Yagona ijtimoiy to‘lovning to‘lovchilari bo‘lib, buydjet tashkilot


Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi



Download 33,62 Kb.
bet4/6
Sana21.07.2022
Hajmi33,62 Kb.
#832158
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari pensi

Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.


Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan 25 foiz miqdorida belgilangan.
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:
- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga - 24,8 %;
- davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga - 0,1 %;
- kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga - 0,1 %.
Sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqiga nisbatan 8 foiz miqdorida belgilangan.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan jamg‘armaga o‘tkaziladi.
Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:
- korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.
Sug‘urta badallarining hisob-kitobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari yuridik shaxslar tomonidan quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari – har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay.



Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma.

1.Majburiy ajratma to‘lovchilari, ob‘ekti, bazasi va stavkalari.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pensiya yoshiga etganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy yordam olish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqga egadirlar. Ushbu huquqiy me‘yorlar O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul kilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minot to‘g‘risida”gi Qonunida ham belgilab berilgan.


Pensiya ta‘minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar to‘liq yig‘ilishini samarali tashkil qilish, amaldagi boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta‘minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 444-sonli qarori bilan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar soliqlarga tenglashtirildi. Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma budjeti tarkibiga kiritiladigan bo‘ldi hamda Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llanilishi, shu jumladan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya hisoblanishi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yildi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘lar to‘plash tartib qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi "Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 498-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida 2004 yilgacha amalga oshirilib keldi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qarori bilan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartiblarini soddalashtirish maqsadida, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va kasaba uyushmalari jamg‘armasiga ajratmalar birgalikda yagona ijtimoiy to‘lov nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi.
Soliq kodeksining 312-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani to‘lovchilari hisoblanadi.
Quyidagilar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning to‘lovchilari bo‘lmaydi:
- umumbelgilangan soliqlarni tolovchi mikrofirma va kichik korxonalar, akstiz va yer qari tolovchilari mustasno;
-notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
- yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik shaxslar.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning ob‘ekti va bazasi quyidagicha belgilangan.


Download 33,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish