Yangilanmoqda. Respublikamizda


-rasm. Leica Geosystems priyomniklari. a) SR 520; b) GPS 1200; v) MC 500



Download 464,45 Kb.
bet14/17
Sana05.04.2023
Hajmi464,45 Kb.
#924906
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kurs ishi

7-rasm. Leica Geosystems priyomniklari. a) SR 520; b) GPS 1200; v) MC 500


Leica Geosystems kompaniyasi tomonidan 2004 yil standartlashtirilgan universal geodezik sistemasi Leica System 1200 ishlab chiqildi. Bu universal sistema GPS texnologiyasi bilan TPS avtomatlashtirilgan taxeometrni o‘zida birlashtirgan va kuchli dastur bilan ta’minlangan. Leica System 1200 geodezik sistemasi qayta ishlab chiqilgan va to‘liq muvofiqlashtirilgan uchta asosiy modullardan tashkil topgan, bular: Leica GPS1200 oilasiga mansub priyomniklar, Leica TPS1200 seriyasidan Total Stations stansiyasi va Leica Geo Office dasturi bilan ta’minlangan, umumiy bazaviy ma’lumotli Leica System 1200.
Sistemada apparatura va ma’lumotlarni boshqarishni yagona ko‘rinishdagi konsepsiyasi amalga oshirilgan. Ma’lumotlarni tez va qulay almashtirish mumkin, aksessuarlari (kitoblar, ta’minot bloki, nazoratlar va h.k.) unifakatsiyalangan, bu esa asbob narxini arzonlashtirish imkoniyatini beradi.
GPS/TPS noyob umumiyligi va operatsiyalarini o‘xshashligi, yangi aavlod sensorlari bilan sezilarli darajada to‘ldirilishi SmartTrack va SmartCheck yangi texnologiyalarini berdi.
Leica Geo Office dasturiy paketi ma’lumotlarni boshqarish, vizualizatsiyalash, qayta ishlov berish; GPS, TPS va raqamli nivelirlarning

ma’lumotlarini import va eksport qilish bo‘yicha barcha operatsiyalarni
ta’minlaydi.
Leica GPS1200 priyomniklarining ustki qismi maxsus magniyli qotishma bilan qoplanganligi uni har qanday obi-havo sharoiti va haroratiga va transportirovka sharoitiga chidamli qilgan.
Real vaqtda s’yomka qilishni yangi texnologiyasi sputniklar tomonidan signalni tez ushlashni, kichik balandliklarda kuzatish, ko‘pyo‘likni bostirish, halal beruvchi signal va shovqinlardan himoya qilish va holatni tez (sekund davomida 20 martagacha) yangilashni ta’minlaydi. Apparaturani ishonchlilik darajasi 99.99% bo‘lib, 30 km va undan katta masofalarni yuqori aniqlikda kinematik o‘lchash imkonini beradi. SmartTrack texnologiyasi tufayli daraxtlar ostida va interferensiyada(to‘lqinlar bir biriga ustma ust qo‘yilishi natijasida ularni o‘zaro kuchayishi yoki susayishi) o‘lchash ishlarini olib borish mumkin. Yangi signalli sputniklar paydo bo‘lganda SmartTrack texnologiyasini yangilash mumkin. Yangi funksiyali SmartCheck bilan SmartTrackdan ma’lumotlar RTK rejimida nazoratlanadi va santimetr aniqligida qayta ishlanadi.
GPS1200 seriyasidagi to‘rt xildagi priyomniklarning ichidan tanlab olish mumkin: Leica GX 1230 universal priyomniki (L1-12kanalli va L2- 12kanalli, bunga qo‘shimcha tayanch DGPS va RTK funksiyali yoki mobil stansiya) ma’lumotlar yig‘ish uchun Leica GX 1220 va Leica GX 1210 priyomniklari, faol to‘rlar uchun va Ethernet interfeysli RTK va DGPS rejimida ma’lumot yig‘ish uchun Leica GRX1200 Pro.
Ashtech va Thales Navigation kompaniyalarini geodezik GPS o‘lchashlar uchun apparatlari. Ashtech kompaniyasi o‘z faoliyatini Djavad Ashdjay (Javad Ashjaee) rahbarligida 1980 yilni oxirlarida ish boshlagan (bungacha u Trimble kompaniyasida yetakchi injener bo‘lib ishlagan). 1997 yili arzon qo‘l GPSlarini ishlab chiqaradigan Magellan korporatsiyasi tomonidan sotib olingan (bu vaqtda Djavad Ashdjai kompaniyani boshqarmas edi). Birlashgan Magellan-

Ashtech mahsulotlari foydalanuvchilarning talabini qoplovchi kompaniyalardan biriga aylandi, Thales Navigation maxsulotlari bilan raqobatlashadigan mahsulotlar ishlab chiqara boshladi (keyinchalik Djavad Ashdjai Javad Positioning Systems nomi bilan boshqa GPS kompaniyasini ochdi). 2001 yil Thales Navigation (AQSh, Fransiya) kompaniyasi Ashtech va Magellan kompaniyasini sotib olib, navigatsiya va sputnikaviy geodezik apparatlarini ishlab chiqarishni davom ettirdi. Thales Navigation yerda va dengizda s’yomkalar qilish, qurilish, GIS ma’lumotlarini to‘plash, mashina va mexanizmlarni nazorat qilish, injenerlik geodeziyasi, metrologiya, o‘rmonchilik, aviatsiya, transport, mulkni boshqarish va x.k. ishlarda qo‘llaniladigan GPS va GPS+GLONASSTM apparatlarini hamda turli chip to‘plamlarini ishlab chiqaradi.
Ashtech arzon navigatsiya priyomniklari ishlab chiqarish bilan birga yuqori aniqlikdagi geodezik ishlarda ishlatiladigan apparatlarni ishlab chiqarish bilan ham tanilgan. 1990 yillari boshida Ashtech Z-12 apparatini ishlab chiqarish bilan elektronika sohasida yetakchi degan mavqni oldi. Z-12 priyomnikni ko‘pchilik faza va psevdouzoqlikni o‘lchaydigan eng yaxshi priyomnik deb hisoblaydi. L2 da barcha kodsiz kuzatish usullarida «Z-tracking» texnologiyasini “signal-shovqin” munosabati eng yaxshi. Z-12ni kuzatish texnikasi yangi priyomniklar Ashtech Z-Surveyor, Ashtech Z-SuperStation va faol stansiyalarga tadbiq etilgan. Ashtech Z-Surveyor priyomnigi geodeziya o‘lchash ishlari uchun loyixalashtirilgan bo‘lib, GPSni Leica System 500 (SR520/530) va Trimble 4700/4800 priyomniklari bilan raqobatlashishi mumkin.
Thales Navigation kompaniyasini iCGRSTM sistemasi tayanch stansiyalarni eng quvvatli texnologiyasini internet bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini ta’minlaydi. MicroZ-CGRS (μZ-CGRS™) kuchaytirilgan versiyasi kompyuterlarda yuqori aniqlikda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, Linux operatsion sistemasida ishlaydi.

Download 464,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish