Xomashyo materiallar Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari



Download 137,05 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi137,05 Kb.
#218486
1   2   3   4
Bog'liq
Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi

V= , (13.1)


Bu erda: h- pishadigan yarim xom ashyoning qavat balandligi, mm τ - pishish davomiyligi, min.

Turli xomashyo va yarim xomashyolar uchun vertikal pishish tezligi 510mm/minut va undan ko‘pni tashkil etadi. Masalan, yarim xomashyo qavati 200mm bo‘lsa, u 20-40 minut davomida pishadi.



Rasm-13.1. Aglomeratsion mashinaning sxemasi:

1-xom granulalarni mashinaga to‘kish; 2-yondiruvchi gorn; 3-kolosnikli panjara; 4-pishgan granulalar qavati; 5-yoqilg‘ining yonish zonasi; 6-pishgan korj; 7-gazlarni so‘rib olish; 8-vakum kamera.

Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko‘mir (yirikligi 5 mm gacha), qo‘shimchalar aniq me’yor bo‘yicha aralashtiriladi. Ko‘mirning massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo‘lsa, u xolda gil aralashtirgichga suv qushiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashririladi. Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomeratsion mashinada pishiriladi (rasm-13.2). Mashina to‘xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa chidamli po‘lat va ikki tomonidan to‘silgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyr temir-yo‘l bo‘yiga vakum-kamera ustida harakatlanadi.

Rasm.13.2. Aglomeratsiyalash mashina

Kisqacha texnik xarakteristikasi:


  • Pishish yuzasi, m2 75

  • Pishirish aravasi eni, m 3

  • Pishgan qavat balandligi, mm, gacha 500

  • Aravaning xarakatlanish tezligi, m/min 1…4

  • Kolosniklar osti bosimi, Pa, gacha 1200

  • *Maxsuldorlik, t/m2 soat

  • aglomerat bo‘yicha 110…140

  • shixta bo‘yicha 175…240

*Maxsuldorlik aglomeratsiya jarayonining texnologik sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200300mm qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 10000S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida xom granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi.

CHiqqan korj birjinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muxiti temir oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muxit, kuydirishdan past xarorat) kichik mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan qatlam yuzaga keladi. SHu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan pishgan yarim maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo‘laklarga korj maydalagich yordamida ajratiladi, bo‘laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho‘kadi, texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning pishishini, gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi.

Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat chiqindilari ishlatiladi.

Agloporit tarkibidan pishmagan bo‘laklarini ajratgandan (texnologik jarayonga qaytarilgan) so‘ng 80-1200S gacha sovitiladi, maydalanadi, shag‘al va qumga ajratiladi. Agloparit shag‘ali va qumining ishlab chiqarish texnologik sxemasi (rasm-13.3) da keltirilgan.





Rasm-13.3. Agloporit chaqiq toshi va qumini ishlab chiqarish texnologik sxemasi: 1-ekskavator; 2-avtotransport; 3-yashikli uzatgich; 4-valkli

maydalagich; 5-tebranma elak; 6-lentali ta’minlovchi; 7- yig‘uvchi lentali

transporter; 8- toshni ajratuvchi valslar; 9-ikki valli gil aralashtirgich;

10-baraban tipidagi granulyator; 11-yotqizgich; 12-yondiruvchi gorn; 13aglomeratsion mashina; 14-maydalagich; 15-shaxta tipidagi sovitgich; 16valkli-tishli maydalagich; 17-shag‘alni navlarga ajratuvchi mashina; 18-tayyor mahsulotlar ombori;

Agloporitni sovitishda qo‘llaniladigan shaxta tipidagi sovitgich o‘rniga lentali (tubi perforirlangan metall transporter), chashkasimon ( ikkita jalyuzali silindr devorli xalqasimon bunker) va baraban tipidagi sovitgichlar ishlatiladi.

Asosiy xomashyo material sifatida ko‘mirni boyitish chiqindisi qo‘llanilganda, texnologik sxemaga sarflanuvchi materiallarni tayyorlashga doir o‘zgartirishlar kiritiladi. Ko‘mir boyitish chiqindilari ikki bosqichli maydalaniladi, elakdan o‘tqaziladi va o‘lchami 2,5mm gacha donalar olinadi. Gil quruq komponent (yirikligi 3mm gacha) yoki suyuq gilli massa ko‘rinishida qo‘shiladi. Agloparit ishlab chiqarishda komplekt texnologik jixozlangan SMS-117 va SM-961 (uzunligi-40m, eni-1,5m) markali aglomeratsion mashinalar ishlatiladi.

Aglomeratsion mashinasining ishlab chiqarish quvvati

Aglomeratsion mashinaning ishlab chiqarish quvvati (t/soat) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

P=0,06 V La B pH Rh Rb; (13.2)

Bu erda : v- vertikal pishish tezligi, mm/min;

La - aglomeratsion mashinaning foydali uzunligi , m;

L – mashinaning umumiy uzunligi, Ls -quritish zonasi uzunligidan kelib chiqib (Ls=0,05-0,1 L ) va sovitish – Lo (sovitgich mavjud bo‘lsa - Lo=0,2 L agloparit shag‘ali ishlab chiqarishda sovitgich ishlatilmasa-Lo=0,4L);

V-aglomeratsion mashinaning foydali eni uzunligi, m; rn- xom granulalar uyilma zichligi, rn=1-1,1 t/m3 ;

Rh- agloparitning chiqish koeffitsienti, Rh=0,75-0,90;

Rb- texnologik jarayonga qaytgan pishmagan bo‘laklarni xisobga oluvchi koeffitsient, agar texnologik jarayonga qaytmasa, Rb=1 teng bo‘ladi.

Aglomeratsion mashinaning yillik mahsuldorligi (m3/yil) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Mag=T P Ru/Pn ; (13.3)

Bu erda: T- mashina ishlashining yillik fondi, soat;

P- aglomeratsion mashinaning hisobiy mahsuldorligi, t/soat;

Ru- ishchi vaqti yillik fondidan foydalanish koeffitsenti, Ru=0,82-



0,9;

Pn- agloparit shag‘alining uyilma zichligi, t/m3




Download 137,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish