Siyosiy tarqoqlik
300 ga yaqin mustaqil knyazliklar, gersogliklar va arxiepiskopliklar,
9 ta kurfyurstliklar,
36 ta diniy knyazliklar,
62 ta ariskratik va
100 ga yaqin imperiya risarliklari,
50 ta imperiya shaharlari mavjud edi.
Qishloq xo‘jaligi
Bu davrda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talabi ortib bordi. Don, zig‘ir, mol, jun, teri va boshqalar aholi va rivojlanib borayotgan shaharlar ishlab chiqarishlari uchun zarur edi. Bu hol nemis knyazlarini xo‘jaliklarini kengaytirishga majburlardi. Barshchina mehnati va dehqonlarni ekspluatasiya og‘irlashtirildi. Dehqonlarning yerlarini ekspropriasiya qilish evaziga yerlarning kengayishi va ishlab chiqarishni rivojlantirish dehqonlarni ekspluatasiya qilish evaziga amalga oshirilgan yerlar yunker xo‘jaliklari deb nomlanardi. Yirik nemis feodal-knyazlari (yunkerlar) davlat siyosatining boshida turar edilar. Faqatgina ular armiya va hukumatda yuqori lavozimlarni egallashga, va yerga egalik qilish huquqiga ega edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |