Xarakter aksentuatsiyasi



Download 17,4 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi17,4 Kb.
#800969
Bog'liq
Xarakter aksentuatsiyasi


Xarakter aksentuatsiyasi” trening dasturi


Maqsad: Trening ishtirokchilariga xarakter aksentuatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumot berish oʻz kamchiliklarini mustaqil hal qilolish koʻnikmasini beradi.
Vazifalar:

  • Xarakter aksentuatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumot berish.

  • Xarakter aksentuatsiyasi turlarini tadqiq etish.

Xarakter aksentuatsiyasi (urgʻu berish) — bu xarakter sifatlarini birortasini kuchaytirish, urgʻu berish boʻlib, buning natijasida maʼlum psixogenlik nozik tanlolganlikni namoyon qilinadi va shu vaqtning oʻzida boshqa xarakter sifatlari barqaror boʻlib, qolaveradi. (A.E.Lichko).
A.E.Lichko qoʻllagan tizimda P.B.Gannushkin, CH.E.Suxarova klassifikatsiyasi va K.Leongardning kattalarda xarakter aksentuatsiyasi turlariga asoslanadi.
Ammo A.E.Lichkoning tizimi oʻzining ikki xususiyat bilan ajraladi. Birinchidan, u maxsus oʻsmirlarga moʻljallangan. Ikkinchidan, u psixontiyani, yaʼni xarakter va uning aksentuatsiyasini patologik oʻzgarishlarini barcha normaning xillarini hisobga oladi.
A.E. Lichko quyidagi aksentuatsiya turlarni (II turlar) ifodalaydi:
1. Gipertim turlari — ushbu turdagi oʻsmirlar harakatchan, kirishimli, shoʻx boʻladilar, ular bor joyda doimo shovqin suron boʻladi. Umumiy qobiliyatlarini asosida ular barqarorlik, tartib – intizomsizlikni namoyon qiladilar, bir tekis oʻqimaydilar. Kayfiyatlari doimo yaxshi. Ularda tez-tez kattalar bilan kelishmovchiliklar paydo boʻlib turadi. Ularning qiziqishlari turli – tumandir, lekin ular yuzaki va tez oʻtadigandir. Ushbu turdagi bolalar oʻz qobiliyatlariga ortiqcha baho beradilar, oʻzlarini koʻrsatishga intiladilar, maqtanchoq, boshqalarda oʻzlari haqida yaxshi fikr uygʻotishni istaydilar.
2. Sikloid turi. YUqori darajada asabiylashuvchan, apatiyaga moyil. Ular uyda yolgʻiz boʻlishga intiladilar. Noxushliklarni boshdan ogʻir kechiradilar, oʻzlarida mavjud kamchiliklar haqida gapirilganda asabiylashadilar. Ularning kayfiyatlari tez koʻtarilib, tez pastga tushadi.
3. Labil turi. Ushbu tur kayfiyat jihatidan juda oʻzgaruvchan va oldidan aytib boʻlmaydigan xususiyatlarga ega. Ularni kayfiyatini oʻzgarishiga hattoki juda arzimas turli sabablar koʻrsatish mumkin. “Ularning hammasi jiddiy muvaffaqiyatsizlik va noxushliklarsiz ham gʻamgin, xafa, maʼyus boʻlib qolishga moyildir”. (A.E.Lichko). ularning kayfiyati xulq-atvor bilan bogʻliqdir. SHuning uchun ham ular kayfiyatlaridan kelib chiqqan holda kelajaklarini goh yorqin, goh aksincha tasavvur qiladilar. Bunday oʻsmirlar koʻpincha psixologik yordamga muhtojdir. Ular atrofdagilarni ularga boʻlgan munosabatlarini yaxshi his qiladilar.
4. Astenonervotik turi. Ushbu tur shubxalanuvchan, tajang, qaysar, tez charchovchi, asabiylashadigandir. Ayniqsa qiyin aqliy ish ularni toliqtiradi.
5. Senzitiv turi. Ularga sezgirlik xosdir. Ushbu oʻsmirlar katta davralarni, tavakkalchilikni, harakatchanlikni va shoʻx oʻspirinlarni yoqtirmaydi. Ularga uyatchanlik xos boʻlib, koʻp hollarda ular odamovi kishilar kabi qabul qilinadilar. Ular faqat oʻzlariga yaxshi tanish kishilar, bolalar bilan ochiq munosabatda boʻladilar. Ular boʻysinuvchan boʻlib, oʻz ota-onalariga juda bogʻlanganlar. Oʻspirinlikda “qoniqmaslik kompleksi” yuzaga kelishi mumkin. Ular masʼuliyat hissi, oʻziga va atrofdagilarga boʻlgan axloqiy talablarni erta anglaydilar. Oʻz qobiliyatidagi kamchiliklarni murakkab faoliyat turlarini tanlab toʻldiradilar.
Ushbu oʻsmirlar doʻstlarni tanlashda oʻta talabchan, doʻstga bogʻlangan, oʻzlaridan katta doʻstlarini hurmat qiladilar.
6. Psixoastenik turi ushbu yoshlarga ilk intellektual rivojlanish, oʻylovchanlik, oʻz-oʻzini tahlil qilish, boshqa odamlarga, ularni xatti – harakatlariga baho berish xosdir. Ular ishdan koʻra soʻzda oʻtkirlar. Ulardagi oʻz-oʻziga boʻlgan ishonch qobiliyatsizlik bilan, asossiz fikrlar – tezkor harakatlar bilan namoyon boʻladi.
7. Shizoid turi. Ularning yorqin namoyon boʻladigan sifati odamovilikdir. Ular oʻz tengdoshlaridan koʻra kattalarga intiladilar. Ular oʻz dunyosi, oʻz olamida yashaydilar. Ularda odamlarga nisbatan tashqi befarqlik mavjud. Bunday oʻsmirlar hamdard bo‘laolmaydilar. Ularning ichki dunyosi fantaziyaga toʻla, ular doimo oʻzlarini ushlab tura oladilar, oʻz tengdoshlariga koʻpincha yoqmaydilar.
8. Enileptoid turi, Bu oʻsmirlar yoshligida juda yigʻloqi boʻlib. Kattalarni qiynaydilar «bunday bolalar hayvonlarni qiynashni, oʻzlaridan kichkinalar ustidan kulishni yoqtirishadi, bular bolalar orasida sardorgina emas balki, xokim boʻlishga intiladilar.» (A.K.Lichko). Ularni turiga qahrlilik, oʻzini sevish va hukmdor boʻlishlik mansubdir. Ular boshqarayotgan bolalar guruhiga terroristik tartib-intizom, boʻysunuvchanlik mansub.
Oʻta qattiq tartib intizom tizimida ular oʻzlarini baland tutadilar, shu bilan birga “Rahbarga yoqish, baʼzida oʻziga mos mansab yoki hurmat eʼtiborga ega boʻlishga ega boʻladilar” (A.E.Lichko).
9. Isteroid turi. Ushbu turning asosiy xususiyati — xudbinligi, oʻziga boʻlgan muhabbatdir. Ularga teatrallik, tavakkalchilik xosdir. Bunday bolalar oʻz oldilarida oʻrtogʻini maqtaganini koʻtara olmaydilar. “diqqat eʼtiborni tortish, maqtovlar eshitish, ular uchun ahamiyatli ehtiyojdir.” (A.E.Lichko). diqqat eʼtiborni tortish maqsadida ular shovqin koʻtarishlari, janjal boshlashlari mumkin. Koʻp hollarda sardorlikni eplay olmay, noformal obroʻga ega boʻlmay magʻlub boʻladilar.
10. Beqaror tur. Koʻpincha ularni irodasiz, oqim bilan yuruvchi deb xarakterlaydilar. Bunday oʻsmirlar oʻyin – kulgiga, bayramlarga ishtiyoqmanddirlar. Ularda jiddiy, shu jumladan kasbiy qiziqishlar mavjud emas, ular oʻz kelajaklari haqida oʻylamaydilar.
11. Konformlilik turi. Ushbu guruhga kiruvchi bolalar tugʻridan-toʻgʻri boʻysunishga moyillar. Ularni asosiy hayotiy shiori “Hamma kabi boʻlish..” Ular moslashuvchan oʻz manfaati yoʻlida doʻstini ham sotishdan qaytmaydigan va shu bilan birga oʻz xatti-xarakatlariga oqlov ham topadilar.
Xarakterni shakllanish maʼlum ijtimoiy muhitda yuz beradi. Xarakter jamiyatdagi tarbiyaning aks etilishidir. Avvalambor bola xarakteri oila, ota-onaga bogʻliqdir. Maktabdagi taʼlim – tarbiya yetakchi ahamiyatga egadir. Xarakterda oʻz – oʻzini tarbiyalash ham muhimdir.
Xarakterni tarbiyalash yoʻllari – bu odat va taqlidni shakllantirishdir.
Xarakterni shakllantirishda mehnatni roli juda katta. Xarakterni shakllanishining asosiy sharti uni chiniqtirishdir, bunda mojoroli vaziyatlarning roli xam katgadir. Va nihoyat, hayot jarayonida xarakterni qayta tarbiyalash muammosi xam vujudga keladi.
Oʻzbek xalqi oʻzining azaliy milliy gʻurur, vatanparvarlik, oʻz tarixi, tili, anʼanalariga boʻlgan chuqur hurmat, oʻz tarixini hurmatlash kabi xarakter xususiyatlarni saqlab qolgan. Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda oʻzbek xalqiga xos boʻlgan mehnatsevarlik, dovyuraklik, dilkashlik, xushchaqchaqlik va insoniylik kabi fazilatlarni shakllantirish taʼlim – tarbiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Xarakter yunoncha suz boʻlib «zarb qilish», «belgi kuyish» degan maʼnoni bildiradi. Xaqiqatdan xam xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan alohida belgilaridir. SHaxsning individualligi temperament singari xarakterda xam namoyon buladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va muloqoti jarayonida tarkib topadigan va namoyon boʻladigan individual xususiyatlari boʻlib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari boʻlib hisoblanadi.
Kishining shaxsi u nima qilayotgani bilan emas, balki uni qanday bajarayotgani bilan xarakterlanadi.
Xarakter kishi shaxsining yoʻnalishini belgilaydigan ijtimoiy munosabatlarga bogʻlik buladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori mavqei, amali unda takabburlik, kekkayganlik, riyokorlik, tamagirlik, munofiqlik kabi salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, oddiy mehnatkash kishida jamiyatdagi mavqeyiga qarab fidokorlik, maqsadga intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanishiga olib keladi.
Download 17,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish