Yangi koronavirus nima?



Download 93 Kb.
bet7/7
Sana04.08.2021
Hajmi93 Kb.
#138173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Koronavirus nima

Dinimiz nima deydi?

Agar dinimiz ta’limoti nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu holatda kasallikka qarshi barcha chora-tadbirlarni qo‘llash bilan birgalikda eng samarali chora kasallik o‘chog‘ini chegaralab qo‘yish hisoblanadi. Birdan boshlanib, tez tarqalib, ko‘pchilikning o‘limiga sabab bo‘luvchi yuqumli kasalliklar umumiy ma’noda, vabo, o‘lat va to’uvn deb ataladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bir qancha hadislarida biror joyda vabo tarqalayotgan bo‘lsa, u yerga bormaslik va ayni damda o‘zi mavjud bo‘lgan makonda paydo bo‘lib qolsa, u yerdan qochib ketmaslikni buyurganlar. Bugungi kunda, zamonaviy tibbiyot mutaxassislari tomonidan amalga oshiriluvchi karantin deb ataluvchi "qamal" ham ushbu hadisi sharif mazmunini aynan aks ettiradi.

Zero, har qanday epidemiologik xarakterga ega bo‘lgan virus juda tez tarqalishi bilan birgalikda juda tez so‘nadi ham. Epidemiyaning avj nuqtasi ortda qolgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tib, virusning atvori o‘zgaradi va odamlarda ham unga moyillik kamayadi.

Mamlakatimizda joriy yil 8-iyul sanasi holatida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 10 982 nafarni tashkil etmoqda.

Iyul oyining birinchi haftasida bemorlar soni 2 167 nafarga koʻpaygan, shundan 1 267 ta (58 foiz) holat aholi orasida aniqlangan. Bu karantin davridagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Afsuski bemorlar orasida oʻlim soni ham ortib bormoqda, hozirgi kunda jami 45 kishi bevaqt oʻlim topganligi ham barchamizni jiddiy tashvishga solishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yil 8-iyul sanasida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda taʼkidlanganidek, bu juda murakkab sinov va ogʻir kurashda koʻp narsa oʻzimizga, aql bilan harakatimizga, sabr-toqatimizga, temir intizom bilan qatʼiyat va jipslikda ish koʻrishimizga bogʻliq. Lekin, ming afsuski, aholi oʻrtasida koʻpchilik mana shu talablarga toʻla amal qilmayapti.

Ayniqsa, tibbiy niqob taqmaslik yoki uni nomiga taqish, sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish, oʻzaro qoʻl berib koʻrishish, ijtimoiy masofani saqlamaslik, zaruratsiz oilaviy tadbirlarni oʻtkazish holatlari koʻpaymoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasiga koronavirus pandemiyasini jilovlash boʻyicha barcha choralarni koʻrish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan eʼtiboran respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilmoqda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) toʻxtatiladi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno);

jamoat transporti harakati toʻxtatiladi;

avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish talab etiladi;

viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yoʻl patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va toʻsiq postlar faoliyati ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuchlarini hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillarini jalb qilgan holda kuchaytiriladi.

Karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor koʻrigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qoʻllaniladi.

Shu bilan birga ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlik davom ettirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida karantin talablarni buzgan shaxslarga maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi hamda avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi nazarda tutildi.

Viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish boʻyicha belgilangan cheklovlar dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (meva-sabzavot, poliz, koʻkat mahsulotlari va b.q.) joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.

Bunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining avtotransport vositalari bozorlar, yarmarkalar va savdo nuqtalariga kiritishdan oldin dezinfeksiya qilinadi.

Qolaversa, yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:

yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi kerak;

haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi) lozim;

faqatgina ikki nafar yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi kerak;

faqatgina avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʻmitasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati toʻxtatilmoqda.

Karantin talablariga zid ravishda koʻchalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq boʻlib yurish, shuningdek, niqobsiz yurish holatlari belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Mazkur roʻyxatga quyidagilar kiritilgan:

Sogʻliqni saqlash tizimidagi hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.

Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

Fuqarolarga kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatish (homiladorlik, tugʻruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini koʻrsatish, jarrohlik amaliyoti zarur boʻlganda, inson hayotiga xavf tugʻdirayotgan boshqa holatlar) bilan bogʻliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari.

Yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilarga.

Bunda:


yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi kerak;

haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi) lozim;

yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi hamda faqat oʻz (avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hududida harakatlanishi shart.

Yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalari.

Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning maxsus avtotransport vositalari.

Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasining xizmat avtotransport vositalari.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar, boshqa davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ommaviy axborot vositalarining xizmat avtotransport vositalari.

Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari.

“Respublika inkassatsiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari.

Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “M” va “X” davlat raqami belgilariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining avtotransport vositalari (xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda).

Aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, «Oʻzbektelekom» AK va uning tashkilotlari hamda «Oʻzinfokom» yagona integratori” MCHJga tegishli xizmat avtotransport vositalari.

N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari.

«Toshshahartransxizmat» AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari.

Yoʻl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.



Dafn marosimlarida xizmat koʻrsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini koʻrsatish maqsadida).

Mavsumiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yoʻlovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari.
Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish