Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 355,91 Kb.
bet1/8
Sana20.02.2022
Hajmi355,91 Kb.
#460418
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
N




MUNDARIJA
Kirish

  1. Asosiy qism 1.1 Kristall maltoza-glyukoza haqida umumiy tushucha 2.1 Biorektorlarning asosiy funksiyasi va tizimlari 3.1 Biokimyoviy reaktorlarning sinflanishi

  2. Qurulmani loyihalash va hisoblash

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyatning rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.Harakatlar strategiyasini ’’Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ’’ da amalga oshirishga oid Davlat dasturining tasdiqlanishi strategik rivojlanishning ustuvor yo’nalishlarini amaliy ro’yobga chiqarishning boshlang’ich mexanizmi bo’ldi. Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyat institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro eksportlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini ko’rsatdi. Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiyhujjatlar qabul qilindi.
Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo’nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko’rib chiqildi, 20 ta davlat xo’jalik boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi.
Sud-huquq tizimi tubdan qayta o’rib chiqildi.Sud hokimiyatining yagona oily organi – O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizomlarni, shuningdek, ma’muriy sudlar tashkil etildi. Ichki ishlar organlari tizimi isloh qilinib, ularning asosiy faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga – ’’Xalq manfaatlariga xizmat qilish” ga yo’naltirildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida soliq tizimi isloh qilindi, halol soliq to’lovchilar – xo’jalik yurituvchi subyektlarga soliq ta’tillari berilishi nazarda tutildi. Hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 13 339 ta loyiha amalga oshirildi, 2,1 trln.so’m kredit o’zlashtirildi, 10 ta erkin iqtisodiy zona, 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi. “Peugeot” va “Citroyon” brendi bilan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo’yicha zavod barpo etilmoqda.
Ijtimoiy sohada faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming km Avtomobil yo’llari qurildi va ta’mirlandi, 84300 ta ish o’rni yaratildi. 2017-2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko’p qavatli ularni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida 50286 ta xonadondan iborat 1136 ta ko’p qavatli uylarni , bundan tashqari namunaviy loyiha asosida qishloq joylarda 75 ming turar joylarni qurish mo’ljallangan.
Millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish sohasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi tashkil etildi. Yevropa ittifoqi va 21 ta xorijiy mamlakatlar bilan savdo, iqtisod, investitsiya, texnologiya va moliyaviy texnik sohalarda 22 ta “yo’l xarita” lari tasdiqlandi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning borishi haqida aholi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish ishlari amalga oshirildi. Joylarda 6 mingga yaqin uchrashuvlar, ommaviy axborot vositalarida teleko’rsatuvlar va chiqishlar tashkil etildi. Shu bilan birga, navbatdagi islohotlarni sifatli va oldindan rejalashtirish uchun 2017-yil yakunlari bo’yicha erishilgan natijalarni chuqur o’rganish va puxta tahlil qilish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan iqtisodiy va siyosiy javhalarda o‘z o‘rnini topishi, bozor iqtisodiyoti davrida xalq xo‘jaligini rivojlantirishda, oziq-ovqat sanoatida yangi texnika, ilg‘or texnologiya va ilmiy yutuqlarning oxirgi natijalaridan unumli foydalanish bilan rivojlanishi birinchi maqsad deb rejalashtirildi, bu masalada oziq-ovqat bilan bog‘liq bo‘lgan xom-ashyolarni qayta ishlab chiqaradigan korxonalari rejasini tez amalga oshirishiga o‘z xissalarini qo‘shib birinchi galda respublika aholisini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash rejalashtirildi. Bu fanning erishgan yutuqlari va istiqbollari to‘g‘risida, mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari, ulardan olingan hujayralar asosida yaratilgan biotexnologik jarayonlar, gen va hujayra muxandisliklarini amalga oshirish uchun biotexnologik jihozlarni ta’minlash haqida talabalarga aniq bilim berishdan iborat.
Biotexnologiya - hozirgi vaqtda insoniyatning eng asosiy dolzarb muammolaridan biri hisoblanmish - oziq-ovqat, energetik resurs, atrof-muxit ifloslanishining oldini olish bilan bog‘liq muammolar echimini topishga xizmat qiladi. Mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari, sun’iy oziqa muhitlarida o‘stirilayotgan hujayra, to‘qima va organlarning biosintetik potensialidan amaliy foydalanishda bioreaktor va biotexnologik jarayon uskunalarining ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida biotexnologiyaning taraqqiyotiga asosiy e’tibor qaratilmokda, chunki boshka texnologiyalarga qaraganda, biotexnologik jarayonlar energiya sarfining kamligi, deyarli chikindisizligi, ekologik sofligi jihatidan bir qator afzalliklarga ega. Bundan tashkari bu texnologiyalar muayyan asbob-uskuna, unchalik murakkablikkaega bo‘lmagan texnik kurilma (yuqori bosimda ishlash, o‘ta yuqori xarorat, kuchli kislotalilik kabi texnologik jarayonlar kuzatilmaydi) va preparatlardan foydalanishni talab qiladi, shuningdek, iqlim sharoitlariga qaramasdan kichik xajmni egallaydigan maydonlarda xam amaliyotlar o‘tkazish mumkinligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda ko‘proq diqqat mahsulotlar ishlab chiqarish nuqtai nazardan e’tibor tirik organizlarning hayot-faoliyatiga suyanib olib boriladigan sanoat jarayonlariga qaratilmoqda va ular mikrobiotexnologik jarayonlar deb ataladi. Biotexnologiyanint gulkirab rivojlanishi oxirgi 40 yillarga to‘g‘ri kelib, biologiya fanining yutuqlari, hujayra , oqsil injeneriyasi texnologiyalarining ishlanmalarini yuzaga kelishi hamda tabiiy resurslarni kamayishi (yoki qimmatlashishi), ananaviy texnologiyalarning inqirozga uchrashi bilan bog‘liqdir. Biotexnologiyaning rivojlanishi kelajakda iqtisodiy va ekologik manfaatdorlikka olib keladi. Biotexnologiyaning bugungi kundagi faol rivojlanayotgan ilmiy yo`nalishi - mikrobiologik biotexnologiyadir yoki uni mikrob biotexnologiyasi deb ham yuritiladi.



Download 355,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish