Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   500
Bog'liq
bank ishi

[140]. Diversifikatsiya so‘zi lotincha «diversificatio» iborasidan 

olingan bo‘lib o‘zgarish, xilma-xil, taraqqiyot ma’nosini, ya’ni korxona 

(birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari 

turining kengayishi, yangilanib turishini bildiradi. 

Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish – bu investitsiya bilan 

bog‘liq risklarni kamaytirish usullaridan biridir. Diversifikatsiya qilish 

natijasida investitsiya portfelida turli xil, ko‘pdan-ko‘p qimmatli 

qog‘ozlar jamlanadi. Diversifikatsiya usulida investitsiya siyosatini 

amalga oshirishda qimmatli qog‘ozlarning turli xususiyatlarini hisobga 

olish lozim. Bular: 

 

ularning to‘lash muddati va sifati (ta’minlangani), emitentning 



salohiyati, qimmatli qog‘ozlarning sifati bo‘yicha diversifikatsiya qilinishi; 

 

qimmatli qog‘ozlarning geografik tarqalishi bo‘yicha diversifi-



katsiya qilinishi; 

 

qimmatli qog‘ozlarning to‘lanish muddati bo‘yicha majburiyat-



larning turi va boshqalar. 

Yuqoridagi belgilar bo‘yicha ta’minlanganligiga ko‘ra diversifi-

katsiya qila turib investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi. 

Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar portfelini diversifikatsiya 

qilishning quyidagi turlari mavjud. Bular qimmatli qog‘ozlarning turlari, 

muddati bo‘yicha diversifikatsiya qilish, qimmatli qog‘ozlarning 

emitentlari bo‘yicha diversifikatsiya qilish va boshqalar. 

Qimmatli qog‘oz sifatiga doir diversifikatsiyaning asosiy maqsadi – 

bu riskni minimallashtirishdir (u emitentning o‘z majburiyatlarini bajara 

olmay qolish ehtimoli bilan belgilanadi). Shu munosabat bilan aksiya 

sifatining ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha diversifikatsiya usuli ham 

mavjud bo‘lib, nazariyotchilar fikricha, u bir qator omillarni o‘rganib 

chiqishni talab qiladi. Bular emitent qanday faoliyat bilan shug‘ulla-

nishini, aksiya daromadi, dividend miqdori, kompaniya aksiyasining 

joriy narxi, zaxirasi, kompaniyani kim boshqarayotganligi va boshqalar 

bo‘lib, ko‘rsatilgan savollarga javobni emissiya prospekti va birja 

axborotnomalaridan olish mumkin. 



 

228


Qimmatli qog‘ozlarning geografik tarqalishiga nisbatan diversifika-

tsiya maqsadi – tegishli tumanlardagi iqtisodiy qiyinchiliklar ro‘y 

berganda yuzaga keladigan risklarni kamaytirishdan iborat. 

Qimmatli qog‘ozlarning to‘lash muddati bo‘yicha diversifika-

tsiyasidan maqsadi – foiz stavkalarining tebranishi bilan bog‘liq risklar-

ning oldini olishdan iborat. Bu investitsiya siyosatini amalga oshirishda 

tijorat banklari, odatda, qimmatli qog‘ozlarning tugatilish muddati 

bo‘yicha pog‘onali strukturadan foydalanadi.  

Qimmatli qog‘ozlarning foiz darajalari prognozi amaliyotda 

nazariyadan farq qiladi. Shuning uchun tijorat banklari prognoz 

natijalarining ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida foiz stavkalari 

tarkibini tahlil qiladilar. 

Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o‘z investitsiya siyosatini 

ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus 

investitsiya bo‘limlarini tashkil qilishadi. Bo‘limdagi xodimlar soni bir 

qator omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu omillar: qimmatli qog‘ozlar 

portfeli kattaligi, bo‘lim tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib 

olish bo‘yicha bajariladigan funksiyalarga, bankning mijozlariga 

ko‘rsatadigan xizmatlarga, qimmatli qog‘ozlar turi va sifatiga va 

boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘lim ishchilarining malakasi qanchalik 

yuqori bo‘lsa, ular bajarayotgan vazifa, ishning sifati ham shunchalik 

yuqori bo‘ladi. Mutaxassislar investitsiya dasturida ko‘zlangan maqsad 

va vazifalarni yaxshi tushunishlari, investitsiya xizmatlari bo‘yicha 

ma’lumotlarga ega bo‘lishlari, moliyaviy-iqtisodiy ma’lumotlardan 

xabardor bo‘lishlari, qimmatli qog‘ozlar bozorini mustaqil tahlil qila 

olishlari, qaysi qimmatli qog‘oz turlari bankka to‘g‘ri kelishi yoki 

kelmasligini aniqlashlari, daromadlilik egri chiziqlarining ko‘ra olishlari, 

bu bilan investitsiya faoliyatini boshqarishni ta’minlashlari lozim. 




Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish