Xristianlikning vujudga kelishi



Download 55,15 Kb.
bet4/13
Sana31.12.2021
Hajmi55,15 Kb.
#214494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xristianlikning mustaqil

1. P
 
 rav
   o  slav
 
   o
   qimi
 
 .    Pravoslav  oqimi  xristianlikning  uch  asosiy  yo’nalishidan  biri  o’laroq,
tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy
Yevropa,  YAqin  Sharq  va  Bolqon  mamlakatlarida  tarqalgan.   Pravoslav  atamasi  yunoncha
ortodoksiya  so’zidan  olingan  bo’lib,  ilk  davr  xristian  yozuvchilari  asarlarida  uchraydi.
Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din
edi.
40

Muqaddas  kitob  bo’lmish  Injil  va  muqaddas  o’gitlar  IV-VIII  asrlardagi  etti  butxona


Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov,
Ioann  Damasskiy,  Ioann  Zlatoust  kabi  yirik  cherkov  xodimlarining  asarlari  ushbu  oqim
ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning  Sharqiy  tarmog’i  bo’lmish  pravoslaviyaning  rivojlanishi  jarayonida  14
Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya,
Serb,  Rumin,  Bolgar,   Kipr,  Ellada,  Albaniya,   Polsha,  Chexoslovakiya,  Amerika  cherkovlari
shakllangan.
Pravoslav  oqimida  sirli  rasm-rusumlar  muhim  o’rin  egallaydi.  Cherkov  ta’limotiga  ko’ra,
bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi.
CHo’qintirish  -  sirli  hodisasi.  Bunda  dindor  o’z  tanasini  uch  marta  suvga  botirishi  Xudo-
otani, O’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi.
Badanga  eleyni  surkash  ham  sirli  bo’lib,  bunda  dindorga  Muqaddas  ruhning  ruhiy  hayotga
qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy
hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning  sirliligi  shundaki,  dindor  o’z  gunohlarini  din  peshvosi  oldida  tan  oladi,  din
peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning  sirliligi  u  yoki  bu  shaxsni  ruhoniy  darajasiga  ko’tarish  uchun  episkopning
qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi.
Badanni  eley  bilan  ishqalash  sirida  Xudoning  ruhiy  va  jismoniy  zaifliklarni  tuzatuvchi  lutfu
marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav  cherkovi  bayramlar  va  diniy  marosimlarga  alohida  ahamiyat  beradi.  Post  diniy
marosimi  odatda, katta  cherkov  bayramlaridan  oldin  o’tkaziladi. Postning  mohiyati  inson  ruhini
tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus  Pravoslaviyasining  ko’p   kunlik   postlari  to’rtta:   Pasxa  oldidan,   Pyotr  va  Pavel  kuni
oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin.
Buyuk  bayram  ichida  Pasxa  birinchi  o’rinda  turadi.  Pasxa  Isoning  o’lganidan  so’ng  qayta
tirilganini  nishonlab  o’tkaziladigan  bayram.  U  yilning  22  aprelidan  may  oyining  birinchi
yakshanbasigacha o’tkaziladigan bayram. U «Otsovskiy den»dan avval o’tkaziladi. Pasxaning tarixi
yahudiylikdagi  pesax  bayrami  bilan  bog’liq  bo’lib,  u  yahudiylarning  Misrdan  qochib  chiqishi  va
ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach pasxa yangicha
tus olgan.
Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular:
Iso  tug’ilishi,  Sretenie,  Isoni  cho’qintirish,   Preobrajenie,  Quddusga  kirish,  Isoning  osmonga
ko’tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga ko’tarilishiBlagoveùanie (Injilning nozil bo’lishi),
Rojdestvo Bogorodisû (Isoning xochga osilishi) va hakozo.

Download 55,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish