Yangiariq tumanidagi 29-son maktab Filologiya fanlari uslubiy birlashmasida



Download 11,73 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi11,73 Kb.
#843253
Bog'liq
29-son Metod birlashma ona tili


Yangiariq tumanidagi 29-son maktab Filologiya fanlari uslubiy birlashmasida

2021-2022-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar haqida yillik


H I S O B O T


Bu yilgi o‘quv yilida sentabr oyiga fan xonalari yangi o‘quv yiliga taxt qilib qo‘yildi, dars taqsimoti o‘tkazildi, maktab o‘quvchilari darsliklar bilan to‘liq ta’minlandi, ish rejalari tasdiqlandi, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar tayyorlandi.
Sentabr oyida ona tili va adabiyotdan fan olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkazildi hamda g‘olib o‘quvchilar 2-bosqich tuman olimpiadasiga tavsiya qilindi.
Yangiariq tuman XTB ning2021-yil 22-iyundagi 44-sonli buyrug‘iga asosan sentabr
oyi so‘ngida ”O‘zbek tilim - iftixorim” respublika tanlovi uchun 7-8-sinflarda bayon,
9-11-sinflarda insholar olindi va natijalar taqdim etildi.
Yangiariq tuman XTB ning 2021-yil 30-sentabrdagi 619-sonli xatiga asosan maktabimizda ham fan oyligini o‘tkazishga oid chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
2-oktabr kuni “ Ona tili va adabiyot fanlari oyligi”ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo’ldi.Unda maktab ma’muriyati,o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdilar. Oylik mobaynida o‘quvchilardan test,yozma ishlar olindi, kitobxonlik, she’rxonlik kechalari, bellashuv, davra suhbatlari,ochiq darslar o‘tkazildi. ”Yosh qalamkashlar”tanlovi,
”Men sevgan shoir(adib)” insholar tanlovlari o‘tkazilib, ijodkor o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
13-oktabrda ona tili va adabiyot fanidan 2-bosqich fan olimpiadasi bo‘ldi.Tuman
bosqichida o‘quvchilarimiz qatnashdilar.
Fan oyligi davomida Yangiariq tuman XTB ning 2021-yil 19-oktabrdagi 651-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tayyorlagan “Til- millat ko‘zgusi”, ”Til- millatning quyoshi” tadbirlari o‘tkazildi. Fan oyligi oxirida yakunlovchi tadbir bo‘lib o’tdi.
Xorazm viloyati XTB ning 2021-yil 9-noyabrdagi 130-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 10-noyabr kuni maktabimizning 5-11-sinflari o‘rtasida “ O‘zbekiston-yashil makon” insholar tanlovi o‘tkazildi va g‘oliblar rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi XTV ning 2021-yil 18-noyabr kungi 65-sonli qo‘shma qarori va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 18-noyabr kungi 6-01-“s”-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
2-dekabr kuni maktabimizning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida”Mening Prezidentim”
ijodiy ishlar tanlovio‘tkazildi va natijalar tuman XTB ga taqdim etildi.Tanlov
natijalariga ko‘ra g'olib o'quvchilar rag'batlantrildi.
Dekabr oyi ikkinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrdagi PQ-4865-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda Ogahiy tavalludining 212 yilligini nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Muhammadrizo Ogahiy tavalludi munosabati bilan 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘azalxonlik bellashuvi o‘tkazildi.
Respublikamizda 7-11-fevral kunlari 6-11-sinflar o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkazilgan “Yangi fikr” Respublika insholar tanlovida maktabimizdan ikki nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Maktabda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi ham keng nishonlandi. 9-14-fevral kunlari o‘quvchilar o‘rtasida Navoiy va Bobur hayoti, ijodiga bag‘ishlangan devoriy gazetalar, referatlar tanlovlari o‘tkazildi. Ikki buyuk shoir she’riyati bo‘yicha g‘azalxonlik kechasi bo’lib o‘tdi, ular hayoti va ijodi bo‘yicha burchak tashkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan “El desa Navoiyni”, “Bobur-shoh va shoir” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Yangiariq tuman XTB ning 2022-yil 28-fevraldagi 101-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 14-mart kuni 5-7-sinflar o ‘rtasida,15-mart kuni 8-10-sinflar o‘rtasida “Mening qahramonim” shiori ostida “Vazirga maktab” insholar tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.Tanlov natijalariga ko‘ra 5-7-sinflar bo‘yicha 7-sinf o‘quvchisi Qahramonova Mehribon ,8-10-sinflar bo‘yicha 9-sinf o‘quvchisi Jumaniyozova Mushtariy g‘olib deb topildilar va 8-aprel kuni shu tanlovning tuman bosqichida ishtirok etdilar.


Yangiariq tumani XTB mudirining 2022-yil 11-apreldagi 1-sonli buyrug‘iga asosan yoshlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish,yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida ona tili va adabiyot o‘qituvchilari hamda kutubxonachilar hamkorligid 11-aprel kuni 8-11-sinflar o‘rtasida “Men sevgan adabiy qahramon” insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko ‘ra 10-sinf o‘quvchisi Olimova Dilnura g‘olib deb topildi.


20-24-aprel kunlari Yangiariq SEO va JSX tavsiyasiga ko’ra sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 7-8-9-sinf o‘quvchilaridan “Bezgak kasalligi haqida” mavzusida diktant olinib,natijasi tuman XTB ga taqdim etildi.Ushbu diktantda jami 53 ta o‘quvchi qatnashib,80 % sifat samaradorligi qayd etildi.
26-aprelda Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan mushoira kechasi tashkil etildi.Maktabimiz kutubxonachisi bilan birgalikda Muhammad Yusuf asarlari ko‘rgazma burchagi tashkil qilindi.Shuningdek adabiyot darsliklaridagi badiiy asarlar asosida maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” bellashuvi o‘tkazildi.

Yangiariq tuman XTB ning 2022-yil 10-maydagi 263-sonli xati ijrosini ta’minlash,


o‘quvchilarda yozma savodxonlik va mantiqiy fikrlash ko ‘nikmalarini shakllantirish
maqsadida 13-15-may kunlari 5-11-sinf o ‘quvchilari o‘rtasida diktantlar olindi va natijalar tuman XTB ga taqdim etildi. Jami 427 ta o‘quvchidan olingan diktant natijalariga ko‘ra 88% sifat samaradorlikka erishildi.
Maktabimizning 9-sinfida 26-may kuni, 11-sinfida 27-may kuni ona tili va adabiyot fanlaridan yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilib, jami 27 nafar o‘quvchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi.
Maktabning Filologiya fanlari metodbirlashmasida 2021-2022-o’quv yiliga mo’ljallabtuzilgan rejalarning bajarilishi va davlat me’yoriy hujjatlarining yuritilishi qoniqarli bo’ldi.
29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi Filologiya fanlari uslubiy birlashmasi raisi : Tangriberganova M.
2022-yil 30-may
Download 11,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish