Xorazm viloyati Xonqa tumani 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ish sinflar metodbirlashmasi yig‘ilishi



Download 22,27 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi22,27 Kb.
#498033
Bog'liq
2021-yil metod.yig\'ilish bayonnomalari

Xorazm viloyati Xonqa tumani 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ish sinflar metodbirlashmasi yig‘ilishi


Bayonnomasi №1
2021-yil 26-avgust Olaja qishlog‘i
Yig‘ilish raisi: Z.Iskandarova
Kotibi: D.Ro‘ziboyeva
Qatnashdilar: Metodbirlashma a’zolari
Kun tartibidagi masalalar
1.Metodbirlashma a’zolarining 2021-2022-o‘quv yili uchun tuzgan yillik taqvim rejalarini muhokamadan o‘tkazish .
2. 2021-2022-o‘quv yilida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars taqsimoti.
3.Maktabda sentabr oyida boshlang‘ich ta’lim fan oyligini o‘tkazish tadbirlar rejasi to‘g‘risida.
4.1-2-sinflarda fanlarni MO‘D bo‘yicha o‘qitishning mohiyati va mazmuni.
5. Yosh o‘qituvchilarga murabbiylar birkitish va ularga muntazam metodik yordam berib borishni ta’minlash.
Eshitildi
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari D.Bekchanova so‘zga chiqib metodbirlashma a’zolarining 2021-2022-o‘quv yili uchun tuzgan yillik taqvim rejalari to‘g‘risida gapirdi.Yillik taqvim rejani maktab direktoriga tasdiqlatish va o‘qish boshlanmasdan oldin kundalik .com ga kiritish kerakligini aytdi.
2-masala bo‘yicha metodbirlashma rahbari Z.Iskandarova so‘zladi.U o‘z so‘zida darslar o‘qituvchilarning ish tajribasi,ish staji,malaka toifasiga qarab,o‘zaro kelishilgan holda taqsimlanganini aytib o‘tdi. Buhga ko‘ra Sh.Panayeva 17 soat,G.Qurbonboyeva 17 soat, Sh.Qo‘chqorova 16 soat,F.Bobojonova 16 soat,N.Masharipova 16 soat,Z.Iskandarova 15 soat,R.Madraximova 15 soat,D.Raximova 15 soat,Sh.Ro‘ziboyeva 13 soat,N.Raximova 13 soat,D.Ro‘ziboyeva 13 soat,Z.Bekchanova 17 soat,X.Qurbonova 13 soat dars bilan ta’minlandi.E’tirozlar va takliflar bo‘lmadi hamda barcha ustozlar dars taqsimotidan rozi ekanliklarini tasdiqlab qo‘yishdi.
3- masala yuzasidan ham metodbirlashma rahbari so‘zladi.U oz so‘zida shunday dedi: -Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i 2- ilovasiga muvofiq maktablarda sentabr oyi boshlang‘ich ta’lim fan oyligi etib belgilandi. Shunga asosan fan oyligida o‘tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Barcha o‘qituvchilar anashu belgilangan rejalar asosida ish olib borib,fan oyligini yuqori saviyada o‘tkazishga o‘z hissasini qo‘shadi deb o‘ylayman. Shundan so‘ng Z.Iskandarova o‘qituvchilarni fan oyligida o‘tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi.O‘qituvchilar ham fan oyligini o‘tkazish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.
4-masala yuzasidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.Masharipova so‘zga chiqib,1-2-sinflarda fanlarni yangi milliy o‘quv dasturi asosida o‘qitishning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida gapirdi.
Kun tartibidagi 5-masala yuzasidan D.Bekchanova so‘zga chiqdi .U o‘z so‘zida ,,Ustoz-shogird” yo‘nalishidagi ishlarni tashkil etish kerakligi to‘g‘risida gapirdi.Yosh o‘qituvchilarga murabbiylar birkitish, ularga muntazam metodik yordam berib borish lozimligini aytdi.2020-2021-o‘quv yilida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ish boshlagan D.Ro‘ziboyevaga ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog G.Qurbonboyeva ustoz qilib berkitildi. Yuqoridagi bildirilgan fikr,taklif va mulohazalarga asoslanib yig‘ilish qaror qiladi.
QAROR 1.Metodbirlashma a‘zolariga 2021-2022-o‘quv yili uchun tuzgan taqvim mavzu rejalarini direktorga tasdiqlatish va kundalik.comga kiritish vazifasi yuklatilsin
2.Yangi 2021-2022-o‘quv yilida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga quyidagicha dars soatlari belgilansin.
Sh.Panayeva 17 soat,G.Qurbonboyeva 17 soat, Sh.Qo‘chqorova 16 soat,F.Bobojonova 16 soat,N.Masharipova 16 soat,Z.Iskandarova 15 soat,R.Madraximova 15 soat,D.Raximova 15 soat,Sh.Ro‘ziboyeva 13 soat,N.Raximova 13 soat,D.Ro‘ziboyeva 13 soat,Z.Bekchanova 17 soat,X.Qurbonova 13 soat.
3.Z.Iskandarovaning ,,Fan oylik rejasi”ga kiritilishi lozim deb ko‘rsatilgan masalalar asosli deb topilsin.
4.Milliy o‘quv dasturi to‘g‘risida N.Masharipovaning keltirib o‘tgan fikrlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5.Yosh o‘qituvchi D.Ro‘ziboyevaga metodik yordam ko‘rsatish uchun ko‘p yillik ish tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchi G.Qurbonboyeva biriktirib qo‘yilsin.
Metodbirlashma rahbari: Z.Iskandarova
Kotibi: D.Ro’ziboyeva
Download 22,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish