Yengil atletika uloqtirish turlari



Download 31,66 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi31,66 Kb.
#758905
Bog'liq
Yengil atletika yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlar


YENGIL ATLETIKA ULOQTIRISH TURLARI
Yengil atletika – yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlaridan iborat
sport turidir. Maxsus jismoniy tarbiya o’quv yo’rtlarida esa yengil atletika
mazko’r sport turining nazariyasidan, Amaliy ishlaridan hamda uni o’qitis h
metodikaksidan iborat, dars shu sohada ilmiy tadiqotlar o’tkaziladigan fandir.
Qadimiy Yunon so’zi «atletika» o’zbek tilida «kurash» mashq degan ma’noni
bildiradi. Kadimiy Yunonistonda kuchlilik va chakkonlkda musobaqalashgan
kishilarni atletlar deb atar edilar. Hozirda esa jismoniy kamolotga yetgan kuchli
odamlarni atlet deyiladi.
Yengil atletika degan nom shartli bo’ lib sirtdan qaraganda, yengil atletika
mashqlarining og’ ir atletika mashqlariga nisbatan yengil tuyulishigagina
asoslangan. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani «atletika» Fransiyada yoki
yo’ lka maydondagi mashqlar AQSH Angliyada deb ataydilar.
Yengil atletika besh bo’limdan, yo’rish, Yugurish, sakrash, uloqtirish va kun
kurashdan iborat bo’ lib, ularning har qaysisi ham xilma-xil turlarga bo’linishi. Yengil atletika mashqlarining umumiy harakteristikasi.
Yurish-insonning joydan-joyga ko’chishidaga oddiy usul bo’lib, turli
yoshdagi kishilar uchun ajoyib jis moniy mashq hisoblanadi. Uzoq va bir tekis
yurganda azoyi badandagi qariyib barcha muskullar ishlaydi, organizmdagi yo’rakqon tomir, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi. Natijada moda
almashinuvi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishning avvalo
sog’ lomlashtirish ahamiyati bor. Odamni ilk bolalik davridan yurishga o’rgatadilar.
Lekin bu bilan kifoyalanib bo’lmaydi. Hamma odamlar to’g’ri chiroyli va tejamli
yura bilishlari zarur. Oddiy yurishdan tashqari yurishning boshqacha xillari ham
bo’ladi: poxodo yurish, safda yourish va sportcha yurish. Musobaqalarda
yurishning texnik jixatdan eng qiyin, lekin eng foydali sportcha yurish qo’llaniladi.
Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq, ammo bunday Yuqor i
tezlikka erishish uchun sportcha yurish texnikasi asoslarini o’rganib olishning
o’zigina kifoya qilmay balki oddiy yurishga Qaraganda anchagina intensiv ish
bajarish talab qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. Yurish musobaqalari odatda
stadion yo’ lkalarida soat strelkasi harakatiga teskari yo’nalishda va oddiy yo’ llarda
shosseda, shahar ko’chalarida, so’qmoqlarda va hakoza, 30 kmdan 50 km
masofagacha o’tkaziladi.
Yugurish musobaqasida qatnashuvchilar hamda belgilangan yo’ris h
texnikasini xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza
bo’lsa ham ikalla oyoq bir vaqtda yerdan o’zilib qolishga yo’ l qo’ymaslikdan
iborat. Oyoqlardan birortasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo’ lgudek bo’ lsa
sportchi yo’rishdan Yugurishga o’tgan hisoblanadi. Bu qoidani bo’zgan sportchini
maxsus hakamlar musobaqadan chetlatadilar.
Yugurish joydan-joyga kuchishning tabiiy usullaridir. Bu jismoniy
mashqning ko’prok tarqalgan turi bo’ lib, juda ko’p sport turlari futbol, basketbol,
tennis va boshqalar tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko’p turlari yengil atletika
har xil turlarining organik qismi hisoblanadi.
Yugurish bo’tun organizmning ish qobiliyatiga qo’yilgan talab
yugurgandagiga nisbatan anchagina katta bo’ladi. CHunki yugurganda azoyi
badandagi muskul guruhlarning deyarli hammasi ishga tushadi, yo’rak – qon, tomir
nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi. Modda almashinuvi ancha
oshadi. Shug’ullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa uzunligini va
Yugurish tezligini o’zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish odamning
chidamliligini tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta’sir etish mumkin.
Yugurish bilan shug’ullanish jarayonida kishi irodasi mustahkamlanadi, o’z
kuchini taqsimlay olish to to`siqlardan o’ta bilish, ochiq joyda moljal ola
bilish qobiliyati paydo bo’ladi.
Yugurish har tamonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalardan
biridir. Barcha mutaxasisliklagi yengil atletikachilarning ham boshqa sport turlar i
bilan shug’ullanuvchilarning ham trenirovkalarida Yugo’rishga ko’p e’tibor
berilishi, shunindek, faol dam olish sog’ lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash
vositasi sifatida Yugo’rishning ulushi katta ekani ana shundan dalolat beradi.
Yugurish yengil atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jis moniy
mashqdir. Yengil atletika musobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillar i
yetakchi o’rin to’tadi, ularga tomashabinlar ham juda qiziqadilar. SHuning uchun
yugurish musobaqalari eng yaxshi tashkilot vositalaridan biri hisoblanadi.
Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, to’siqlar o’sha yugurish,
estafetada yugurish va tabiiy sharoitlar yugurish xillari bo’ ladi.
Tekis yugurish ma’ lum masofaga yoki vaqtboy tarzda Yugurish yo’ lkasida
soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishda o’tqaziladi. 400 metrga va undan qisqa
masofaga yugurishda har bir Yuguruvchi uchun alohida yo’ lka ajratiladi. Qolgan
masofaga Yugurish umumiy yo’ lkada o’ tkaziladi. Belgilangan masofani o’tish
uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o’ lchanadi. 1 soatlik va 2 soatlik
Yugurishda vaqt chegaralangan bo’ lib natijada shu vaqt ichida bosib o’tilgan
masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.
To’siqlar o’sha Yugurishning 2 ta xili bor. G’ovlar osha yugurish bunday
yugurish natijasida bir-biridan bir xil o’zoqlikda masofadagi muayyan joylarga
qo’yilgan bir tipda to’siqlardan oshib 60 dan 400 metrgacha masofaga yuguriladi.
Har qaysi sportchida alohida-alohida yo’lkadan yuguradi. 2000-3000 metrga
to’siqlar Osha Yugurish-bunda yugurish yo’ lkasida u yer bu yerga mustaxkam
o’rnatilagan to’siqlar Osha stadion sektorlaridan birida kavlangan chuqurga
to’ldirilgan suvdan kechib yuguriladi.
Estafetali yugurish komanda-kamonda bo’lib yuguriladi. Komandaga
yuguruvchilar qancha bo’lsa masofa ham shuncha etaplarga bo’ lingan bo’ ladi.
Estafetali yugurishdan maqsad –estafeta tayoqchasini bir-biriga o’zatib uni imkon
qadar tez startdan marragacha yetkazib borishdir. Etaplar oralig’ i bir xil qisqa va
o’rtacha masofada yoki har xil aralash masofada bo’lishi mumkin. Estafetali
yugurish ko’prok stadion yo’laklarida ba’zan esa shahar ko’chalarida aylanma va
yulduzsimon estafetalar o’tkaziladi.
Tabiiy sharoitda yugurish. Bunda past-baland ochiq joylarda kross yugurilsa
15 km va undan uzoq masofalarga esa yo’ llarda shosseda so’qmoq yo’ llarda
yuguriladi. Yengil atletikadagi eng uzoq ya’ni marafoncha masofa 42 km 195 s m
ga teng. Aholi yashaydigan joylar oralig’ ida bosib o’tiladi.
Sakrash-to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’ lib, qisqa vaqt ichida asab
muskul kuchiga maksimal zo’r berish bilan harakterlidir. Yengil atletik sakrash
mashg’’ulotlarida sportchilarning o’z tanalarini idora qila bilish, kuchlarini ishlata
bilish qobiliyatlari takomillashadi, kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik osha boradi.
Sakrash oyoq tana muskullarini kuchaytirish va sakrovchanlikni hosil qilish uchun
eng yaxshi mashqlardan biri bo’ lib, faqat yengil atletikachilargina emas, balki
boshqa sport turlarining vakillariga ham, ayniqsa, basketbolchilarga,
voleybolchilarga va futbolchilarga zarurdir. Yengil atletika sakrash 2 turga
bo’linadi.
1. Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to’siqlardan o’tish
balandlikka sakrash va langar cho’p bilan sakrash.
2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizantal to’siqlardan o’tish
uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va
santimetr bilan o’lchanadi. Sakrash turgan joyda tez yugurib kelib ijro etiladi. Uch
xatlab sakrash va langarcho’p bilan sakrash musobaqalari ayollar uchun
o’tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil bo’ladigan qattiq zarbalar ayollar
ichki organlari holatini buzib qo’yishi mumkin.
Uloqtirish maxsus snaryadlarni uzoqlikka irg’itish va uloqtirish
mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtiris h
asab muskul kuchlanishi qisqa vaqt maksimal bo’ lishi bilan harakterlidir. Bunda
qo’l yelka kamari va tana muskullariga emas, balki oyoq muskullari ham faol
qatnashadi. Yengil atletika snaryadlarini uzoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik,
chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo’lish va o’z kuchini yig’a bilmoq zarur.
Uloqtrish bilan shug’ullanish bu muxim fazilatlarni taraqqiy etibgina qolmay butun
tana muskullarining garmoni rivojlanishiga ham yordam beradi.
Yengil atletika uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo’ linadi.
1. Bosh ortidan boshlab uloqtirish nayza va granata.
2. Aylanib uloqtirish disk va bosqon. Irg’itish Yadro.
Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og’ irligiga bog’ liqdir.
Yengil ushlash unday bo’ lgan snaryadlarni to`g’ridan yugurib kelib bosh ortidan
boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin. Og’irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish.
Maxsus tutqichi bo’ lmagan og’ ir snaryad Yadroni esa irg’ itish uchun.
Ko’pkurash. Yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o’z ichiga
oladi. Ko’pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi. Uch ko’rash, turt
kurash, besh kurash, olti kurash, sakkiz kurash, o’n kurash. Ko’pkurashning asosiy
turlari erkaklar uchun – o’n kurash va ayollar uchun besh kurash va o’spirinlar
uchun olti kurash va sakkiz kurash. Musobaqani yengillashtirish uchun yengil
atletikani bunday og’ ir turlaridan musobaqalar ikki kunda o’tkaziladi. Ko’pkurash
shug’ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo’yadi. Ular texnik jihatdan yuqor i
maxoratli bo’ lishlaridan tashqari , sprentrlardan tezroq, uloqtiruvchilardek kuchli,
sakrovchilardek sakrovchan va chaqqon, govosharlardek dadil, o’rtacha
masofalarga Yuguruvchilardek chidamli bo’lish kerak. Ko’pkurash pragrammasini
To’la bajarish esa mumkin a’lo jarayonli bo’lishi, Yuqori darajada rivojlangan
irodali fazilatlarni talab qiladi. Ko’pkurash bilan shug’ullanish sportchilar
organizmiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish bilan yengil atletikani aloxida turidan
maxsus mashg’’ulot qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko’pkuras h
natijasi sportchining ko’pkurash tarkibidagi har bir turda ko’rsatgan natijasi uchun
olgan ochkolar yigindisi bilan belginadi. Buning uchun ochkolar jadvalidan
foydalaniladi.
Yengil atletika bilan millionlab dunyoda kishilar shugullanadilar. Yengil
atletika mashg’ulotlari kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqa juda ko’p
harakat malakalarni oshiradi, irodaviy fazilatlarni tarbiyalaydi. SHuningdek
ularning sog’ lomlashtirish ahamiyati qata bo’lib, jismoniy kamolatga erishiga
yordam beradi.
Yengil atletika mashqlarining xilma-xiligi va yurganda, Yugurganda va
sakraganda, uloqtirganda kuch kelishini o’zgartirish mumkinligini har xil jins va
yoshdagi kishilar bilan yengil atletika mashg’ulotlari o’tkazaverish imkonini
beradi. Bu mashqlarning ko’pchiligi ijro texnikasi jixatidan qiyin emas, o’rgatis h
uchun esa oson va ularni oddiy maydonchalar yoki ochiq joylarda bajaraversa
bo’ladi.
Yengil atletika mashqlarning shug`ullanuvchilarga ijobiy ta’sir qilis h
ularning keng tarqalgan bo’ lishiga sabab bo’ladi. Maktab bolalarining va
ayollarning jismoniy tarbiyasi pragrammasida ham har xil sport turlaridagi
mashg’’ulot rejalarida ham keksalarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida ham
yengil atletika mashqlariga kyeng o’rin berilgan. Jismoniy tarbiya kollektivlarida
ko`ngilli sport jamiyatlarida, oliy va o’rta o’quv yurtlarida va boshqa tashkilotlarda
yengil atletika mashg’ulotlari etakchi o’rinda turadi.
Yengil atletikadagi tayyorgarlik darajasini baxolash bu sport turi bilan
shug`ullanishini rag`batlantirish va musobaqalarni tashkil etish uchun razryadlarga
bo’lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy rivoj topayotgan va undagi
natijalar mutasil o`sib borayotgan sababli razryad normalari vaqti-vaqti bilan
o’zgarib turadi.
Kadimgi yengil atletikaning rivojlanish tarixi
Yengil atletika mashqlarining kelib chikishi tarixi juda qadim zamonlardan
boshlanadi. Odamlar yugurish, sakrash va uloqtirishni, tabiiy zarur xarakat sifatida
kadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo`llab kelganlari ma’lum.
Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida ras m
bo`lganiga qadar ko`p yillar o`tdi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika
mashiklari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`lik edi. Ular
insoniyat quldorlik jamiyatiga o`ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’ lum
darajada mustaqil bo`lla boshladi.
Yugurish, sakrash va uloqtirish qadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi.
Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori, ular quldorlarning xarbiy-jismoniy
tayyorgarligida katta o`rin egalladi va kabilalar xamda umumgrek diniy
bayramlarining muxim qismini tashkil etadigan bo`ldi. Bunday tantanalarning eng
axamiyatlisi Olimpiya o`yinlari xisoblanadi.
Feodal jamiyatida, ayniqsa ilk o`rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq
ommasiga rasm bo`lgan edi. Rivoyatlar qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari
o`yin kulgularida o`ziga xos jis moniy mashqlar ko`p bo`lganidan dalolat beradi.
Ko`p manbalarda xalk turmushida tez yugurish, Yugurib kelib uzunlikka sakras h
va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash mavjud bo`lgani ko`rsatiladi.
SHavkatsiz ekspluatatsiya, bo`sh vaqt va keraklicha moddiy sharoit
bo`lmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot darajasiga ta’sir ko`rsatadi.
SHu sababdan feodalizim davrida xama vaqt xalq jismoniy mashqlari an’anaviy
o`yin kulgilar xarakterida bulib, faqat bayram kunlarida o`tkazilar edi.
SHaxar axolisi va feodallarning xarbiy jismoniy tayyorgarligida esa
yuugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari kata o`rin tutar edi.
Burjua jamiyatida, yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya
gimnastika sistemasiga kiritilar, kundalik xayotda qo`llanar edi. Lekin bu yengil
atletika sport tashkil topishiga muxim ta’sir ko`rsata olmadi, chunki gimnastika
sistemasida bu mashqlarning axamiyati asosiy bo`lmay, ikkinchi darajali edi.
Xalkning bu mashqlar bilan shug`ullanishi esa, mexnatkash omma imkoniyat i
chegaralanganligi uchun yengil atletika taraqqiyotiga To`la ta’sir ko`rsata olmadi.
Yugurish. sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq sifatida va yengil
atletika sportning muxm elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil
topa boshladi.bunga yoshlarning keng qatlamlari o`rtasida bunday mashqlarga
qiziqish o`sganligi burjuaziya xam o`z xukumronligini kuchaytirish vositasi
sifatida jismoniy tarbiya ko`proq qiziqa boshlagani sabab bo`ldi
Burjuaziya kapitalistika korxonalari uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va
bosqinchilik armiyasi uchun saldatlarga muxtoj edi. Bunga eski gimnastika
sistemalari allaqachonlar To`la yordam berolmay qolgan edi. Burjuaziya ananaviy
xalq o`yin kulgilaridan olingan atletik mashqlarga e’tibor Bera boshladi. Bular
orasida takomillashish jarayonida sportcha yugurish sakrash va uloqtirish tusini
olib yengil atletika sporti tarkibiga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtish
mashqlari xam bor edi.
Yengil atletika sportining ayrim turlari (Yugurish, nayza otish, sakrash, to’siqlar
osha Yugurish va xz) o’zoq vaqtlardan buyon Movaraunnahr o’lkasida istiqomat
qiluvchilarning shug’ulanib kelgan mashg’ulotlari, xususan, Sarmish (soyidagi )
tog’larida eramizdan bir necha asr oldin qoldirilgan rasmlarda yuguruvchi,
sakrovchi va nayza uloqtiruvchilarni tasviri qoldirilgan.
Buyuk mutafakir olim Abu Ali Ibn Sino bemorlarni davolashda gimnastika, suzish,
kurash bilan tez yurish, Yugurish,sakrash nayza otish, tosh ko’tarish mashqlaridan
unumli foydalanilgan. Johangir sarkarda bobokalonimiz Amir Temo’r esa o’z lashkarlarini jismonan
baquvvat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil atletika,past-balandi
joylarida yurish (kross), nayza otish, tosh irg’itish to’siqlardan sakrab yugiris h
mashqlaridan muntazam ravishda foydalangan.
Chor Rossiyasi Turkiston o’ lkasining bosib olgandan so’ng,shu o’lkaga
boskinchilik qilib kelgan yoki so’rgun qilinganlarning bolalari va
Peterbo’rk,Har’kov,Maskovadan ta’tilga chiqib, ota-onalarini ko’rgani kelgan
talabalar Toshkent va Skoblev (Farg’ona)da Yugurish, sakrash, to’p otish bo’yicha
havaskorlar to’garaklarini ochishadi.
O’zbekistonda yengil atletikani rivojlanish tarihi.
1916 yilda Farg’ona (Skoblev) shahriga yurish bo’yicha Rossiyada mashur
bo’lgan Lev Barxash keladi, u yengil atletika ishqibozlari to’garaklarini tuzib, ular
bilan birgalikda Marg’ ilon soy (Mustaqilik ko’chasi) qirg’og’ ida velosiped sporti
bo’yicha mashqlar va poyga o’tkaziladigan o’yingohlarni qayta ko’rib yugirish
uchun moslashtitish, 280 metirlik yugurish yo’ lagi ko’radi va hatto,sakrash uchun
kundoklar o’rnatadi.
U paytlarda sharlarda yengil atletika to’garaklarida,asosan,katta yoshdagi,juda
oz odamlar qatnashganlar. U ham bo’lsa,sport ishqibozlari jamiyatlari, xususan
sport klublari va skavo’tlari tashkilotlari a’zolari bo’lgan.
Oktyabr inqilobidan so’ng jis moniy tarbiya va sportning ommoviy rivojlanisiga
katta e’tibor beriladi.Turkiston Respublikasi Xalq ta’ limi komissariati qoshida
1919 yilda sport kollegiyasi (komissiyasi) tuziladi. U umumiy Harbiy ta’lim bosh
boshqarmasi tamonidan moydonlarda nomoyish etiluvchi sport chiqishlari hamda
turli musabaqalarni tashkil etish,shuningdek o’quvchilar bilan o’tkaziladigan
jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga rahbarlik qilgan.
Sportning boshqa turlari qatorida shu yili yengil atletika bo’yicha uyushgan
mashg’ulotlar tashkil etilagn. 1920 yilning oktabrida Toshkentda 1 O’rta Osiyo
Olimpiadasi o’tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shahmat va
sportning milliy turlari bo’yicha musobaqalar kiritilgan.
Yengil atletika bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda Farg’ona shaxri jamoasi
quvonchli zafarlarni qo’ lga kiritgan. Dasturga kiritilgan 12 turning 8 tasida
mazkur jamoa a’zolari nafaqat bir marotaba, hatto ikki marotaba birinchi o’rinni
egallashadi (G. Bernadskiy, D. Dadoshevich akauka Bo’rmakinlar). 8x100 m
estafetasida esa farg’ona jamoasi boshqalardan ancha o’zgan holda g’alaba
qozonadi.
Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantrishga bo’ lgan ehtiyoj 1921
yilda “Turkfront”ning umumta’lim boshqarmasi qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha
Markaziy kengash tuzishga olib keladi.
1920-30 yillarda malakali mutaxassislarga bo’lgan talab kuchli edi. SHuning
uchun 1921 yildan boshlab Turkfrontning umumta’ lim tizimida uch oylik
ko’rsatlar ochilib, jismoniy ta’lim muallimlarini tayyorlash ishlari amalga
oshiriladi. 1926 yildan esa kasaba uyushmalari o’z kengashi bo’yicha sanoat
korxonalarida ishlash uchun jis moniy qo’riqchilarini tayyorlashga kirishadi.
1922 yilda yengil atletika bo’tsicha Turkiston Respublikasi sportchilari qo’ lga
kiritgan g’alabalarining 1jadvali tuziladi. SHu davrning yetuk yengil
atletikachilari: N. Ovsyannikov, P. Taranov, YA. Valishevlar ishchi va dehqonyoshlarni yengil atletika ishqibozlari to’garaklariga jalb qilish bo’yicha faol ish
olib borishadi.
1924 yilning mayida Toshkentda, o’ lkada, birinchi o’yingoh (keyinchalik
Pishevik deb nomlangan) ochiladi. Hozir uning o’rniga V. S. Mirofanov nomli suv
sporti saroyi barpo etilgan. SHu yilning avgust oyida Umum turkiston jismoniy
madaniyat bayrami o’tkazildi. Sportning to’qqiz turi bo’yicha nafar sportchi
qatnashgan.
O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’ iston davlat milliy tuzilishiga ko’ra,
1924 yilda O’zbekiston SSR tashkil topdi. SHu yildan boshlab O’zbekistonning
yengil atletika, bo’yicha qo’lga kiritgan g’alabalari rasman qayd etila boshlandi.
Sobiq O’zbekiston Kompartiyasining II sezdi qarorlarini bajara borib,
respublika o’z zimmasiga oldi. Yengil atletika mashg’ulotlariga qishloq yoshlari
jalb qilina boshlandi.
1926 yilning 15 iyulida Toshkentning SHayxontoxo’r tumanida eski shahar
(“Spartak”) stadionining tantanali ochilishi bo’ldi. 1927 yildagi 1 umum o’zbek
Spartakiadasi, 1928 yildagi ikkinchi ana shunday spartakiada I Butun Ittifoq
spartakiadasi oldidan o’tkazildi.
1927 yilda toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay ovsyannikov Yuguris h
bo’yicha to’siqlar osha 110 metrni 17. 0 sek yugurib o’tdi hamda balandlikka
sakrash bo’yicha sobiq SSSR rekordini o’rnatdi. U vatan yengil atletikachilar i
orasida birinchi bo’lib “17 sekund” marrani egalladi. Bir yil o’tgach, I
Umumittifoq spartakiadasida N. Ovsyanikov masofani 16. 2 sek da yugurib o’tdi.
So’ngra u masofani 15. 2 sek chopib o’tadi. Biroq sportchi Yugurish chog’ ida ikki
to’siqni yiqitib o’tganligi uchun bu natija qayd etilmadi hamda bu marra rekord
sifatida qabul qilinmadi.
Moskvada o’tgan I Butunittifoq spartakiadasida o’zbek yengil atletikachilar i
ishtirok etishdi. N. Ovsyannikov 110 metr Yugurishda (16. 2), YU. Dunaev
baladlikka sakrashda (175) va uch hatlab sakrashda ikkinchi o’rin (12. 75), A.
Tikunova lappak otishda ikkinchi o’rin (25. 33), Z. L. Rikova ayollar ichida langar
cho’p bilan balandlikka sakrashda birinchi o’rinni egalladilar.
1929 yil bahoridan boshlab respublika poytaxti Toshkentda “Pravda
Vostoka” gazetasini sovrini uchun shahar ko’chalari bo’ylab estafeta musobaqasi
o’tkazila boshladi. Samarqand, O’rganch, Buxoro kabi respublikaning boshqa
shaharlarida ham shunday estafetalar tashkil etiladi. Ushbu holat aholi o’rtasida
yengil atletika sportini ommaviy ravishda targ’ ibot va tashviqot ishlarini olib
borishning dastlabki harakati bo’ lgan.
1934 yildan o’zbek yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar o’tkaza
boshlaydi. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda Qozog’ iston
Respublikasi qonkursdan tashqari ishtirok etdi). 1934 yilning 512 sentabrida
bo’lib o’tdi. Erkaklarni musobaqa dasturning 16 turidan o’ntasida o’zbek
sportchilari (E. Po’tsillo 100, 200 va 400 metrga Yugurish, V. TSexmestrenko
3000 va 1500 metrga Yugurish, V. Bezrukov: 500 va 1000 metrga Yugurish, YU.
Dunaev to’siqlar ora 100 metrga Yugurish, E. Rubyashev balandlikka sakrash, N.
Bespakoynov uch hatlab sakrash) g’alabani qo’lga kiritishadi.
Ayollar dasturi bo’yicha yetti tur o’tkazilib ularni barchasida o’zbek
sportchilari (L. SHaternikova 100 metrga Yugurish va balandlikka sakrash, M.
Toporova Yadro irg’ itish va nayza otish, T. Ko’zneova lappak otish, T. Basharina
uzunlikka sakrash, 800 metrga Yugo’rish) g’alabani qo’ lga kiritadi.
Musobaqalarda o’zbek sportchilarining birinchi o’rinlarni egallashlarida
o’sha davr sportning yetuk mutaxassislari bo’ lgan N. Ovsyannikov, P.
Kravchenko, P. Klyazu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari katta
bo’lgan.
1936 yilning sentabrida IV Umumo’zbek spartakiadasi o’tkazildi.
Spartakiadada yengil atletikachilar o’rtasida bo’ lib o’tgan musobaqalarda L.
SHaternikova, V. TSexmestrenko, M. Toporova, T. Vesednova, L. Olixova, A.
Kotsarevlar o’z yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord o’rnatilgan.
Spartakiadalar orasida musobaqalarni o’tkazish tizimi takomillashib borib,
unda ishtirok etuvchi jamoalar hamda shaxslarning soni ko’payib bordi.
Respublikaning kuchli sportchilari M. Toporova, L. Maksimicheva,
SHaternikova, A. Borisov, P. Taranev, V. TSexmistrenko, G. Kotsarev, A.
Kotsareva, L. Olixovlar, E. Po’tsillo, N. SevrYukova (Borisova), N.
Bespokoynov, F. Xasanova va boshqalar tomonidan o’rnatilagn rekordlar yana bir
yangilandi.
1937 yilda Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro va respublikaning
boshqa shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi shaharlarida
yengil atletika bo’ limlari mavjud bo’lib, birinchi sport maktablari ochildi.
Download 31,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish