Xolatini tuzatish


BILIMLAR MAMLAKATINI YARATGAN USTOZ



Download 1,16 Mb.
bet35/39
Sana31.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#232247
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Jurnal 22 sentabr

BILIMLAR MAMLAKATINI YARATGAN USTOZ


Buxoro viloyati Qorako’l tumani 30- umumta’lim maktabi Ingliz tili fani o’qituvchisi Rustamova Yulduz Sadulloyevna.

Dunyodagi eng savob ishlardan biri, inson bolasi shuuriga ziyo tarqatishdir. Zero shu ziyo tufayli yosh avlod o’z dunyosini kashf qiladi. Shu ziyo ularni ilmu-urfon cho’qqilariga olib chiqadi, el-yurt ravnaqi uchun xizmat qiladigan raqobatbardosh mutaxassislar qilib chiqaradi. Ustozlar har qanday jamiyatda ulug’lanib kelingan. Shunday buyuk xizmatlari bilan tanilgan ustozlardan biri Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi 3-son Qorako’l akademik litseyi direktori bo’lishi bilan birga matematika fanidan dars bergan betakror ustoz, O’zbekiston Xalq o’qituvchisi, “El- yurt hurmati” o’rdeni sohibi To’xtamurod Jumayev , bilimga chanqoq yoshlarga go’yoki ilm yo’lidagi mayoq bo’lib xizmat qildilar. Har yili matematika bo’yicha o’tkaziladigan jahon olimpiadasida ustoz rahbarlik qilayotgan litsey o’quvchilari qatnashib, oltin, kumush va bronza medallarini qo’lga kiritib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori cho’qqilarga ko’tarishga muvaffaq bo’lganlar. Ustoz qo’lida saboq olgan yoshlar har yili eng yuqori ballar bilan respublikamizning turli nufuzli oliygohlariga qabul qilinganlar. Respublikamizning turli viloyatlaridan To’xtamurod Jumayevni izlab kelib, undan ta’lim olgan yoshlar hech qachon bu litseyni unutmaydilar. Chunki, ular shu dargohda ilm olib, tarbiya olib, o’zlari ko’zlagan manzillariga kuchli bilim orqali erishganlar. Har yili test natijalari ma’lum bo’lgan kundan boshlab, ustoz quchog’I gullarga, ostonasi esa “ Raxmat sizga, Ustoz” – deb kelgan shogirdlarga to’ladi. Menimcha ustoz uchun bundan ortiq baxt bo’lmasa kerak. –“Har yili litseyga o’quvchilarni tanlov asosida qabul qilganimizda, litseyimizda ishlaydigan o’qituvchilarga aytar edim. Mana, ota onalar o’zlarining eng bebaho, qadrli farzandlarini bizga ishonib topshirdilar. Endi bu ishonchni oqlash uchun, bu bolalarga puxta bilim, namunali tarbiya beraylik va o’z farzandimizday sevaylik, toki umid bilan kelgan yoshlar noumid bo’lib ketmasin . Litseyimizga kirib, ta’lim olgan o’quvchilar 97-100% oliygohlarga o’qishga kirar edilar va bundan biz hammamiz faxrlanar edik. Har tong litseyimiz darvozasi oldida talaba bo’lgan o’g’li yoki qizini olib kelgan ota onalar ko’zidagi sevinch yoshlarini ko’rib, Ollohga shukronalar aytaman. Negaki davlatimiz test sinovlarini adolatli o’tkazayapti, oddiy xalq farzandlari o’z bilimi bilan oliygohlarga kiryaptilar”- deya shukrona keltiradilar ustoz To’xtamurod Jumayev. Litva, Latviya Estoniya kabi davlatlarda hamda MDH davlatlarida bo’lib, u yerdagi ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganib, 1991-yilda 1-IIBMI ga asos solganlar va shu ilm dargohini 2009-2010- o’quv yilida akademik litseyga aylantirishga erishganlar. Ustozning shaxsida bilimdonlik, tashkilotchilik, halollik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlar mujassamlashgan. Ustozning ,, O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish’’,, Zamonaviy darslarni tashkil qilish’’,, Maktabda ichki nazoratni tashkil qilish’’, kabi metodik qo’llanmalari, matematika fanini chuqurlashtirib o’qitish bo’yicha 10 ta metodik qo’llanma va ,,Jahonga yuz tutgan maktab’’ nomli kitobi respublika miqyosida o’rganilgan. Shogirdlarini Ozbekistonimizning porloq kelajagi yo’lida, oldingi saflarda ko’rishni o’zi uchun buyuk baxt deb bilgan jonkuyar ustoz T. Jumayev rahbarlik qilgan litsey joylashgan Qorako’l shahrini ,, Bilimlar mamlakati’’ deb ham atashadi. Chunki bu maskanga respublikamizning turli nuqtalaridan bilimga chanqoq yoshlar ilm izlab keladilar. Bu shaharcha ko’chalarida kitob qo’ltiqlagan bolalar gavjum, ular yangi telefon, xorijiy kinolar haqida emas balki, bir-birlari bilan misol-masalalarni qaysi uslubda yechgani, nechta yechgani haqida suhbatlashishadi. Umrimiz asov daryodek shiddat bilan oqib ketayabdi. Ming bora shukrona keltiramanki mening umr daryomning o’quvchilik yillari mana shu ilf dargohidan oqib o’tdi. Men 3-son Qorako’l akademik litseyida ta’lim olgan yillarimda shu qadar omadim kelgan ekanki menga ota onam kabi mehribon, jonkuyar va ayni damda qattiqqo’l, talabchan ustozlarim Shuhrat Sulaymonov, Fotima Narziyeva, Manzura Rustamova, Matluba Boboyeva , Nurullo Yaxyoyev, Navro’zov Orziqul, Raxmatov Lutfullo, Roza Avezova, Qudrat ustoz meni hayotda o’z o’rnimni topishga, mustaqil fikrlashga,chuqur bilimli bo’lishga va o’z kasbimning haqiqiy mutaxassisi bo’lib chiqishimga mustahkam poydevor yaratgan ekanlar. Men bu ustozlarimdan bir umr qarzdorman. Men “Bilimlar mamlakati” ga har yili ustozlarimni yo’qlab boraman. Ular ish bilan shunchalik band bo’lsalar ham, oradan 10 yillar o’tib ketgan bo’lsa ham meni tanib, ismimni darhol eslab, quchoq ochadilar. Ularning ko’zlaridagi mehr, jamiyat uchun kelajak avlodni yetuk insonlar qilib tarbiyalayotganlarini ifodalovchi faxr qalbimni to’lqinlantirib yuboradi. Ayniqsa keying yillarda betakror ustoz To’xtamurod Jumayevning uylariga minglab shogirdlari qatori gullar ko’tarib borganimda, ustoz shunday xursand bo’ladilarki, bundan beixtiyor dilimdan shunday fikrlar o’tadi. Umr oqar daryosida har kim suzar o’zicha, Kimdir to’lqin kabi jo’shib,kimdir birov ko’zicha Ustoz, umr daryosida jo’shib oqqan to’lqinsiz , Yosh avlod deb javlon urgan olov, qalbi jo’shqinsiz. Ustoz, bizga shunday dargoh yaratib berganingiz uchun sizga chuqur ta’zimdamiz. Siz 75 yoshingizgacha o’zingizga ming yillik tarix yaratdingiz! Yaqinlashib kelayotgan ulug’ ayyom- O’qituvchilar va murabbiylar kunini yana bir bor o’zining o’chmas va unutilmas mehnatlari bilan munosib kutib olayotgan fidoyi va adolatparvar ustozimiz To’xtamurod Jumayev amalga oshirgan ishlarini kuzatib, sevimli shoirimiz G’afur Qurbonning quyidagi jumlasi xayolimdan o’tadi , ,,Qorako’lda tog’lar yo’q “. Ha, Qizilqum cho’llariga tutashgan Qorako’lda tog’lar yo’q, lekin u yerda To’xtamurod Jumayev singari o’tkir bilimli, shogirdlari kelajagiga ishonchli poydevor yaratayotgan insonlar borki, men ularni ilm cho’qqisiga chiqayotgan yoshlarga, yelka tutib turgan ulug’vor tog’larga o’xshataman.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish