Xusrav va Shirin



Download 35,8 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi35,8 Kb.
#915637
Bog'liq
Xusrav va Shirin dostonidagi o\'g\'uzcha elementlar




"Xusrav va Shirin" dostonidagi o'g'uzcha elementlar

Qutb Xorazmiy (14-asr, Xorazm - ?) — shoir, tarjimon. Hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi yagona manba uning «Xusrav va Shirin» dostonidir. Qutb Xorazmiyning ijodiy kamolot yillari Xorazmning Oltin O‘rda davlatiga qaram bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladi. Dostonini Sig‘noq shahrida yozgan (1330—40). Faqirlikda yashagan Qutb Xorazmiy «Xusrav va Shirin»dek ko‘p vaqt va mashaqqatni talab qiladigan katta hajmli asarni yozish uchun moddiy yordam so‘rab, Oltin O‘rda xoni Muhammad O‘zbekxonning (1312—40) Oq O‘rdadagi noibi bo‘lmish shahzoda Tinibek huzuriga borgan. Tinibek va uning davlat ishlarida faol ko‘makchisi bo‘lgan xotini Qutb Xorazmiyni iliq kutib olib, uning ijod qilishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berganlar. Shoir o‘z asarida malikani «har ishni tarozida o‘lchab, zehn bilan fikr yurituvchi oqila, komila» ayol sifatida madh etib, uning davlat ishlaridagi faol ishtirokini ko‘rsatgan.
«Xusrav va Shirin» Nizomiy Ganjaviy qalamiga mansub shu nomdagi dostonning erkin tarjimasidir. Ayrim sabablarga ko‘ra, bu asar o‘z davrida keng tarqalmay, shuhrat qozonmagan. Doston amir Qutlu Xo‘janing tavsiyasi bilan 1383—84 yillarda Misrda Berka Faqih ibni Barokaz Edgu Qipchoqiy tomonidan ko‘chirilgan. Bu qo‘lyozma 1914 yilda Parij Milliy kutubxonasidan (inv. 312) topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan va sharqshunoslar o‘rtasida shuhrat topgan. 1940 yilda Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazish qo‘mitasi tomonidan uning fotonusxasi olinib, Hodi Zarif tomonidan nashrga tayyorlangan. Doston 91 bobdan iborat. Nizomiy dostoni esa 100 bobdan iborat bo‘lib, 6 mingdan ziyodroq baytni o‘z ichiga oladi. Tarjimon asliyat mazmunini, asar syujetini saqlab qolish bilan birga, uni ancha erkin tarjima qilgan. Jumladan, asar muqaddimasiga «Shahzoda Tinibekxon madhi», «Malika marhuma Xonmalik madhi», «Kitob nazm qilmoqqa sabab bayonin ayur» boblarini qo‘shgan. Ayni paytda, dostonning umumiy mazmuniga aloqasiz hisoblaganidan bo‘lsa kerak, bir qator boblarni qisqartirgan, ayrim boblarni ixchamlashtirib, bir-biriga qo‘shib yuborgan. Shuningdek, Nizomiy dostonidagi 12-asr Ozarbayjon hayotiga oid ayrim lavhalarni tushirib qoldirgan, qisqartirgan va tahrir qilgan, ularning o‘rniga Oltin O‘rda hayotiga doir voqealarni kiritgan, turli xil urf-odatlar tasvirini berib, dostonni o‘z davriga yaqinlashtirgan, unga o‘zbek xalq maqollari va ta’birlarini kiritgan.
Qutb Xorazmiy Nizomiy dostoni asosida o‘zbekcha doston yaratish va uning vositasida o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini namoyish qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va u buni muvaffaqiyat bilan uddalagan. Bu tarjima o‘sha davr o‘zbek tilini o‘rganish uchun muhim manba bo‘libgina qolmay, o‘zbek tili va adabiyotining taraqqiyotida ham katta rol o‘ynagan.
Qutb Xorazmiy tarjimasidagi «Xusrav va Shirin» o‘zbek adabiyotida masnaviyning «Qutadg‘u bilig» va «Hibat ul-haqoyiq» dan keyingi nodir namunasidir. U dostonni o‘z vaznida — hazaji musammani maqsur (mahfuz)da tarjima qilgan. «Xusrav va Shirin» o‘zbek epik she’riyati taraqqiyotida ham, badiiy tarjima rivojida ham alohida o‘rin tutadi.
Ergash Ochilov. 


«XUSRAV VA SHIRIN» DOSTONIDAN

Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur

Necha yil bo‘ldi jonim sukor erdi.
Ko‘ngulda ushbu andisha bor erdi.

Netak shoh tobg‘inga bir borg‘aman teb,
Bu ko‘nglum qazg‘usini torg‘aman teb.

Ko‘rub ko‘nglumkim asru rag‘batim bor,
Buyurdikim qatig‘lon emdi, e yor.

Ravon, ey Qutb, tarkin kech bo‘lur bil,
Ne bilgaylar seni so‘zlatmasang til.

Nizomiy nazmi yanglig‘ tuz so‘zungni,
Anin bilgut xoningg‘a bu o‘zungni.

Xonim birla malika otinga bir
Kitobe qilg‘ug‘a qil, tedi tadbir.

Bo‘yum shahringa ko‘nglum erdi sulton,
Jonim andin qabul qildi bu farmon.

Ko‘ngul farmonini jon birla tuttum,
Azin soqinchni bir yo‘li unuttum.

Qazontek qaynab ush savdo pishurdum,
Nizomiy bolidin halvo pishurdum.

Xonim otinga ushbu porsi tilni,
Chevurdum, tuzdum, ush nazm uzra qilni.

Chiqordim xush yizig‘liq suv bu ko‘ldin,
Ko‘ngullar qonsu teb bu sofiy suvdin.

Qilib xon davlati bu qulg‘a yoriy,
Ketordi tangri tab’imnung g‘ubori.

Tuzub til bulbuli bu nazm uza soz,
Bu parda ichra kelturdum xushovoz.

Murodim erdi ulkim, bu qabug‘da,
Kelib yo‘l tobsaman teb bu tabug‘da.

Safar ranjin ko‘rum o‘zum qoch ayyom,
Tabug‘qa yettim emdi ush saranjom.

Nechakim keldim ersa man valekin,
Tugal keldim, tugallik yaxshi ush chin.

Ne xush aydi (kim) ul bir pir komil,
Yetizgil necha kech kelsang, ey oqil.

Bu kelmaklikda maqsud erdi bukim,
Yeturgay haq tiyu munda tilakim.

Bihamdilloh tilakka haq yeturdi,
Tilak ilgi o‘minj yosini qurdi.

Bu ko‘nglumnung qushikim, tobti xush bog‘,
Kerak bulbul o‘qub, ursun kerak zog‘.

Yana ko‘nglum, so‘z oro qildi ovoz,
Kim, ey bulbul, ochildi gul, kelib yoz.

Jahon bo‘stoni qayda bo‘ldi xurram,
Bor ersa ishqing emdi so‘zla san ham.

Ush andin bu oshiqlarning so‘zini,
Tuzub muntek bezadim so‘z yuzini.

Kishiningkim ko‘ngulda ishqi bo‘lsa,
Netong bulbul mengizlik ul zori qilsa.

Falak mihrobi ishq ermish xush ongla,
Oshiqlarning so‘zin ishq birla tingla.

Kishikim oshiq ermaz joni yo‘q bil,
Ulukni bormu ter ojunda oqil?

Agar it ko‘nglinga haq ishqi kirsa,
Kelur ul tilga ketmaz ursa, sursa.

Agar bo‘lmasa oshiq charxi bazrom,
Ne sargardon yurir, qilg‘a erdi orom.

Oshiq bo‘lmasa ushbu yetti qat yer,
Nedin muncha xaloyiq zaxmini yer?

Tengizlar oshiq ermaz ersa bir so‘r,
Nedin qaynar, ne g‘urrushlar qilur ko‘r?

Qayuningkim bir olam ichra ko‘rdum,
Nedin muntek tiyu aqlimg‘a so‘rdum.

Ayur: ishq birla tirik ushbu olam,
Agar ishq bo‘lmasa bo‘lmaz erdi odam.

Jonim ishqdin farah tobti esa bildim,
Ko‘ngul berdim, yeringa ishq oldim.

Bu ishqim birla boshlab dostonni,
Salo teb ishqqa undadim jahonni.


Xusrav-Shirin hikoyatining avvali

Munungtek aymish ul bir piri oqil,
Kim ul ermish qamug‘ nav’ ichra komil.

Tutuldi ersa Nushervonning oyi,
Qo‘nub Hurmiz uza davlat humoyi.

Ato taxtin bilib ul dod qildi,
Adl birla jahon obod qildi.

Tutar erdi atosining to‘rosin,
Aning rasmincha folin ham yo‘rosin.

Ukush qurbon qilib, ul shoh o‘g‘ondin,
Tiladi bir o‘g‘il yigrak bu jondin.

Izi dargohinga qildisa zori,
O‘g‘ul berdi anga gavhardin ori.

Ug‘anning baxshishi daryosidin dur,
Aning sham’inga bermish fazlidin nur.

Muborak tolei davlat makoni,
Yuzunda belguluk shohliq nishoni.

Yetiz xusravliqin ko‘rdi atosi,
Ush ondin o‘tru Parviz bo‘ldi oti.

Zarifluq ichra komil erdi zoti,
Bu yo‘ldin o‘tru Xusrav Parviz, bo‘ldi oti

Yangoqi kun mengiz, ko‘z boqsa bo‘lmas,
Yuzin ko‘rgan ko‘ngilda qazg‘u qolmaz.

Ani shoh tabug‘inga ketrurlar erdi,
El elga gul mengiz ko‘trurlar erdi.

Harirga chulg‘atilmish kin yiportek.
Tamom durr donani kezlab tutortek.

Netakkim chiqti beshikdin jahonqa.
Sevukluk urg‘un ekti barcha jonqa.

Yil oshmishcha izi orturdi davlat,
Bilik ta’lim olib o‘grandi izzat.

Tamom besh yoshg‘a yetti ersa onglab,
Ko‘rub ko‘b nongin ibrat oldi tonglab.

Qachon kim olti yoshqa yetti ul shoh,
Qamug‘ yo‘llarni anglab, bo‘ldi ogoh.

Yeti yoshqa yetib ul sarvi qomat
Gul uzra mushk sochmoq qildi odat.

Aningtek ko‘rki bo‘ldi elda mashhur,
Yuzin ko‘rgan bu Yusuf teyu saqnur.

Atosi qildi bir ustod tartib,
Aning ro‘zgori zoyi’ kechmasun teb.

Bu so‘z aymishda so‘ng kechti bir ancha,
Hunarlik bo‘ldi Xusrav o‘z holincha.

Bilik, so‘z ichra andog‘ bo‘ldi fozil,
Maoni bahrinda bir durri komil.

Fasihikim ravon so‘z so‘zlar erdi,
So‘zin andin uyolib kezlar erdi.

Biliklik ham ko‘rishi yinchka qiltek,
So‘z ichra qil yorar erdi o‘shul bek.

To‘quz yoshinda so‘ng o‘yunni soldi,
Bahodirluq qilichin ilka oldi..

Yetib o‘n yoshqa kish bog‘landi belga,
Ukush dushman boshini berdi yelga.

Aning xavfindin arslon titrar erdi,
Qilichindin yog‘iylar qo‘rqar erdi.

Sheshar erdi o‘qi qildin tugunni,
So‘ngi birla yozar erdi bu kunni.

Agar dushmanqa kezlab bir o‘q otsa,
Qayu qalqon tuzarkim qarshi tutsa.

Kishi kim o‘n yo bircha tortsa oson,
Aning yosin ko‘turmaz erdi yerdan.

Kamandindin qutulmaz erdi dushman,
Yorar erdi o‘ti kim tesa to‘shman.

Nogoh bir yildirimtek gukrar ersa,
Sungusin toshdin o‘trur erdi ursa.

Tamomkim umri o‘n to‘rt yoshqa yetti,
Bilik semurg‘i tan Qofini tutti.

Nazar kezlanchi justluqlarg‘a qildi,
Ne ezgu, ne yomon borchani bildi.

Bor erdi bir Buzurg Ummid otlig‘,
Ulug‘ bilga, yuzi suvlug‘, uyotlig‘.

Bo‘lub kezlanchi rozlarni bilib chin,
Falak ganjlarining tobmish kilidin.

Ozoqi yer yuzini barcha kezmish,
Falak aning ishin royincha tuzmish.

Ani xilvatqa undab shohzoda,
Kelib ruh yerga qo‘ydi shoh piyoda.

Ilm daryosidin izlab javohir,
Topub, tutti etagin, bo‘ldi shokir.

Bilib ta’lim olib, ko‘nglin yorutti,
Ukush hikmat bilib, qursoqda tutti.

Qamug‘ nav’ ichra ul shahzoda cholok —
Bo‘lub moh angladi barcha sirri aflok.

Bu oz umrinda ul bir durri maknun,
Bu yanglig‘ ilm ichinda bo‘ldi zufnun.

Chiqib g‘aflatdin ogohliqqa tegdi,
Qamug‘ ardam uza shohliqqa tegdi.

Torildi ersa andin jahl susi,
Anga bilgurdi sirlar jaysusi.

Qamug‘din o‘zrub ul xizmat jahonin,
Kechurmaz erdi xizmatsiz zamonin.

Atosi sevdi jahonindin ortuq,
Jahon xud ne bo‘lg‘ay jonindin ortuq.

Aning yoshi uzun bo‘lsun teyu shoh,
Zulmdin yig‘di elni, qildi ogoh.

Chaqirtti bilsu teb rustovu shahri,
Tegar kuch qilg‘uchiqa shoh qahri.

Kishi kirmasu bog‘chilar bog‘ing‘a,
Tavar surmasunlar ham tarlog‘laring‘a.

Qayukim boqsa nomahram yuzinga,
Qiyqirtti voy teb aning ul yuzinga.

Siyosatni yuritgayman teyu shoh,
Bu so‘z uzra talim ont ichti nogoh.

Shoh o‘z adli uza turdisa doyim,
Jig‘oy boy birla nard o‘ynadi qoyim.

Xarobliq al ko‘tardi barcha yondin,
Zulm qamchisi ketti ersa aldin.
Shoir adabiy merosidan bizga faqatgina taniqli ozar shoiri N.Ganjaviyning “X.va Sh.”asari asosida vujudga kelgan “Xusrav va Shirin” dostonidir. Unda shoirning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy-ta’limiy, irfoniy-ilohiy qarashlari o’z ifodasini topgan. Shoir N.G. dostonini o’z. tiliga muvaffaqiyatli o’girish barobarida unga jiddiy yangiliklar kiritib ijodiy tarjimaning mumtoz namunasini yaratdi. Shoir haqida asardan ma’lum ma’lumotlar olishimiz mumkin. Dostondan anglashilishicha Xorazmda tug’ilgan. Muqaddimasiga ko’ra 14 asrning o’rtalarida yashab ijod etgan.
Q.Xorazmiy “X. va Sh.” dostonini Oltin O’rda poytaxti Sig’naq shahrida O’zbekxonning o’g’li Tanibek va uning xotini malika Xonmalikka bag’ishlab yozadi. Uning yaratilish sanasi turli manbalarda turlicha ko’rsatiladi.
Qutb “X.Sh.” dostonining hozircha yagona nusxasi mavjud. U Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Bu nusxa 1383-1384 ymllarda Qutlu Qo’janing tavsiyasi bilan kotib Barka Faqih ibni Barokaz Edg’u Qipchoqiy tomonidan Misrda ko’chirilgan. Doston 91 bobdan tashkil topgan. Shoir N.G. dostonini ancha ixchamlashtiradi. Doston an’anaviy hamd, na’t, munojot singari boblar bilan boshlanib, 5 bobni tashkil etadi. Keyin esa “Shahzoda Tanibekxon” madhi, “Malika marhuma Xonmalik madhi”, “Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur” boblaridan so’ng “X.va Sh. hikoyatining avvali” sarlavhasi bilan asosiy voqyealar tafsiloti boshlanadi.
Doston turli adabiy majmualar,, darsliklardan o’rin olgan. Ilk bor 1948 yil N.G.ning 800 yilligiga bag’ishlab Toshkentda nashr etilgan “Guldasta” to’plamida dostondan parchalar e’lon qilindi. Dostonni nashr etish va ilmiy o’rganishda polyak olimi Zayongkovskiy, sharqshunos olimlardan Bertels, Begdele, X.Zarif, N.Davron, N.Mallayev, A.Tohirjonov va boshqa olimlarning hissalari katta.
Sharq xalqlari adabiyotida X.va Sh. nomi bilan bog’liq qissa uzoq tarixga ega sayyor syujetlardan sanaladi. Bu mavzu Qutbgacha ham qayta-qayta ishlangan. Dastlab voqyealar tizmasi Firdavsiy “Shohnoma”sida “Xusrav hikoyati” tarzida uchrasa, keyinchalik xamsanavislar tomonidan pishiq ishlandi. Ba’zi olimlar bu asarni tarjima ekanligini qayd etishdan cho’chiydilar. Chunki asar muqaddimasida:
Qozondek qaynab ush savdo pishurdum,
Nizomiy bolidin halvo pishurdum.
deydi shoir.
Dostoning yana bir markaziy masalalaridan biri ishq talqinidir.
Agar it ko’ngliga Haq ishqi kirsa,
Kelur ul tilga ketmaz ursa, sursa.
Oshiq bo’lmasa ushbu yetti qat yer,
Nedin muncha xaloyiq zaxmini yer.
Abu Muhammad Ilyos binni Yusuf Nizomiy hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. Uning hayoti haqida juda kam ma’lumot qolgan. Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko‘p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, ximiya, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan. Nizomiy Ofoq nomli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalagan, dostonlarida o‘z o‘g‘liga nasihatlar qilgan.
Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo‘lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta’sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanul-asror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Aaisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an’anasini davom ettirganlar. «Xusrav va Shirin» dostonini 1341 yilda Qutb, «Xaft paykar» asarini Ogahiy tarjima qilgan. Navoiydan tortib barcha o‘zbek shoirlari Nizomiyni ustoz deb bilishgan.
Asarlari: «Xamsa» («Panj ganj» («Besh xazina»), 1173 – 1201 yillar orasida yozilgan. Unda quyidagi dostonlar bor: 1. «Mahzanul asror» («Sirlar xazinasi», 1173 – 1179 yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab yozilgan), 2. «Xusrav va Shirin» (1180-1181, bu doston Iroq hukmdori To‘g‘rul II ning iltimosiga ko‘ra yozilgan bo‘lib, muhabbat va qahramonlikni ifodalaydi), 3. «Layli va Majnun» (1188, unga 118 ta nazira bitilgan. Bu asar Shirvonshohlardan Axsatan 1 buyrug‘iga ko‘ra yozilgan), 4.«Xaft paykar» («Yetti go‘zal», bu asar 1196 yilda Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan yuzaga kelgan. «Haft paykar» Bahrom va Fitna sarguzashtlariga bag‘ishlangan asar bo‘lib, doston voqealariga bog‘lanmaydigan besh hikoya berilgan. Nizomiyning bu dostonidagi daraxt shoxiga osib qo‘yilgan it hikoyasida Bahromshoh xiyonatkorlikdan, adolatsizlik kuchayayotganidan ogohlantiriladi. Asar so‘nggida Bahrom ov izidan g‘orga kirib ketib qaytib chiqmaydi), 5. «Iskandarnoma» (1196-1201, bu doston 2 qismdan iborat: a) Sharafnoma b) Iqbolnoma).
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Hliirin” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs l)o‘lib, milodiy 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o ‘z o‘g ‘li Hheruyaning buyrug'i bilan o‘ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi Shiringa bo‘lgan muhabbati ko'pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Xususan, Alisher Navoiyning o‘zi ham “Tarixi muluki A jam ” asarining Sosoniylar tarixiga bag'ishlangan qismida Xusrav Parvez haqida ma’lumot beradi. Hndiiy adabiyotda Xusrav va Shirin muhabbati haqida birinchi bo*lib Firdavsiy o‘zining “Shohnoma” dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni 1340-yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun aw a lg i dostonlarda ikkinchi darajali timsol tarzida talqin qilingan Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Farhodning bosh qahramon qilib ollnishi adabiyotda ilk bor X IV asrda Ozarbayjonda yashab faoliyat yuritgan Orif Ardabiliyning “Farhodnoma” (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni bilan boshlanadi. Lekin unda taHvirlangan voqealar Navoiy dostonidan butunlay farq qiladi. 101 Ardabiliy dostoni ikki qismdan iborat bo‘lib, har bir qism mustaqil tarzda rivojlanuvchi voqealar tizimiga ega. Birinchi qism “Farhod va Guliston” deb ataladi. Ushbu qismda Nizomiy va Dehlaviyda mavjud bo‘lmagan Farhod tarixi tasvirlanadi: Xitoy xoqonining o‘g ‘li Farhod o‘z do‘sti, rassom Shopurning qo'lida tosh yo'nuvchi ustaning qizi Gulistonning suratini ko‘rib qolib, uni izlab Abxaziyaga ketadi, Xitoy taxtini esa uning amakisi egallaydi. Farhod Abxaziyada Gulistonni uchratadi va uni sevib qoladi, lekin Gulistonning otasi o‘z qizini faqat toshyo‘nar ustaga berishini aytadi. Farhod tosh yo'nish hunarini o‘rganadi va bu sohada o‘z mahoratini namoyish qilib, Gulistonga uylanadi. To‘yga Abxaziya malikasi Mehinbonu va uning go‘zal jiyani Shirin ham tashrif buyuradilar. Shirinning go'zalligi Eron hukmdori Xusravning qulog‘iga yetib boradi va u Shiringa oshiq bo'ladi. Farzand ko‘rish arafasida Guliston vafot etadi va Farhod uning qabri ustiga kichik ibodatxona qurdiradi. Dostonning ikkinchi qismi “Farhod va Shirin” deb ataladi. Voqealar rivoji Nizomiy dostonidan keskin farq qiladi: Shirin Farhodga ko‘ngil qo‘yadi va Xusravning uning ko'nglini olish bilan bog‘liq urinishlari hech qanday natija bermaydi. Farhod Shirin uchun Besutun tog'ida sut arig'in i barpo etadi. Bir vaqtlar Gulistonga oshiq bo'lgan va Farhod tomonidan rashk tufayli o‘ldirilgan rumlik yigitning onasi Farhodni zaharlaydi va Farhod vafot etadi. Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida bu mavzuda qalam tebratgan ijodkorlar sifatida Nizomiy, Dehlaviy, A shraf Marog‘iylarni eslab o‘tar ekan, yana bir noma’lum ijodkorga ham ishora qilib o'tadi: Yana bo 'lg 'on ekan bu noma marqum , Vale roqirn emastur yaxshi m a ’lum . Adabiyotshunoslikda ushbu noma’lum ijodkor aynan Orif Ardabiliy bo‘lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Farhod obrazining ildizlari xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. 0 ‘z asarining manbalarini xalq og‘zaki ijodidan olgan Firdavsiy “Shohnoma”sida Farhod pahlavon (Afrosiyobning jangovar sipohsolori) sifatida tilga olingan. Bu obraz N izomiyning “Xusrav va Shirin” dostonida epik planda talqin etila boshladi. Nizomiyning dostonidagi Farhod xalq orasidan 102 cliiqqim toshyo‘nar usta. U oqil va insonparvar, g ‘oyat savodli v« pahlavon. Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rol o'yimmasa-da, muallifning yetakchi g ‘oyasini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusniv" dostonida esa Farhod oliynasab shahzoda, taqdirga tan iHTiivchi baxtsiz oshiq sifatida tasvirlanadi. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o‘z ichiga oladi. DoHton an’anaviy hamd - Allohning maqtovi bilan boshlanadi. DoHtonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda Alisher Navoiy Yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamIfn olmoqchi bo‘lgan g ‘oyaviy niyati haqida so‘z yuritar ekan, birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi: B ihamdik fathu abvob ul-maoniy, Na s ib et ko 'ng lum a fath o'lm ak oni. Ya ’ni: M a ’nolar eshiklarining ochilishi sen ing m aqtoving hllun va ko'nglum ga ularni zabt etishni nasib qil. Keyingi baytlarda Navoiy ma’nolar xazinasi qulfiga qo‘lining kalit bo'lishini, shu vosita bilan barcha umidlariga yetishishni Uliiydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olam ahlini bahramand umid qiladi. Ikkinchi hamdda shoir yozishga kirishayotgani “Farhod va Shirin” dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlaming muxtasar tuvHifini beradi, “dard bog‘i” deb ta’riflangan ishq bilan aloqador luircha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir Xoliq maqtoviga kiriHhar ekan, eng awalo, u inson ko‘nglini ishq gulshani, bu gul Hlwmda esa ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi: Ki inson ko 'ng lin etti gulshani ishq, Bu gulshanning harim in maxzani ishq
Download 35,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish