

Yirik mehmonxona. Ko‘pincha «suv ustidagi mehmonxona» deb ataladi. Turistlarga shinam nomerlar va keng xizmatlar: basseynlar, suv chang‘isi, baliq ovlash anjomlari, suv ostida suzish, suv ostida ov qilish, trenajyor zallari, kongresslar va konferensiyalar uchun mo‘ljallangan zallar, kutubxonalar, har xil axborot ta’minoti (telefon, telefaks, teletayp, televizor va h.k.) taklif qilinadi. So‘nggi vaqtda biznes-turlar, kongress-turlar, kongress-kruizlar,
ma’rifiy turlar tashkil etish uchun ko‘p foydalanilmoqda.

Flaytel

Aeromehmonxona yoki «uchuvchi otel». O‘ta qimmat va kam uchraydigan mehmonxona turi. Qo‘nish maydonchasi hamda ob-havo xizmati bilan aloqa vositasiga ega

Otel-garni

Mijozlarga cheklangan miqdorda xizmatlar: joylashtirish va kontinental nonushta taklif qiluvchi korxona

Botel

Suv ustidagi kichkina mehmonxona. Tegishli tarzda jihozlangan kemadan botel sifatida foydalaniladi

Har bir davlatda uning jug‘rofiy o‘rni, iqlimi, boshqa bir qancha omillardan va eng muhimi – talabdan kelib chiqib, o‘z korxona turlari shakllanadi.


Mehmonxona taklifining kompleks xususiyatini qayd etish imkonini
beruvchi «mehmonxona mahsuli» atamasi boshqarish amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Nafaqat mehmonxonalar, balki boshqa korxonalarning ham faoliyati ko‘p jihatdan ularning joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi, chunki bu erning narxi va qurilish ishlari qiymatiga, mehnatga haq to‘lash xarajatlariga, shuningdek, mahsulotni sotish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Korxonani qaerda joylashtirish masalasini hal qilishda birinchi navbatda mana shu omillar e’tiborga olinadi. Xom ashyo resurslari, ishchi kuchi, tegishli infratuzilmaning mavjudligi va h.k. ikkilamchi omillarga kiradi. Ularning ahamiyati barcha korxonalar uchun bir xil emas. Qaysi omillar etakchilik qilishiga qarab xom ashyo resurslari, mehnat resurslari, aloqa yo‘llari yoki mahsulotni sotishga yo‘naltirilgan korxonalar farqlanadi.
Mehmonxona korxonalari, birinchi navbatda, mahsulotni sotishga yo‘naltiriladi. Mahsulot iste’molchiga etkazib beriladigan sanoatdan farqli o‘laroq, mehmonxonalar sohasida buning teskarisi sodir bo‘ladi: mehmonxona
xizmatlaridan foydalanish uchun mehmon bu erga kelishi talab etiladi.
Shundan kelib chiqib, mehmonxona korxonasini joylashtirish o‘rniga yaqinlik va qulaylik kabi talablar qo‘yiladi. Masalan, ishbilarmon turistlar muayyan mehmonxonani tanlashda asosan uning qulay erda joylashganligi omilidan kelib chiqadilar (mehmonxona shahar markazida joylashgani ma’qul).
Mehmonxona xizmatlariga mahsulot deb qaralganda, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning uch darajasi farqlanadi:
1) alohida xizmatlar va xizmatlarning guruhlari;
2) «mehmonxona» mahsuli - xizmatlar kompleksi;
3) kengaytirilgan mahsul.
Mehmonxona kompleks, yagona mahsul sifatida ikkinchi (o‘rta) darajani tashkil etadi. U birinchi (ichki) darajani tashkil etadigan ko‘plab alohida xizmatlardan, chunonchi: xodimalar, oshxona, portelar, metrdotellar xizmatidan tashkil topadi. «Mehmonxona» mahsuli mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘ldiruvchi mehmonxona joylashgan hududdagi takliflar bilan birgalikda uchinchi (tashqi) daraja – kengaytirilgan «mehmonxona» mahsulini tashkil qiladi.
Mehmonxona xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlari bir vaqtda sodir bo‘lmaydi.
2. Saqlash imkoniyatlari cheklangan.
3. Mehmonxona xizmatlari muddatli xususiyatga ega.
4. Ishlab chiqarish jarayoniga mehmonxona xodimlari keng jalb qilinadi.
5. Mehmonxona xizmatlariga bo‘lgan talab mavsumiy xususiyatga ega.
6. Mehmonxona xizmatlari va sayohat (safar) maqsadlari o‘zaro bog‘liq.
Ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlarining bir vaqtda sodir bo‘lmasligi.
Xizmatlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlarining bir vaqtda sodir bo‘lishi, uzluksizligi mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksiga nisbatan to‘liq amal qilmaydi. Ayrim mehmonxona xizmatlari bu erda mijozning mavjudligi bilan bog‘liq emas.
Masalan, nomerni tozalash va uni sotishga tayyorlash joyi va vaqtiga ko‘ra retsepsiya xizmatida nomerning sotilishi va unga mijozning bevosita joylashishi vaqti bilan mos kelmaydi. Ovqatlantirish xizmatlari ko‘rsatish jarayonlari ham bir vaqtda sodir bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi: aksariyat hollarda ovqatlar boshqa joyda va qisman mijoz hozirligida amalga oshiriluvchi dasturxonni tuzash va taomni tortish jarayonlaridan farqli bo‘lgan boshqa vaqtda tayyorlanadi.
Mehmonxona korxonasi tegishli jarayonlarni shunday tarzda ajratishga majbur. Bu yerda bevosita xizmatlar ko‘rsatish uchun ma’lum vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talabni qondirishga mo‘ljallangan tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi lozim.
Saqlash imkoniyatlarining cheklanganligi. Umuman olganda, mehmonxona xizmatlari kompleksi kelgusida sotish uchun saqlab qolinishi mumkin emas. Agar joriy kun davomida mehmonxona nomeri sotilgan bo‘lmasa, uni shu kun uchun qo‘shimcha tarzda sotish mumkin emas. Bu ovqatlanish xizmatlariga ham tegishli.
«Taomlar va ichimliklar» tipidagi moddiy xizmatlarni ma’lum darajada (yo‘l qo‘yilgan realizatsiya qilish muddati davomida) saqlash mumkin bo‘lsa-da, ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq xizmatlar talab qilinmay qoladi va ularga haq to‘lanmaydi.
Mehmonxona xizmatlarining muddatliligi. Mehmonxona korxonasining
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar tez hal qilinishi lozim. Mehmonxonani tanlashda ushbu omil, uning joylashgan o‘rni bilan birga, muhim ahamiyatga ega. Ayrim mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish vaqti hatto sekundlar bilan o‘lchanadi. Zamonaviy mehmonxonalar orasida eng tez xizmat o‘rsatishni Tokio shahridagi mehmonxona taklif qiladi. Bu erda tashrif buyurgan mehmonni rasmiylashtirish, haq to‘lash, kalitlarni olish va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uchun sarflanadigan vaqtning yuqori chegarasi 45 sekund bilan cheklangan. Vaholanki, aksariyat mehmonxonalarda yuqorida zikr etilgan operatsiyalarni amalga oshirishga 10-15 minut beriladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga mehmonxona xodimlarining keng jalb qilinishi. Ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning keng ishtirok etishi mehmonxona xizmatlarining muhim xususiyatidir. Ko‘proq mashina va avtomatlardan foydalaniladigan sanoat xizmatlaridan mehmonxona xizmatlari aynan shu jihati bilan farq qiladi. Inson omilining jalb qilinishi sifatning har xilligi, o‘zgaruvchanligiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu mehmonxona xizmatlarining rivojlanishi sohasidagi muhim muammolardan biri bo‘lib qolayotir. Mazkur muammoni hal qilish uchun aksariyat mehmonxona korxonalarida xizmatlar ko‘rsatish standartlari – ijro etish uchun majburiy bo‘lgan mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish qoidalari majmui ishlab chiqiladi. Bunday standartlarni belgilashdan maqsad amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarning sifati belgilangan darajada bo‘lishini kafolatlashdan iboratdir. Mehmonxona korxonasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasiga va xodimlar faoliyatiga standartda belgilangan mezonlarga qarab baho beriladi. Bunday mezonlarga asosan quyidagilar kiradi:
 axborot olish yoki bronlash haqidagi qo‘ng‘iroqqa javob berish vaqti (15, 20, 30 sekund);
 joylashtirish xizmatida hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti. Tashrifning
ommaviyligidan qat’i nazar, mijozlar muayyan mehmonxona
 korxonasida belgilangan vaqt (5, 10, 15 minut)dan ortiq navbatda turib qolmasligi kerak;
 muayyan xizmatni ko‘rsatishga sarflanadigan vaqt. Masalan, bagaj nomerga mijoz joylashganidan keyin 3 minutdan kechikmay etkaziladi;
 nomerlarda yashovchi mijozlarning shaxsiy buyumlarini yuvish va tozalash bir sutka ichida amalga oshiriladi va h.k.;
 xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlarning tashqi ko‘rinishi hamda rasmiy kiyim (uniforma)ning mavjudligi;
 xodimlarning chet tillarni bilishi va h.k.
Mehmonxona xizmatlariga bo‘lgan talabning mavsumiyligi. Yil mavsumiga (aksariyat turistlar yoz oylarida dam oladi), shuningdek hafta kunlariga (ishbilarmon turistlar mehmonxonaga ish kunlari tashrif buyuradi) qarab talabning o‘zgarib turishi mehmonxona xizmatlari bozoriga xos xususiyat bo‘lib, u mehmonxonalar nomerlarining yuklanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mehmonxona xizmatlari va sayohat (safar) maqsadlarining o‘zaro bog‘liqligi. Mehmonning muayyan joyga tashrif buyurish haqidagi qarori odatda bu erda muayyan mehmonxonaning mavjudligi omiliga asoslanmaydi. Bunday qaror butunlay boshqa omillarga, chunonchi: dam olish, sport bilan shug‘ullanish, davolanish imkoniyatining mavjudligiga qarab qabul qilinadi. Mehnat ta’tili vaqtida safarga chiqishni rejalashtirgan odam avval safar uchun muayyan joyni yoki mintaqani, balki butun mamlakatni tanlaydi. Faqat shundan keyingina u ma’qul mehmonxona korxonasini yoki boshqa joylashtirish vositasini tanlash haqida bosh qotiradi. Ammo tanlashda bunday ketma-ketlik doim ham amal qilavermaydi. Agar shaxs o‘z tajribasidan muayyan mehmonxona bilan tanish bo‘lsa, tanlash jarayoni teskari ketma-ketlikda sodir bo‘lishi ham mumkin.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish