Yakuniy biznes. 1-Savol. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?


-savol Tadbirkorlik subyektlarining huquq layoqati bo`yicha atroflicha tahlil yuriting



Download 102,59 Kb.
bet48/55
Sana21.05.2022
Hajmi102,59 Kb.
#605911
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Yakuniy biznes nazariy savollar.

42-savol
Tadbirkorlik subyektlarining huquq layoqati bo`yicha atroflicha tahlil yuriting.
Javob:
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga 41-modda. Yuridik shaxsning huquq layoqati
Yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi.
Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonunchilik bilan belgilanadi.
Yuridik shaxs qonun hujjatida ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishi mumkin.
Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida yuridik shaxsning maxsus, alohida huquq layoqatining umumiy qoidasi o‘rnatilgan, unga ko‘ra yuridik shaxs faqat o‘z faoliyatining maqsadlariga mos keladigan va ta’sis hujjatlarida qayd etilgan huquq va majburiyatlar olishi mumkinligi belgilangan. Qonun chiqaruvchining bu tarzda yondashuvi asosan o‘zini oqlaydi. Xususan, notijorat tashkilotini (muassasa, fond va sh.k.) tashkil etar ekan, uning muassislari muayyan sosial, madaniy va boshqa umumijtimoiy foydali qanday manfaatlarga ega maqsadlarni ko‘zda tutadi. Bunday yuridik shaxsning ustav bo‘yicha har qanday cheklovlardan ozod etilishi, uning hatti-harakatlariga to‘liq erkinlik berilishi muassislar manfaatlarini pisand qilinmasligiga olib kelgan bo‘lardi. Shuningdek, davlat ham tashkilotga (unitar korxona yoki muassasaga) o‘z mol-mulkini biriktirib qo‘yar ekan, undan maqsadli, tashkilot ustavida belgilangan faoliyat narsasiga mos ravishda foydalanishini nazarda tutadi. Ammo O‘zR FKda va boshqa tarmoq qonunlarida boshqacha me’yorlarning mavjudligi sharhlanayotgan moddaning mazkur qismini ancha kengroq talqin etishni talab qiladi. Xususan, yuridik shaxs huquq layoqatining fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishlik va majburiyatlarni zimmaga olish ko‘rinishidagi mazmuni va hajmini ikkita mezon, a) maqsadlar va b) faoliyat turi asosida aniqlash zarur. Ta’sis hujjatlarida faoliyat maqsadi belgilab qo‘yilishi har qanday yuridik shaxs mavjudligining zaruriy shartidir. Ta’sis hujjatlarida faoliyat maqsadini belgilab qo‘yilishi har qanday yuridik shaxs mavjudligining zarur shartidir. Ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan yuridik shaxs faoliyat maqsadining mavjudligi juda keng ma’noni: faoliyat jarayonidan foyda olish yoki foyda olmaslik ma’nosini qamrab oladi (O‘zR FK, 40-moddasi 1-q.). 2. Faoliyat turiga ko‘ra yuridik shaxslar ikki guruhga ajraladi. Birinchi guruhga –qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishga haqli bo‘lgan va tegishli ravishda qonunda va boshqa me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini olgan yuridik shaxslar kiradi. Bunday yuridik shaxslar umumiy (universal) huquq layoqatiga egadirlar. Yuridik shaxslarning boshqa guruhi faqat o‘z ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan hamda ularni tashkil etilish maqsadlariga muvofiq keladigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Bunday yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlari va burchlari ularning ustav faoliyatiga mos kelishi, huquq layoqati esa alohida maxsus xususiyatga (maxsus huquq layoqati) ega bo‘lishi shart. Umumiy qoidaga ko‘ra birinchi guruhga unitar korxonalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkilotlardan tashqari barcha tijorat tashkilotlari kiradi. Ikkinchi guruhga barcha notijorat tashkilotlari kiradi. Qonun chiqaruvchi yuridik shaxs huquq layoqatining vujudga kelishi va bekor bo‘lishini uning alohida sub’yekt sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali fuqarolik muomalasiga kirgan va undan chiqqan (yagona davlat reyestriga kiritish va undan chiqarish) davriga bog‘lagan. Nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham yuridik shaxs huquq layoqatining vujudga kelishi va bekor bo‘lishi uning muomala layoqati vujudga kelishi va bekor bo‘lishi bilan mos keladi, buning ma’nosi shuki, yuridik shaxslarning o‘z hatti-harakati bilan fuqarolik huquq va majburiyatlarini olish, vujudga keltirish, amalga oshirish va ijro etish imkoniyatiga ega bo‘lishi bir paytda ro‘y beradi. 3. Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismida qonun chiqaruvchi barcha yuridik shaxslarni o‘z faoliyatini Ustav qoidalari yoki Qonun hujjatlari qoidalari bilan o‘rnatiladigan maxsus huquq layoqati doirasida amalga oshirish majburiyatini yuklaydiki, bu narsa qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan degan tamoyilga zid keladi. Boshqa mamlakatlar FKda bunday cheklovlar nazarda tutilmaydi.Xususan, tijorat tashkilotlarining ishtirokchilari o‘z huquq layoqatlarini maxsus yo‘l bilan, ustavda o‘z faoliyatlarining aniq maqsadlarini mustahkamlab qo‘yish orqali belgilab olishlari shart. Bundan tashqari, tijorat tashkilotlarining maxsus huquq layoqati avval boshdan ularning faoliyatini muayyan bir tijorat faoliyatida uyg‘unlashtirish maqsadida qonun bilan, qolaversa lisenziya olib faoliyat yuritiladigan tartibda o‘rnatib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib bank faoliyatini, kredit uyushmalari, moliya guruhlari va sug‘urta kompaniyalari faoliyatini ko‘rsatish mumkin. Litsenziya –litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, lisenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning lisenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq) hisoblanadi. Qonunchilikka ko‘ra faoliyatning lisenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib turilishi lisenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari kiradi. Lisenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda lisenziyalovchi organlar amalga oshiradi, bunda Vazirlar Mahkamasining o‘zi lisenziyalovchi organlarni va faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash tartibini belgilaydi, qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Faqat lisenziya olgan holda amalga oshiriladigan faoliyat turlari to‘g‘risidagi qoidalar yuridik shaxslarga ularning umumiy yoki maxsus huquq layoqatiga ega ekanliklaridan qat’iy nazar tegishlidir. Bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti ularni tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatlarda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, istisno etiladi. Mazkur qoidada ko‘rsatilgan korxonalar va muassasalarni lisenziya talablari va shartlarini, shuningdek, faoliyatning lisenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, qonun hujjatlariga muvofiq qo‘yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi Litsenziya berishni rad etish, uni bekor qilish va amal qilishining tugatilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. 4. Sharhlanayotgan moddaning beshinchi qismi me’yorlari vositasida qonun chiqaruvchi yuridik shaxsning huquq layoqatini ta’minlashning huquqiy kafolatlarini belgilab bergan va mustahkamlab qo‘ygan hamda yuridik shaxsning huquqlari faqat bevosita qonunda ko‘zda tutilgan holatlarda va tartibda cheklanishi mumkinligi aniq ko‘rsatilgan. Yuridik shaxslarning ayrim huquqlarini cheklash holatlari va tartibi, odatda, yuridik shaxslarning muayyan toifasiga oid qonunlarda nazarda tutiladi. Qoidaga ko‘ra, bu yuridik shaxslar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari me’yorlari, ta’sis hujjatlarida belgilangan qoidalar buzilganda, shuningdek, jamiyat manfaatlariga daxldor qandaydir favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda (tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar va sh.k.) qo‘llaniladigan cheklovlardir. Ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar qatoriga, masalan, xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqaruv asosidagi korxonaning o‘ziga biriktirilgan mol-mulkini tasarruf etishi yuzasidan mol-mulk egasining roziligini olish to‘g‘risidagi cheklovni yoki O‘zbekiston Rsepublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan ayrim cheklovlarni yoxud O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qonun hujjatlarining ba’zi talablarini buzgan banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan cheklovlarini kiritish mumkin. Huquqlarni cheklash hamisha faqat shunday vakolat berilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. Davlatning vakolatli organi tomonidan qabul qilingan huquqlarni cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan yuridik shaxs sudga shikoyat qilishi mumkin.



Download 102,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish