Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar



Download 167,69 Kb.
bet16/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

Isroil – Falastin masalasi. 1991-yil 30-oktabrda Madridda Yaqin Sharqda tinchlikni o’rnatish bo’yicha Isroil, unga qarama-qarshi turgan arab davlatlari, shuningdek, Falastin delegatlari qatnashgan xalqaro konferensiya ish boshladi. AQSH va SSSR unda tinchlantirish jarayonining qo’shma vakillari sifatida ishtirok etdi. Konferensiya ishtirokchilari tinchlikni tartibga solishning asoslari sifatida “tinchlik yo’liga solinadigan yerlar” prinsipning qabul qilinishi haqida kelishib olishga muvaffaq bo’lishdi55.

1993-yil 3-sentabrda Isroil va FOT Falastinliklarning jiddiy yon berishi bo’lgan o’zaro tan olish haqidagi bitimni imzolashdi. 8-sentabrda Vashingtonda Isroil va FOT o’rtasida Isroil tomonidan ham yon berish holati sifatida G’azo sektori va Ierixon shahridagi Falastin muvaqqat o’z-o’zini boshqarish tashkilotining prinsiplari haqidagi deklaratsiya imzolandi. 1995-yil 28-sentabrda arab aholisi istiqomat qiluvchi oltita shahardan Isroil qo’shinlarining chiqarilishi, ularda Falastin ma’muriyati saylovlarining o’tkazilishi va Falastin politsiya kuchlarining shakllantirilishini ifoda etgan Isroil – Falastin o’rtasidagi muvaqqat bitim imzolandi56. Isroilda 1999-yil 17-mayda tashkil etilgan saylovlarda Falastin avtonomiyasining tashkil etilishi bilan bog’liq masalalar borasida qat’iy siyosat tarafdori B. Netanyaxu mag’lubiyatga uchradi va “tinchlikparvarlik” strategiyasining tarafdori Exud Barak bosh vazir etib saylandi. U arablarga jiddiy yon berishlar yo’lidan bordi.

1999-2000-yilda bir necha bor uzilgan bo’lsa-da, muzokaralar davom ettirildi. E. Barak va Y. Arofat o’rtasidagi Ierusalimning maqomi bo’yicha navbatdagi kelishuv 2000-yil yozida Kemp-Deviddagi uchrashuvlarda bildirildi.57

2001-yil fevralda E. Barak o’ng partiyalardan bo’lgan deputatlarning ovozlari yordamida yana bir bor saylovlarda g’alaba qozondi va Isroilning yangi hukumatini shakllantirdi. Yangi rahbariyat arablar bilan munosabatda birmuncha qat’iy va hujumkor siyosat yuritish, arab ekstremistlarini bostirish uchun kuchlardan keng foydalanish yo’lini tutdi. AQSH yordamida Isroil hukumati, Y. Arofatning o’rniga anchayin maqbul va foydali yetakchi topish qiyin bo’lsada, uni Falastin rahbariyatidan chetlashtirilishini talab qildi. Ekstremistlar va murosalilarga bo’lingan FOT da o’tkir ichki inqiroz jonlandi58.

AQSH, Rossiya va G’arbiy Yevropa mamlakatlari bir vaqtning o’zida Isroil va Falastin tomonlariga bosim o’tkazishga harakat qildi. Moskva FOT fraksiyalari ustidan nazoratni yo’qotgan Y. Arofatni qo’llab-quvvatlashda davom etdi. 2003-yil mayda AQSH va Isroil bosimi ostida Y. Arofat M. Abbos boshchiligida Falastin avtonomiyasi yangi hukumatining shakllantirilishiga rozilik berishga majbur etildi. G’arb mamlakatlari va Isroil rahbariyati yangi Falastin lideri, Y. Arofatdan farqli ravishda, FOT ning radikal guruhlarini o’ziga bo’ysundira olishiga, terroristik aksiyalarga nuqta qo’yishiga va Falastin muammosi bo’yicha Isroil bilan konstruktiv muzokaralar o’tkazishiga umid bog’lagan edi59.

2003-yil Iordaniyaning Akaba shahrida AQSh prezidenti kichik J. Bush, Isroil bosh vaziri A. Sharon va Falastin avtonomiyasi hukumati rahbari M. Abboslarning uch tomonlama uchrashuvi tashkil etilib, “Yo’l xaritasi” rejasi qabul qilindi. Rejada Ierusalimning tegishliligi haqida so’z yuritilmadi. Bu amalda M. Abbos bu hudud qismning “Arab Falastini” poytaxtiga aylantirish haqidagi talabdan voz kechganligi, arablar tomonidan jiddiy muzokaraga qadam qo’yilganligini anglatardi. Isroil hukumati va falastinliklar o’rtasidagi muloqotni tiklashga yordamni AQSH, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va BMT delegatlari ishtirokidagi xalqaro vositachilar guruhi – “kvartet” ko’rsatadigan bo’ldi. Arab mamlakatlaridan “yo’l xaritasi” bo’yicha yordam beruvchilar sifatida Iordaniya va Misr qayd etildi. Reja Isroilda o’ng partiyalarning noroziligini uyg’otdi. FOT ichida “Xamas” radikal guruhi bu rejani tan olmadi60.



2006-yil yozida “Xamas” jangarilari Isroilni raketa o’qlari bilan o’qqa tutdi, bunga javoban esa Isroil armiyasi G’azo sektorida keng ko’lamli harbiy operatsiyalarni boshladi. Livan janubida mustahkam o’rnashib olgan “Xizbullo” otryadlari “Xamas” ga yordam berishga intilib, Isroil hududiga yoppasiga raketa zarbalarini uyushtirdi. Eron bu guruhlarga keng ko’lamli, jumladan, harbiy-iqtisodiy yordam ko’rsatdi. “Xizbullo” jangarilari va Isroil armiyasi o’rtasidagi harbiy to’qnashuvlar haqiqiy urushga aylandi. Jahon hamjamiyatining aralashuvi harbiy harakatlarning to’xtatilishiga olib keldi. 2008-yilda AQSH prezidenti kichik J. Bush “Falastin – Isroil muzokaralari rivojini tezlashtirish” maqsadida Yaqin Sharqqa tashrif buyurdi. Muzokaralarning muvaffaqiyati, eng avvalo, M. Abbos tomonidan “Isroilning doimiy chegarasi” tan olinishiga bog’liq bo’lardi. Bu haqda muzokaralar butun 2008-yil davomida olib borildi, biroq o’sha yilning oktyabridayoq M. Abbos Isroil bilan kelishuvning imzolanish ehtimoli 2009-yildan so’ngina bo’lishini bildirdi. Benyamin Netanxu rahbarligidagi yangi Isroil hukumati Falastin davlatining tuzilishi haqidagi masalaga o’z qarashlarini qat’iylashtirdi61.


Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish