Xotira kartalarini o’qish qurilmalari



Download 358 Kb.
bet1/2
Sana18.07.2021
Hajmi358 Kb.
#122416
  1   2
Bog'liq
flesh

Xotira kartalarini o’qish qurilmalari


Flash axborot tashuvchilar bilan ishlashda o’qish-yozish uchun mo’ljallangan maxsus qurilmalar xotira kartalarining imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, kompyuter bilan ma’lumot almashinish tezligini oshiradi. Odatda qurilma bir nechta slotga ega bo’ladi va bu slotlarning har bittasi aniq bir turdagi (CompactFlash, SmartMedia va boshqa) xotira kartasi uchun mo’ljallangan. Bu qurilma kompyuterning tashqi qurilmasi yoki kompyuter korpusiga ichki moslangan (noutbuklarda) bo’lishi mumkin.

Hozirgi vaqtda o’qish qurilmalarining USB 1.x – 2.0, LPT va SCSI interfeysli bir necha turlari yaratilgan. Barcha turdagi flash kartalar uchun PCMCIA – adapterlar hamda SecureDigital / MultiMedia Card va xD kartalari uchun CompactFlash – adapterlari mavjud. Kompyuterning sichqon qurilmasi ichiga joylashtirilgan o’qish qurilmalari ishlab chiqarildi. O’zining o’qish qurilmasiga ega flash kartalari ham mavjud. O’qish qurilmalari bitta karta, bir nechta karta, ba’zida keng tarqalgan barcha 12 turdagi xotira kartalari uchun mo’ljallangan bo’lishi ham mumkin.



Flash – xotiralarni o’qiydigan qurilma

Ko’pincha, xD – Picture kartalarini o’qish uchun SmartMedia kartasi ko’rinishidagi SmartMedia – xD qurilmasidan foydalanildi. Eng keng tarqalgan o’qish qurilmalari USB interfeysli qurilmalar hisoblanadi. Bu interfeysda ham ichki, ham tashqi qurilmalarda foydalaniladi.

USB interfeysli flash xotiralarni o’qiydigan qurilma

Ichki moslangan qurilmalar to’g’ridan – to’g’ri asosiy platadagi USB portga ulanadi. USB interfeysning imkoniyatlari xotira kartasining imkoniyatlari bilan barobar ravishda ma’lumot uzatish tezligini aniqlab beradi. Quyida USBning mavjud ko’rinishlarini qarab chiqamiz.

USB 1.x va USB 2.0 interfeyslari

USB interfeysi qo’shimcha qurilmalarni shaxsiy kompyuterga ulash uchun mo’ljallangan bo’lib, axborot almashishni 3 xil tezlikda amalga oshirish imkonini beradi:

 Past (Low Speed – LS, USB 1.x) – 1.5 Mbayt/s;

 To’liq (Full Speed – FS, USB 1.1) – 12 Mbayt/s;

 Yuqori (High Speed – HS, USB 2.0) – 480 Mbayt/s;

Tashqi qurilmalarni ulash uchun (masalan, flash kartalarni) 4 simli USB – mini yoki USB – AB turdagi kabeldan foydalaniladi.

USB interfeys xost vazifasida qurilmalarni o’zaro bog’laydi. Xost (“konsentrator”) shaxsiy kompyuter ichida joylashadi va tashqi qurilma ishlashini boshqaradi.

USB 2.0 va USB 1.0 turlari bir – biriga to’liq mos keladi. Farqi ma’lumotlarni uzatishning maksimal tezligida bo’ladi. USB 2.0 qurilmani USB 1.x xostga ulaganda u xost tezligida, ya’ni kichik tezlikda ishlaydi.

USBga ulanadigan kam quvvatli qurilmalar (USB – flash, o’qish qurilmalari, ba’zi skanerlar, joystiklar, sichqonlar va boshqalar) qo’shimcha energiya manbai talab qilmaydi. Bu qurilmalarning ishlashi uchun zarur bo’lgan kuchlanish (+5V) bevosita USB kabel orqali beriladi.

USB 2.0 ning raqobatchisi FireWire standarti hisoblanadi. Bu standart juda keng tarqalgan (ayniqsa, raqamli video kameralarda), biroq shaxsiy kompyuterlarda odatda bu turdagi port o’rnatilmagan. Uni qo’shimcha o’rnatishga to’g’ri keladi. Kompyuter past tezlikda ishlovchi USB 1.x o’rnatilgan bo’lsa yoki USB umuman mavjud bo’lmasa PCI slotiga qo’shimcha kontrolyor o’rnatiladi. Bu qurilma 2 – 5 USB portlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

4 ta USB port, PCI slot, VIA mikrosxemali USB – kontrolyor.

Hozirgi vaqtda OPTI va VIA mikrosxemalaridagi USB va FireWire kontrolyorlari keng tarqalgan. USB texnologiyasi daraxtsimon ko’rinishda 255 tagacha qurilmani bitta xostga ulash imkonini beradi, ya’ni turli konsentratorlarni, uzaytirgichlarni qo’llash imkoni mavjud. Faqat bu vaziyatda quyidagilarni hisobga olish lozim:

- Kompyuterda USB 2.0 turdagi xost o’rnatilgan bo’lsa, barcha ulanadigan kabellar ushbu turda bo’lishi lozim;

- Uzun kabellar (5 m dan ortiq) qo’llanilganda maxsus kuchaytirgichlar qo’llash lozim;

- Bir necha qurilmalarni ulaganda ular energiyani USB kabeli orqali olsa iste’mol blokiga ega aktiv konsentrator – kuchaytirgichdan foydalanish tavsiya etiladi.



O’qish qurilmasini USB – portga ulagandan so’ng, zarur dasturiy ta’minot o’rnatiladi. Shundan so’ng, kompyuterda mavjud disk qurilmalari qatoriga yangi disk nomlari qo’shiladi. Bu disklar soni o’qish qurilamasidagi o’rnatiladigan flash kartalar soniga bog’liq.

Ta’kidlash kerakki, ko’pchilik o’qish qurilmalari yetarli darajada sifatli amalga oshirilmagan va shuning uchun ham kartani o’rnatish yoki sug’irib olishga o’ta ehtiyotkorlikni talab etadi.

Aks holda, o’qish qurilmasidagi ingichka kontaktlarga ziyon yetishi va buning natijasida qurilma ishdan chiqishi mumkin. Ayniqsa, CompactFlash kartalarini o’rnatishda ehtiyotkorlik juda zarur, unda 50 ta ingichka kontakt – igna mavjud. Boshqa xotira kartalari bu munosabatda xavfsizroq sanaladi. Flash karta o’qish qurilmasiga o’rnatilgandan so’ng, foydalanuvchi bu axborot tashuvchiga fayl strukturasi ko’rinishidagi istalgan ma’lumotni o’qish/yozish imkoni paydo bo’ladi.

O’qish qurilmasi yordamida fotoapparat xotira kartasidagi fotosuratlarni, musiqiy yozuvlarni, video kliplarni, cho’ntak kompyuterda yaratilgan hujjatlarni tez nusxalash mumkin. Cho’ntak kompyuterlari va shaxsiy kompyuterlar o’rtasidagi aloqani ta’minlovchi mavjud usullar (simsiz aloqa va kabel yordamida) flash kartalarga nisbatan past tezlikka ega. Doimiy ravishda cho’ntak kompyuterlaridan shaxsiy kompyuterlarga katta hajmdagi axborotni ko’chirish uchun o’qish qurilmasidan foydalanish maqsadga muvofiq.

Ishlatish jarayonida ba’zan o’qish qurilmasidagi xotira kartasi va axborot sig’imi mos kelmasligini kamchilik sifatida keltirish mumkin. Masalan, shunday holatlar bo’ladiki, Transcend CompactFlash 512 Mb va CompactFlash Kingston kartasining kichik sig’imli moduli bilan xatosiz ishlashda muammo bo’lmasa ham, Kingston CompactFlash 512 Mb kartasi bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hollar kuzatilgan. Bu shuni ko’rsatadiki, flash kartalarning yagona standarti bo’lishiga qaramasdan. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniladigan texnologiyalar biroz farq qiladi.

O’qish qurilmalarini belgilashdagi o’ziga xosliklar

Odatda qurilma haqida zarur ma’lumotni qurilmaning o’zida yoki qutisida beriladi.



Qurilma haqidagi ma’lumot ko’rinishi

Bunday yozuvning bo’lmasligi qurilmaning sifati pastligidan darak beradi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi qurilma quvvatlaydigan USB xususiyati bilan aniqlanadi. U 


Download 358 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish