Xulosa Foydalinilgan adabiyotlar



Download 163,71 Kb.
bet4/9
Sana16.07.2021
Hajmi163,71 Kb.
#121439
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni 123

birlamchi xomashyo — qazib olingan ruda, paxta xomashyosi va hokazolar;

  • ikkilamchi xomashyo — yaroqsiz holatga kelgan tayyor mahsulotlar: metall parchalari, makulatura va boshqalar.

    Axborot omillari — keng ma’noda — haqqoniy axborotni olish uchun tashkil qilingan ma’lumotlarning yig‘indisi.

    Axborot omillari — alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida massivlari, axborot tizimlari; kutubxonalar, hujjatgohlar, fondlar, ma’lumotlar banklari, axborot tizimiy omillarining boshqa turlaridagi hujjatlar va hujjatlar massivlaridir.

    Hujjat omillari — axborot omillarining bir turi; alohida hujjatlar, axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlarning yig‘indisi.

    Mehnat omillari — mamlakat aholisining jismoniy rivojlangan, ishlash uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyat va bilimlarga ega bo‘lgan qismidir.

    Mehnat omillarining miqdori aholining soniga uning qayta ishlab chiqarish rejimiga, jins, yosh bo‘yicha tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatning mehnat omillarining asosiy qismini mehnat qilishga qobil yoshdagi aholi, shuningdek, mehnatga qobiliyatli o‘smirlar va pensiya yoshdagi shaxslar tashkil qiladi.

    Tabiiy omillar (tabiat omillari) – jamiyat odamlarning moddiy va ma’naviy talablarini, ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan tabiiy obyektlari, tabiiy jarayonlar va sharoitlardir.

    Tabiiy omillar:


    • o‘rni to‘ldiriladigan va o‘rni to‘ldirilmaydigan;

    • yangilanadigan va yangilanmaydigan;

    • almashtiriladigan va almashtirilmaydigan;

    • tenglanadigan va tenglanmaydiganlarga bo‘linadi.

    Tabiiy omillar o‘z ichiga: foydali qazilmalar, enegriya manbalari, tuproq, suv yo‘llari, suv havzalari, ma’danlar, o‘rmonlar, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, quruqlik va suv ostidagi hayvonot dunyosi, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining genofondi, go‘zal va betakror landshaftlari, sog‘lomlashtirish mintaqalari va boshqalarni oladi.

    Tugaydigan (yo‘q bo‘lib ketadigan) tabiiy omillar — foydalanish barobarida yo‘qolib, qisqarib boradigan omillar. Tabiiy omillarning ko‘plab turlari yangilanadigan va yangilanmaydigan guruhlarga bo‘linuvchi tugaydigan tabiiy omillarga kiradi.

    Kamyoblik (tanqislik) – iqtisodiy nazariyada — tovar yoki xizmatga talab uni ishlab chiqarish hajmidan oshib ketgan vaqtda yuzaga keladigan sharoitdir.


      1. RESURSLAR TURLARI

    Ehtiyojlarning cheksizligi bilan resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir.

    Iqtisodiy resurslar — bu iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan moddiy va insoniy omillarning yaxlitligidir.

    Iqtisodiy resurslarni uch toifaga bo‘lish mumkin:



    1. Moddiy resurslar. Bularga tabiiy boyliklar, asbob-uskuna, mashina mexanizmi, bino-inshoat va har xil qurilmalar kiradi. Ular ishlab chiqarishning moddiy, buyumlashgan omilini tashkil qiladi

    2. Mehnat resurslari. Bularga mehnatga layoqatli aholi kiradi. Iqtisodiyot uchun resurs sifatida aholining faqat soni emas, balki uning bilimi, ish tajribasi va mehnat mahorati ahamiyatlidir.

    3. Ishbilarmonlik qobiliyati. Bu tadbirkorlarning ishning ko‘zini bilishi, ishlab chiqarish, tijorat, bank ishi va boshqa faoliyatni samarali boshqara olishi, tavakkalchiligi, zarar ko‘rishdan qo‘rqmasligidir.

    Resurslarning so‘nggi ikki turi ishlab chiqarishning shaxsiy insoniy omili hisoblanadi. Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo‘lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. Masalan, eski texnologiya sharoitida 10 so‘mlik mahsulot olish uchun 1 kVt elektr energiya sarf qilinsa, ilg‘or texnologiya sharoitida 0,5 kVt sarflanadi, demak, energo resurs birligi evaziga 2 barobar ko‘p mahsulot olinadi.

    Resurslarning kamyobligi umumiy hodisa. Bu ekiladigan yerlarning yer osti va yer usti boyliklarining, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan bo‘lishi, energiya resurslarining yetishmasligida ifoda etiladi.

    Iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish omillarining o‘zaro hamkorlikdagi harakati markaziy o‘rinni egallaydi.

    Ishlab chiqarish omillarining tasnifi.

    Ishlab chiqarish omillari — ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan va chiqarilayotgan mahsulotning miqdori ularga ma’lum darajada bog‘liq bo‘lgan omillardir. Ishlab chiqarish omillariga talab erkin bo‘lib, u ushbu omillar ishlab chiqarish jarayonida qatnashganlari tufayli mavjuddir. Demak, ishlab chiqarish jarayoni yo‘q bo‘lsa, bunday omillarga talab ham bo‘lmaydi.

    Iqtisodiyot fanidagi to‘rtta asosiy ishlab chiqarish omili bu — yer, mehnat, kapital, shuningdek, tadbirkorlik qobiliyatidir.




    Download 163,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish