Xususiy mulk tushunchasi va mazmuni Ashyoviy huquqlar



Download 35,9 Kb.
Sana10.12.2022
Hajmi35,9 Kb.
#882832
Bog'liq
MULK HUQUQI


MULK HUQUQI

REJA;


  1. Xususiy mulk tushunchasi va mazmuni

  2. Ashyoviy huquqlar

  3. Mulk huquqi : vujudga kelish va bekor bo’lish


Mamlakatimizda bozor munosabatlari qaror topganidan so‘ng hayotimizda bir qator yangi fuqarolik-huquqiy munosabatlar vujudga keldiki, bu holat ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, erkiniqtisodiy munosabatlar amal qilishini ta’minladi. Bu esa, o‘z navbatida, mulkiy munosabatlar tizimida bir qator yangi qoidalar vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, bozor munosabatlari qonuniyatlari hisoblangan talab va taklif, raqobat qonuniyatlari bilan hamohang bo‘lgan mulk shakllarining tengligi, mulkning daxlsizligi, har kimning mulkdor bo‘lishga haqliligi, mulkdorning o‘z mulkidan o'z xohish va manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi kabi tamoyillarning huquqiy jihatdan kafolatlanganligi xususiy mulkchilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berdi. Jamiyatning iqtisodiy negizi - mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy ma’noga ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o‘ziga xos tarzda «taqdim etilgan» boyliklar har doim mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki bo’lmasligiga qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, aniqrog‘i ijtimoiy-iqtisodiy maqomi vujudga keladi. Mulkchilik munosabatlari-jamiyatdagi boyliklarni o‘zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik — birinchidan, insonning boyligi bo‘lmish ashyo, buyum yoki boshqa narsaga nisbatan egalik his-tuyg‘usi bilan bog‘liq munosabat, ikkinchidan, ana shu boylik, ne’mat xususida kishilar o‘rtasida vujudga kelgan munosabatdir. Kishilar buyumlarni, ne’matlarni o‘ziniki qilib olgandagina o‘zlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o‘zganiki bo‘lgan ne’matlarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Mulk sohibi o‘z mulkiga mustaqil tayanib ish ko‘radi. Mulksiz o‘zganing mulkini ijaraga oluvchi yoki mulkdorga yollanib ishlovchi shaxs mustaqil emas. Ne’matlar ikki yo‘sinda: ishlab chiqarish resurslari, ya’ni vositalari va ishlab chiqarish natijalari sifatida o‘zlashtiriladi. Mulkchilik bu — mas’uliyat bilan manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdoming iqtisodiy manfaati uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti- harakat, fe’l-atvorini iqtisodiy motivasiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik munosabatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Shaxsni mulkdan begonalashuviga asoslangan ijtimoiy alohida imtiyozli mavqega barham berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi mustahkamlab qo‘yildi. Tabiat boyliklari va kislii mehnati natijalari shaxslar tomonidan ayrim-ayrim holda o‘zlashtirilmay, balki birgalashib va o‘zaro hamkorlik bilan o‘zlashtiriladi. Binobarin, mulk tabiat narsalarini o‘zlashtirishda kishilar va ularning jamoalari o‘rtasida bo‘lgan munosabatni, ya’ni ijtimoiy munosabatni, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini bildiradi. Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘lishicha, mulk ishlab chiqarishning zarur sharti va ishlab chiqarilgan boyliklarning o‘zlashtirilishi natijasi hisoblanadi. Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarnif etish sohasida bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ham ta’riflanishi mumkin. Yuridik ma’nodagi «mulk» tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib shuni aytish kerakki, shaxslar tomonidan tabiat boyliklarini, ashyolarini o‘zlashtirishda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi-yuridik ma’nodagi «mulk» tushunchasida qo‘llaniladi. Bu ma’nodagi mulk mulk huquqi sifatida ko‘riladi. Mulk huquqi ikkiga obyektiv va subyektiv ma’nodagi mulk huquqiga bo’linadi. Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi, deganda tabiat ashyolarini ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash, tarlibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi nazarda tutiladi. Jumladan, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq normalari hisoblanadi. Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni huquq subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini ko‘zlab egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk huquqini har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk huquqining mazmunini taslikil etadigan elementlar mulk egasiga qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi.O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida belgilanishicha, mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu ma’noda mulkdor o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda o‘z xohisliiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdorning o‘z xohishi deganda, uning o‘z erki, irodasi bilan o‘zining manfaatlarini ko‘zlab, birovning (uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, zo‘rlashsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda zo‘rlik, tazyiq ko‘rsatilgan bo‘lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasini erkin amalga oshirishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdorning o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim. Mulkdor mulkiy huquqini o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishda uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o‘ziga, yaqinlariga yoki boshqalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga yetmagan farzandi nomiga bankka omonat pul mablag‘i qo‘yganda ham, garchi bunda uchinchi shaxsning manfaati ko‘zlaganday bo‘lsa ham, aslida mulkdorning harakati zamirida ota-ona sifatidagi burchi yotadi. Mulkdorning o‘zi xohishiga ko‘ra yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilishi, umumiy qoida bo‘yicha bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element — mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat. Mulkni egallash huquqi mulkni qo‘lda yoki unga nisbatan o‘z huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlabturishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o‘z qo‘lida yoki o‘z erki-irodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, mulk egasiga tegishli bo‘ladi. Ya’ni, mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, mulk shartnoma bo‘yicha ijaraga qo‘yilishida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonat qo‘yilishida yoki ma’muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga o‘tkazilishida egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham bo‘lishi mumkin. Mulkni qonun talablariga muvofiq qo‘lda saqlab turishga qonuniy egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo‘lmay turib birovlarga qarashli mulkni egallash, masalan, birovning o‘g‘irlatgan yoki yo‘qotgan mulkini qo‘lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi. Mulkdan foydalanish huquqi — mulkning foydali xususiyatlarini o‘zlashtirish, mulkdan iqtisodiy ma’noda foydalanishdir. Mulkdan qonunga muvofiq ravishda foydalanuvchi shaxs shu mulkdan foy- dalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkdan foydalanish huquqi shu mulkni egallash huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mulkni egallamay, qo‘lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo‘lmaydi. Mulkdan ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda foydalanishda bu mulk butunlay iste’mol qilinadi yoki birmuncha vaqt davomida asta-sekin eskiradi. Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma bilan belgilangan asoslar bo‘lmay turib foydalanilsa, bunda foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan mulkdan foydalanish. Mulkni tasarruf etish huquqi mulkning yuridik taqdirini belgilash, ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo‘ladigan huquqiymunosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan huquqdir. Mulk egasi tasarruf etish huquqiga binoan rnulk yuzasidan xilma-xil bitimlar, shartnoinalar, jumladan, ashyoni sotish, hadya qilish, ijaraga qo‘yish to‘g‘risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo butunlay keraksiz bolib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi, o‘zidan biron-bir usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu huquq mulkdorga o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan, mol-mulkdan garov narsasi sifatida foydalanishi yoki unga boshqacha yo‘llar bilan vazifa yuklash, uni begonalashtirish yoki mol-mulkni boshqacha usul bilan tasarrufetishga imkon beradi. Bu huquqning qo‘ldan ketishi bilan mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqi ham qo‘ldan ketadi. Masalan, mulkni omonatga qo‘yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga qo‘yishda ashyoni egallash va undan foydalanish huquqi birovga o‘tsa, ashyoning sotilishi yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har uch elementi egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa shaxsga o‘tadi. Ayrim hollarda, jumladan, mulkni yo‘qotish, o‘g‘irlatish hollarida mulk egasi o‘z mulkini egallash, foydalanish va uni tasarruf etish imkonlyatidan mahrum bo‘lsa ham, egalik huquqini qonunda belgilangan hollarda va muddatlarda o‘zi saqlab turadi. Fuqaroga tegishli mulk o‘g‘irlatilganida uning kimning qo‘lida bo‘lishi aniqlanganidan so‘ng qonun bilan belgilangan uch yillik da’vo muddati davomida talab qilib olinishi mumkin. Aks holda mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqi yo‘qoladi. Mulk egalari o‘zlariga tegishli mulk huquqidan g‘ayriqonuniy maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mulkdor huquqlarining, vakolatlarining chegarasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga asosan mulkdor o‘z huquqlarini amalga oshirishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Bu konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin qilingan. Ushbu moddaga asosan mulk huquqini amalga oshirish shartlari quyidagilardan iborat:
1. Mulkdoming o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart;
2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yishga majbur (masalan, ko‘chmas mulk — yer uchastkasi egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan zarur hollarda, boshqa yer uchastkalarining egalaridan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqli. Odatda, servitut piyodalar va transport yo‘li, elektr, aloqa, gaz yoki suv quvurlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer egasini mulk huquqidan also mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi bilan yer uchastkasi egasi o‘rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko‘chmas mulkka oid bitimlar kabi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Servitut belgilangan uchastkaning egasiagar qonunda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, servitut kimning foydasini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir (FKning 173-moddasi);
3. Mulkdor o‘zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas;
4. Mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganda fuqarolaming sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish choralarini ko‘rishga majbur.
Mulk huquqining mazmunida nafaqat mulkdorning huquqlari, balki mol-mulkni saqlab turish burchi ham yotadi. FKning 174-moddasiga asosan, o‘ziga qarashli mol-mulkni saqlash, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mulk egasining zimmasida bo‘ladi. Agar mulkdor bu majburiyatni bajarmasa, ba’zi hollarda uning mulkiy huquqlari chegaralab qo‘yilishi yoki mol- mulk undan olib qo‘yilishi haqida da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari deganda, mulk huquqining olinishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o‘z ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga boiinadi. Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar bo‘yicha mulkka nisbatan egalik huquqi ilgari hech kimga tegishli bo’lmagan mulkka nisbatan yoki avvalgi mulk egasining huquqi bilan Bog’liq boimagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi:
— birinchidan, tabiat ne’matlarini o‘zlashtirish;
— ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
— uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga
olinishi;
— to‘rtinchidan, egasi boimagan mulkka yoki egasi boisa ham
xo‘jaliksiz bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilanganmuddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan, topilgan ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hollarida yuz beradi. Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat o‘ziga xosdir. Mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya’ni to‘la ma’noda mulkdor huquqlariga ega bo’lmadi (FKning 187-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi qarorida belgilanishicha, ushbu 187-moddaning qoidalari mulkka egalik qilish 1997-yilning 1-martiga (ya’ni, yangi FK amalga kiritilgunga) qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi. Demak, ushbu holati bo‘yicha FK normasi orqaga qaytish kuchiga ega bo‘ladi. Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridan yana biri hamma yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan ashyolarni mulkka aylantirishdir. FKning 189-moddasida ko‘rsatilishicha, qonun hujjatlarida yovvoyi mevalar, yong‘oq, zamburug‘lar, rezavor mevalar hamda o‘simlik, hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo‘lgan boshqa obyektlarini yig‘ish yo‘li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi va shartlari belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk huquqi o‘rmonlardan qo‘ziqorin, mevalar terish, dashtu tog‘lardan dorivor giyohlar to‘plash, daryo va ko’llardan baliq ovlash orqali vujudga kelishi mumkin. Biroq ma’lumki, ushbu mulk obyektlari o‘sgan mavjud hudud xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli bo’lmasligi lozim. Mulk obyektlarining ba’zilarini ovlash uchun vakolatli davlat organida ruxsat (litsenziya) olingan boMishi talab etiladi. Ayni vaqtda baliq va boshqa jonivorlarni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina yo‘l qo‘yiladi, aks holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib qo‘yilishi va ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo’llanilishi mumkin. Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga keladi. Egasi boMmagan yoki egasi nomaMum ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz ko‘char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qoMga kiritilishi mumkin. Bunday ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi arizasiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatiga oluvchiorganda hisobga olinib, uch yil o‘tgach tegishli davlat organi talabi asosida sud tomonidan davlatga o‘tkazilishi mumkin. FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlarning vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha, yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo lgan o‘zga ma’lum shaxslardan birortasini darhol habardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo‘lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo‘lmish shaxsga topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomaMum bo‘lsa yoki uning manzili bo‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida militsiyaga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishi shart. FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qo‘lga kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o‘tadi). FKning 196-moddasida xazinaga nisbatan mulk huquqini vujudga kelishi xususiyatlari belgilab qo‘yilgan. Xazina deb egasini aniqlash mumkin boMmagan yoki u qonunga binoan huquqlarini yo‘qotgan, yerga ko‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki qimmatbaho buyumlarga aytiladi. Yashirib qo‘yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo‘lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs mulkiga agar ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, teng ulushlarda tegishli bo‘ladi. Xazina u yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa ntol-mulk egasining mulkdorining roziligisiz qazish ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi shart. Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat ixtiyoriga o‘tadi. Biroq xazina topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli. Xazina topish uchun qazish va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslar (masalan, arxeologlar, geologlar) ga nisbatan yuqoridagi qoidalar qo‘llanilamaydi (FKning 196-moddasi, 5-bandi). Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi hosila usuli deganda muayyan shaxs tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki mulk egasining huquqiga bogMiq bo‘lgan usul nazarda tutiladi. Bu usulda mulk huquqining ma’lum ashyoga nisbatan paydo boMishi yoki bu ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari ma’lum shaxsga tegishli bo’lishi bilan bogMiqdir. Shu ma’noda mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi haqida so‘z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo‘yicha mulk huquqi vujudga kelganda bu mulkka nisbatan boMgan huquqni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga ko‘chirilishi to‘g‘risida so‘z boradi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi yoMi bilan o‘zlariga tegishli ashyoga nisbatan egalik huquqi bir shaxsda, ya’ni sotib oluvchida paydo boMadi. Mulk huquqining hosila usulida vujudga kelishiga misol qilib oldi sotdi, hadya, ayirboshlash, qarz shartnomalari, shuningdek, qonun va vasiyat bo‘yicha meros olish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali olinishini ko‘rsatsa boMadi. Fuqarolik kodeksining 185-moddasida ko‘rsatilganidek, shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boMmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ashyoni birovga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim boMsa, egalik huquqi bunday shartnoma notarial guvohlantirilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytidan e’tiboran vujudga keladi.Qonunda uy-joy (kvartira) ga mulk huquqining vujudga kelishi belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida ko‘rilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga kelishi belgilangan. Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko‘rilayotgan uy-joy qurilish tamom boMguncha va ro‘yxatdan o‘tkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Davlatga qarashli uy-joy (kvartira) ga mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom toMab boMgandan keyin vujudga keladi (FKning 210-moddasi). Ba’zi ashyolarga nisbatan esa egalik huquqi ashyo topshirilishidan so‘ng yoki ashyoning qiymati to’la yoki qisman toMangandan so‘ng vujudga kelishi belgilanishi mumkin.
Download 35,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish