Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin, O'zbe­kistonda esa 18 tur o'simlik o'sadi



Download 29,5 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi29,5 Kb.
#553463
Bog'liq
1419523173 59793


Qovoqdoshlar oilasi

Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin, O'zbe­kistonda esa 18 tur o'simlik o'sadi.


Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik vа ko'p yillik o'tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) o'rmalab yoki barg qo'ltig'idan chiqadigan jingalaklar bilan ilashib o'sadi. Barg­lari oddiy, ketma-ket o'rnashgan, yaproqlari panjasimon bo'lingan yoki panjasimon qirqilgan. Gullari to'g'ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo'rg'oni mu­rakkab. Kosachasi 5 ta kosachabargning, toji ham 5 ta toj­bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bо'lib qo'shilgan, 1 tasi erkin. Ba'zi vakillarida hamma changchilarining iplari o'zaro qo'shilgan. Urug'chilari 3 ta, lekin ularning tuguncha vа us­tunchalari ham bir-biri bilan qo'shilgan. Tugunchasi ostki.
Qovoqdoshlarga mansub o'simliklaming gullari ayrim jins­li bo'lganligi uchun ularning changchi vа urug'chi gullariga alohida-alohida formula vа diagrammalar beriladi. Changchi gulining formulasi: K(5)T(5)Ch(2)+(2)+1U0 yoki K(5)T(5)Ch(5)U(O), urug‘chi guliniki К(5)T(5)Ch(0)U(3).
Qovoqdoshlaming mevasi - etdor, sersuv, soxta rezavor mеvа.
O'zbekistonda ko'plab ekiladigan bu oilaga mansub o'sim­liklardan biri oshqovoq (oyim qovoq)dir.
Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik sabzavot o'simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplan­gan, o'rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o'sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog'i 5-7 ga bo'lingan. Oshqovoq bir yillik o'simlik. Uning changchi va urug'chi gullari bitta tupda etishadi. Gullari sariq. Changchili gullari nisbatan yirik bo'lib, urug'chili gullardan oldinroq ochiladi, changchilari 5 ta, lekin ularning iplari bir-biri bilan qo'shilib bitta o'q hosil qiladi, changdonlari esa o'qni atrofidan o'rab turadi. Urug'chi gullari nisbatan kichikroq. Ularda 3 ta tumshuqcha­li bitta urug'chi bordek ko'rinadi. Aslida esa bu guldagi 3 ta urug'chi tugunchalarining va ustunchalarining qo'shilishidan hosil bo'lgan urug'chidir. Bunga qo'shilmay qolgan 3 ta tumshuqcha dalildir.
Oshqovoqning mevasi yirik, soxta rezavor mеva. Меva­ning tashqi qavati qattiq, ichki qavati esa shirador va etdor. Ovqatga ishlatiladi. Urug'ida 50 % gacha ovqatga ishlatiladi­gan yog'lar bor.
Qovoqdoshlar oilasiga mansub it qovun ekinlar orasida begona o'simlik sifatida uchraydi.
O'zbekistonda qovoq turkumiga oid 3 ta tur o'simlik ekiladi.
Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan shirin-shakar handalak, qovun-tarvuzlar hamda bodring, turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuyg'ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi.
Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish