Xarajatlarni turkumlash va ularning hisobi reja


Qo’shimcha xarajatlarni hisobga olish



Download 81,78 Kb.
bet3/10
Sana01.07.2022
Hajmi81,78 Kb.
#727688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshqaruv hisobi 2-mavzu. Xarajatlarni turkumlash va ularning hisobi (3)

2.3. Qo’shimcha xarajatlarni hisobga olish
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari o’rtasida bilvosita xarajatlarni oqilona taqsimlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, mahsulotlarning texnologik turlari bo’yicha tannarxini to’g’ri aniqlash imkonini beradi. Bu holat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini shakllantirish bo’yicha korxona hisob siyosatiniishlab chiqishda ijobiy samara beradi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish xara­jatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;

  2. umumishlab chiqarish xarajatlari;

  3. davr xarajatlari.

O’zbekistonda yuqoridagi birinchi va ikkinchi bandlardagi xa­rajatlar taqsimot bazasiga mutanosib ravishda mahsulotning ish­lab chiqarish tannarxiga qo’shiladi. Davr xarajatlari esa korxona­ning moliyaviy natijalari hisobidan qoplanadi.
MDH davlatlarida esa uchchala xarajatlar ham mahsulot tan­narxiga kiritiladi va schetlar tizimi orqali to’liq tannarx hosil qilinadi.
Ushbu xarajatlar umumiy xususiyatga ega bo’lishi bilan birgalikda, ularning xususiy jihatlari ham mavjud: mashina va uskunalarni ishlatish va asrash xarajatlari shartli-o’zgaruvchan bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog’liq. Umumishlab chiqarish va davr xarajatlari esa shartli-doimiy xarajatlar hisoblanib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog’liq bo’lmaydi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish xara­jatlarini mahsulotlar tannarxiga kiritish orqali tannarx aniqlashning ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida va bo’linmalar dara­jasida taqsimlash kabi usullari mavjud.
Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosidataqsimlash usulining mohiyati shundaki, bunda mazkur xarajatlar 2510-«Umumishlabchiqarish xara­jatlari» schetining debetida yig’ib boriladi hamda hisobot davri oxirida ular yagona taqsimot bazasi asosida mahsulot tur­lari bo’yicha taqsimlanadi.
Shuningdek, bu usulning afzalligi uning soddaligi va kam mehnattalabligida bo’lsa, asosiy kamchiligi esa, mahsulotlarning xilma-xil turlari haqiqiy tannarxini aniqlash paytida jiddiy xatoliklarga olib kelishidir.
Odatda, boshqaruv hisobi tizimida hisobot davri ichida umu­mishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuzilib, unga asosan smeta­dagi xarajatlar haqiqatda erishilgan mahsulot hajmi va haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanib, tuzatilib boriladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari O’zbekiston Respublikasi 21-conli BHMSga binoan tasdiqlangan xarajat mod­dalariga bo’lib hisobga olib boriladi va korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq alohida hisob ob’ektlari o’rtasida taqsimlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o’zgartirishlar bilan) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larniishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natija­larni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga ko’ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat:

  • mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar­ning amortizatsiya ajratmalari;

  • ishlab chiqarishga tayinlangan aso­siy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishdagi mulklarni sug’urtalash xarajatlari;

  • isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishda foydalaniladi­gan binolar, mashina va uskunalar, ija­raga olingan boshqa mulklarning ijara to’lovlari;

  • ishlab chiqarishga xizmat ko’rsa­tishda band bo’lgan xodimlarning ish haqi;

  • ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.

Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash jarayonida xarajatlarni hisobdan chiqariladigan ob’ektlar tanlanib, aniq tsex, mahsulot, shartnoma turiga tegishli xarajatlar tanlab oli­nadi va yig’iladi. Bu sharoitda umumishlab chiqarish xarajatla­rini taqsimot bazasini tanlab olish muhimdir.

Download 81,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish