Yaponiya (XII asr oxiridan XVI asr oxirigachA) Tayanch ibora va atamalar


Feodal urushlarning qayta boshlanishi. Xodzyo boshqaruvining qulashi



Download 475,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana20.06.2022
Hajmi475,3 Kb.
#678528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yaponiya (1)

Feodal urushlarning qayta boshlanishi. Xodzyo boshqaruvining qulashi. 
Mo’g’ullarga qarshi urush mamlakatning notekis rivojlanayotganligini yana bir karra 
ko’rsatib qo’ydi. Mamlakatning rivojlangan va nisbatan kuchsiz taraqqiyot qilgan 
qismlari o’rtasidagi tafovut siyosiy kurashlarning boshlanishiga olib keldi. Bu 
keskinlik yana janubiy-g’arbiy feodallarning kuchayishi hamda hukmron Xodzyo 
xonadonining zaiflashuvi bilan tezlashib ketdi, chunki syogunlik provinsiyalardagi 
feodallar ustidan nazoratni qo’ldan boy berib qo’ygan edi. Hatto syogun hokimiyatini 
ag’darishga qaratilgan fitnalar amalga oshirila boshlandi. 



Mavjud murakkab sharoitdan eks-imperator Godaygo o’z hokimiyatini qayta 
tiklashga intilib, Xodzyo xonadoniga dushman bo’lgan qudratli feodal xonadonlari 
bilan shu maqsad yo’lida mahfiy ittifoq tuzdi. Lekin tez orada bu mahfiy kelishuv fosh 
qilinib, Godaygo uzoq Iki oroliga surgun qilindi. 
Shunga qaramasdan Godaygoni qo’llab-quvvatlagan janubiy-g’arbiy feodallar 
Xodzyo qo’shinlariga bir qancha halokatli zarbalar berishga erishdi. Natijada 
imperatorlik hokimiyati qayta tiklandi. Bu davr tarixda ―Kemmu restavrasiyasi (qayta 
tiklanishi)‖ nomi bilan qoldi (Kemmu 1333-1335-yillarda hukmronlik qilgan 
imperatordir). 
Lekin Godaygo hokimiyatining tiklanishi ham uzoq davom etmadi. Bu safar 
imperator bilan Xodzyo xonadonining qulatilishini ta’minlagan qo’shin boshliqlari 
o’rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Ilgari Xodzyoning asosiy harbiy 
qo’mondonlaridan biri bo’lgan Asikaga Takaudzi xiyonat yo’liga kirib, imperator 
tomoniga o’tib ketadi. Imperator bilan harbiy qo’mondonlar o’rtasida kelishmovchilik 
yuzaga kelganligidan u o’zining hokimiyatini o’rnatish yo’lida foydalanishga qaror 
qildi. Godaygo urushdan oldin feodallarga bergan va’dalarini – ularga yer va mansab 
berishni bajara olmadi. Uning ustiga uning buyrug’i bilan joriy qilingan yangi soliqlar 
va hyech bir ta’minotga ega bo’lmagan qog’oz pullarning Xodzyoga qarshi kurash 
kompaniyasi harajatlarini qoplash uchun chiqarilganligi ko’plab feodallarning 
noroziligiga sabab bo’ldi.
G’oliblar lageridagi o’zaro kelishmovchiliklardan xabar topgan Xodzyo revansh 
olishga urinib ko’rdi. Lekin Asikaga Takaudzi uni mag’lubiyatga uchratdi. Kiotoni 
egallab, o’zining qarorgohi sifatida Kamakurani tanladi va o’zini 1335-yilda syogun 
deb e’lon qildi. Shu davrdan boshlab Yaponiya tarixidagi ikkinchi – Asikaga 
syogunligi boshlandi (1335-1573). Asikaga Takaudzi syogunligining e’lon qilinishi 
bilan Minamoto Yoritomo davrida shakllantirilgan hukumat apparati qayta tiklandi, 
Nitta Yosisada mulklarini musodara qildi. Bu harakati bilan u Godaygo va uni qo’llab-



quvvatlovchi butun janubiy-g’arbiy feodal xonadonlarga o’ziga xos urush uchun 
―chaqiriq‖ yubordi. 

Download 475,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish