Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o‘rni



Download 23,33 Kb.
Sana24.11.2022
Hajmi23,33 Kb.
#871676
Bog'liq
Maqola 2


Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o‘rni
Ma’rifat tushunchasiga to‘xtalib o‘tar ekanmiz bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilish, bilim, ma’lumot , tanish, tanishish ma’nolarini bildiradi. Umuman olganda uning lug‘aviy ma’nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi ma’rifat tushunchasi kengroq bo‘lib, bilim va ma’naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma sohalarini o‘zida uyushtiradi. Ma’rifatli degani bilimli, muayyan sohada bilimi bor degani bo‘lib, insonparvarlik ma’naviyati zimmasidagina o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Kishilarning bilimi, madaniyati oshishiga qaratilgan ta’lim tarbiyaga ham ma’rifat deb qaraladi “Marifat bu insonning o‘zi sababchi bo‘lgan qaramlik holatidan chiqishidir. Qaramlik holati bu boshqasining yordamisiz o‘z ongidan foydalana olmaslikdir. Qaramlik holatining sababchisi o‘zimiz bo‘lamiz. CHunki bu holat ongimizning yetishmasligidan emas balki bu ongimizdan boshqasining yordamisiz foydalanishga qarorimiz, jur’atimiz yetishmasligidan kelib chiqadi.’’Demak ma’rifat shunday qudratli kuchki u insonlarga jur’at va har qanday holatda ham mustaqil qaror qabul qilish kuchini beradi. Ma’rifat va axloq tushunchalari o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu bog‘liqlik shundaki bu ikki tushunchaga ijtimoiy hodisa sifatida qarasak doimo bir- birini taqazo qilib keluvchi hodisalardir, axloqiy me’yorlarsiz ma’rifatga erishib bo‘lmaganidek, ma’rifatsiz axloqiy me’yorlarga erishib bo‘lmaydi. Chunki inson ilm ma’rifatni egallash yo‘lida axloqiy sifatlarga ega bo‘lmas ekan o‘zi egallagan bilimi bilan jamiyat rivoji uchun foyda o‘rniga zarar keltirishi mumkin. Axloqiy ma’rifat hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan ijtimoiy hodisadir . Shu o‘rinda birinchi prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi qimmatli fikrini keltirishimiz joiz aslini olganda, “axloq – ma’naviyatning o‘zagi” “Inson axloqi shunchaki salomatlik, xushmuomilalikdangina iborat emas. Axloq – bu, avvalo , insof va adolat tuyg‘usi, iymon halollik degani”. Bu fikrlar bir tomondan eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko‘rinishlariga loqayd qarovchilariga va axloqni yengil- yelpi ikkinchi darajali masala sifatida tushunuvchilariga adolatli zarba bo‘lsa, ikkinchi tomondan axloq va axloqiy ma’rifatni yangi jamiyatimizdagi ulkan mavqeyini hamda ularning jiddiy ijtimoiy hodisa sifatida talqin etishni taqozo etadi. Ana shunday yangilanish jarayonida axloqiy tarbiyani o‘z o‘rni bor yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqorolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga ma‘sullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyalash zarurati ulkan vazifa bo‘lib turibdi. Shunday ulkan vazifani amalga oshirish borasida yurtimizda mustaqillik davridan to bugungi kungacha ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan mustaqilligimizning dastlabki yillarida qabul qilingan Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni va Kadrlar tayorlash milliy dasturi kabi qonunlarning qabul qilinishining tub zamirida ham yoshlarimizni ta’lim tarbiyaga yo‘naltirish va barkamol shaxs qilib tarbiyalash zaruriyati yotadi. Qolaversa O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra davlatning ma’rifatparvarlik faoliyatini nazarda tutgan holda kadrlar tayorlash milliy dasturi va ‘‘Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirishning eng samarali yo‘llarini izlab topishdir. Taraqqiyot starategiyasi va besh muhim tashabbus shular ichida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikning va kompyuter savodxonligining targ‘ib qilinishi ahamiyatga molik. Zero ma’naviy barkamol intelektual salohiyati yuqori avlod tarbiyasi nafaqat O‘zbekistonda balki butun jahonda eng muhim vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aynan ma’naviy barkamol avlod mamlakat kelajagini belgilab beradi.Ma’naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumida ta’kidlab o‘tganidek, "Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ham gʻoyat muhim ahamiyatga ega. Hammamiz yaxshi tushunamiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi – maʼnaviyatdir. Biz yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, yaʼni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy gʻoyalarni mujassam etadigan kuchli maʼnaviyatga tayanamiz. Shu maqsadda “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshiramiz. Milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini oshirish, madaniyat va sanʼatni yuksaltirish bilan bogʻliq vazifalar doimiy kun tartibimizda turadi. Muqaddas islom dinimizning insonparvarlik gʻoyalarini targʻib etish, “jaholatga qarshi – maʼrifat” tamoyili asosida unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni sogʻlom eʼtiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat beramiz" . Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub’yektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan obyektiv zaruratdir. Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umum e’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog‘imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbastamiz. Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni ustuvor, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida yuksalmog‘imiz darkor. Biz yoshlar vatanimiz taraqqiyotiga ya’ni Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda o‘z hissamizni qo‘shishdan juda xursandmiz!
Sherpo‘latova Shohsanam
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
Download 23,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish