Yer tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi. Suv-sug‘orma dehqonchilikda asosiy ishlab chiqarish vositasi. Reja



Download 288,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.02.2022
Hajmi288,38 Kb.
#445773
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu

Nazorat uchun savollar. 
1.
Tabiiy va yer resurslari tushunchalariga tavsif bering. 
2.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda yer qanday iqtisodiy ahamiyatga ega? 
3.Qanday 
hollarda 
yer 
umumiy 
ishlab 
chiqarish 
vositasi, 
mehnat 
predmeti va mehnat quroli hisoblanadi? 
4. Nima uchun yer qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi? 
5. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi nimada? 


6. Yer bilan ajralmas bog‘liq ishlab chiqarish vositalariga nimalar kiradi va ular 
qanday iqtisodiy ahamiyatga ega? 
7. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yer qanday vazifani bajaradi? 
8. Yer tuzishda ishlatiladigan «yer» tushunchasiga tavsif bering.
9.Ijtimoiy ishlab chiqarishda suv qanday iqtisodiy ahamiyatga ega? 
10. Qanday sharoitlarda suv umumiy ishlab chiqarish vositasi, meh- 
nat predmeti, mehnat quroli hisoblanadi? 
11. Nima uchun suv qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish 
vositasi deyiladi? 
12. Suvning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi nimada? 
13. 
Suv xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida qanday ahamiyatta 
ega? 
14.Qishloq 
xo‘jalik 
ekinlari 
hosildorligini 
oshirishda 
suvning 
ahamiyati qanday? 
 
Xo‘jalik yuritishning har qanday faoliyatida ishlab chiqarish jarayonini amalga 
oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratishda yer hududiy ba’zis bo‘lib hisoblanadi. 
Bunda yer to‘laligicha emas, balki uning ayrim uchastkalaridan sifatlariga va foydali 
hususiyatlariga qarab har hil maqsadlarda foydalaniladi. Shu bilan birga turli 
subektlar orasida bu hududlardan foydalanish bo‘yicha aniq munosabatlar paydo 
bo‘ladi. 
Yer munosabatlari - bu odamlar orasidagi yerni taqsimlash, unga egalik qilish 
yoki foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir. U ishlab chiqarish 
munosabatlarining asosiy qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazasi tarkibiga kiradi. 
Yer munosabatlariga boshqarish idoralari va fuqarolar, fuqarolar va ishlab 
chiqarish jamoalari (xo‘jaliklar) hamda ayrim fuqarolar orasidagi yerdan 
foydalanish bo‘yicha munosabatlari kiradi. 
Jamiyatniig yer tuzumi - bu jamiyatda mavjud va huquqiy belgilangan yerda xo‘jalik 
yuritish turlari va ularga mos mulkchilik turlari tizimi asosida vujudga kelgan yer 
munosabatlarining majmuidir. 
Yer munosabatlari yerlarni taqsimlash, har xil turdagi yer egaliklari va yerdan 
foydalanuvchilarni vujudga keltirish, mustahkamlash, yiriklashtirish (maydalash) va 
tugatish bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga oladi. 
Yer egaliklarn va yerdan foydalanuvchilar - bu korxonalar, shirkat va jamoa 
xo‘jaliklari, muassasalar, ayrim fuqorolarning aniq maqsad yo‘lida, belgilangan 
huquq va majburiyatlarga mos ravishda, yerdan foydalanish tartibidir. 
Yer tuzishda ishlatiladigan yer egaligi atamasi - aniq maqsad uchun belgilangan 
tartibda yerga egalik qilish huquqi bilan berilgan, aniq o‘rniga, maydoniga, yer 
turlari tarkibiga ega bo‘lgan va hududi aniq chegaralangan yer bo‘lagidir. 


Yer tuzishning asosiy vazifasi hududni tashkil qilishdan iboratdir. 
Hudud - bu yer yuzasining chegaralangan, o‘ziga xos tabiiy va antropogen 
(inson tomonidan yaratilgan) hususiyatlarga, resurslarga ega, joylashgan o‘rni, 
maydoni, shakli, relefi, kengligi va boshqa sifatlari bilan tavsiflanadigan bo‘lagi. 
Hududni tashkil qilish - bu yer yuzasining aniq bir qismini (yer bo‘lagini) tartibga 
keltirish, tuzish, aniq ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mos tushadigan 
tizimga keltirishdir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishda yer tuzish yerni tashkil qilish, undan ishlab 
chiqarish vositasi sifatnda foydalanish va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish 
bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni belgilangan darajada tartibga solish vazifasini 
bajaradi. 
Yer tuzish va yerdan fondalanishi tashkil qilish aniq iqtosodiy natijaga erishish 
uchun ho‘jalik faoliyatining hamma sohalarida mehnat jarayoni samarali tashkil 
qilishga qaratilgan. Shuning uchun ham yer tuzish ijtimoiy - iqtisodiy tushuncha 
hisoblanadi. 
Odamlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida yerdan oqilona 
foydalanish uchun hududni ishlab chiqarishning zamonaviy talablariga moslashga 
harakat qilib kelgan. 
Yer tuzishning maqsadi aniq iqtisodiy natijaga erishishdir. Buning uchun esa 
hududni ishlab chiqarishning hozirgi va kelajakdagi talablariga maksimal darajada 
moslash kerak. Shuning uchun ham yer tuzishdan ishlab chiqarish vositasi sifatida 
aniq iqtisodiy maqsad yo‘lida foydalanishni tashkil qiladi va u iqtisodiy tadbir 
hisoblanadi. 
Yer islohoti boshlangunga qadar O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan yer tuzumi 
asosan quyidagi hususiyatlarga ega edi : 
Davlat yerning yagona va mutloq egasi bo‘lib, yer faqat foydalanish huquqi 
bilan korxona, tashkilot, muassasa va fuqorolarga berilar va ajratiladigan yer 
maydoni katta bo‘lsa, u faqat oliy davlat idorasi (vazirlar kengashi) qarori bilan 
ajratilar edi. Yerdan foydalanish bepul bo‘lib, fuqarolarga yer faqat shaxsiy tomorqa 
sifatida, jamoatchilik asosida esa bog‘dorchilik va sabzavotchilik uchun ajratilar edi. 
Yerdan foydalanuvchilarga undan samarali foydalanish majburiyati yuklatilgan edi. 
Ammo bu yer tuzumi qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa 
tarmoqlarida yerdan samarali foydalanshni va oziq-ovqat muammosini 
muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlamaydi. Dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish 
imkoni yo‘q edi. Davlatning yerga bo‘lgan mutloq egaligi bozor munosabatlariga 
zid kelardi. 
Yer islohati - bu jamiyatdagi yer mulkchiligi turlarining o‘zgarishini, yerni bir 
yer egasidan yoki foydalanuvchidan olib, boshqasiga berishni va o‘zgarayotgan yer 
qonunlariga mos ravishda hududni tashkil qilish turlarini o‘zgartirishni talab 


qiladngan yer munosabatlariga o‘tishni hamda yer tuzumini o‘zgartirishni qonuniy 
rasmiylashtirishdan iboratdir. Islohat yerdan foydalanish, yerga egalik qilish va 
xo‘jalik yuritishning yangi turlariga birmuncha tez va bezarar o‘tishni ta’minlovchi 
tashkiliy, texnik iqtisodiy va huquqiy tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. 
Yer islohoti jarayonida quyidagi asosiy masalalar hal qilinadi: 
-
yerga bo‘lgan davlatning mutloq mulkchiligini bartaraf etish,
-
har bir insonning yer olishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarish,
-
bozor iqtisodiyotiga mos yer munosabatlariga o‘tish,
-
yer resurslarini boshqarishning asosiy qismini mahalliy boshqaruv organlariga 
o‘tkazish,
-
qonuniy ruhsat etilgan yer egaligi va yerdan foydalanishning barcha 
turlarining mustaqil rivojlanishini ta’minlash,
-
atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ahamiyatli ustivorliklarni ta’minlash. 
O‘zbekistonda yer islohatini o‘tkazishdan maqsad yerda xo‘jalik yuritishning 
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan barcha turlari teng rivojlanishi uchun 
sharoit yaratish, mamlakatimizda yangi demokratik yer tuzumini bunyod etish, yer 
islohotini amalga oshirish uchun hududiy sharoit yaratish, yer to‘g‘risidagi yangi 
qonun va qarorlarni amalga oshirish maqsadida yerni qayta taqsimlashdir. 
Yer islohotini o‘tkazish natijasida O‘zbekistonda yangi yer tuzumi yaratiladi. 
Unga yangi, oldin bo‘lmagan yer munosabatlari va yer mulkchiligi, yer egaliklari va 
yerdan foydalangan turlari xosdir. 
O‘zbekistonning hozirgi yer tuzumi quyidagi xususiyalarga ega: 
-
yer o‘sha hududda yashaydigan xalqlarning boyligidir,
-
fuqarolar yer olish huquqiga ega,
-
yer mulkchiligi turlarining har xilligi va tengligi,
-
yerda xo‘jalik yuritishning hamma turlarining teng rivojlanishi,
-
qishloq xo‘jaligi uchun yerdan foydalanishning ustivorligi,
-
davlatning yerga bo‘lgan mutloq egaligi bekor qilinishi,
-
yerni 
berish 
va 
olish 
vazifasi 
davlat 
mahalliy 
idoralari 
tomoni- 
dan amalga oshirilishi,
-
yerga egalik qilish va yerdan foydalanish yer solig‘i va ijara haqi 
ko‘rinishidagi to‘lovlar yordamida amalga oshirilishi,
-
yer 
mulkdorlari, 
egalari, 
foydalanuvchilar 
va 
ijarachilar 
huquq- 
lari qonun bilan himoyalanishi va kafolatlanishi,
-
yerdan 
samarali 
foydalanilishi 
va 
har 
qanday 
salbiy 
oqibalardan 
muhofaza qilinishi kerak,
-
yer egalari va yerdan foydalanuvchilar o‘z hududlaridagi qishloq ho‘- 
jalik ekinlariga, daraxtlarga, bino va inshootlarga egalik qilish huqu- 


qiga ega,
-
yer islohotini amalga oshirish davlat yer tuzish hizmati zimmasiga 
yuklangan. 
O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi» 1998- yil 28- aprelda Respublika 
Oliy Majlisining 11- sessiyasida qabul qilindi. U 14 ta bob 91 ta moddadan iborat. 
Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-
hozirgi 
va 
kelajak 
avlodlarning 
manfaatlaridan 
kelib 
chiqqan 
holda yer resurslarndan oqilona foydalanishni tashkil etishni huquqiy 
jihatdan ta’minlash,
-
xo‘jalik 
yuritishning 
barcha 
shakllarining 
teng 
huquqlilik 
asosi- 
da rivojlanishiga to‘liq sharoit yaratish,
-
yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini 
ta’minlash,
-
yer munosabatlarini zamon talabi darajasida tartibga solish. 
-
Yer davlatimiz hududida yashaydigan xalqlarning boyligidir. Yer mulkchiligiga 
davlat, jamoa-shirkat, jamoa-hissadorlik, shaxsiy mulkchilik turlari kiradi. Yer 
dehqon va shahsiy tomorqa ho‘jaliklarini yuritish, qurilish, jamoa bog‘dorchiligi, 
chorvachiligi uchun umrbod meros qoldirish huquqi bilan, fermer xo‘jaliklariga 
belgilangan muddatga ijaraga beriladi. 
-
Respublika yer fondi sakkizta toifaga bo‘linadi. 
-
Yer kategoriyasi - bu yer fondining aniq maqsad uchun ajratilgan va foydalanish, 
muhofaza qilish buyicha aniq huquqiy maqomga ega bo‘lgan qismidir. 
Qonunlarda unumdor yerlar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi uchun ajratilishi
ko‘zda tutilgan. 
-
O‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44457,9 ming ga, shu jumladan qishloq 
xo‘jalik yerlari - 31172,0 ming ga, shundan sug‘oriladigan yerlar 4297,9 ming ga, 
haydalma yerlar - 4081,8 ming ga (9,1%), shundan sug‘oriladigani 3339,4 minga. 

Download 288,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish