"Yo`limiz mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo`li" risolasida I. A. Karimov davlatchilikning ahamiyat haqida gapirdi



Download 105,28 Kb.
bet1/3
Sana25.07.2021
Hajmi105,28 Kb.
#128139
  1   2   3
Bog'liq
Tarixga nazar tashlar ekanmiz






  1. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, shuni anglashimiz lozim, o`zbeklar qadimdan o`z davlatlariga ega bo`lgan xalqdir. Uning davlatchilik tarixi ilk bor xunlar, somoniylar, gaznaviylar, saljuqiylar, chig`atoy ulusi, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mag`itlar, Qo`qon va Xiva xonliklari. Buxoro amirligi orqali Turkiston muhtor jumhuriyati, Buxoro va Xorazm xalq jumxuriyatlari, nihoyat O`zbekiston Sovet sotsialiyatik respublikasi orqali O`zbekiston Respublikasi shakliga yetib keldi.

Xalqimizning boshidan kechirgan o`ta mashaqqatli, murakkab hayoti uning ma’naviyatida hokimiyat va uning istiqloliga chuqur ta’sir etdi.

Erksevar o`zbek xalqi qo`lga kiritgan mustaqimllikka osonlikcha erishmadi. O`zbekiston davlatining ilk qadamlari taraqqiyoti mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi.

"Yo`limiz mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo`li" – risolasida I.A.Karimov davlatchilikning ahamiyat haqida gapirdi.

XV asrning o`rtalariga kelib, Mirza Ulug`bek vafotidan keyin (1449 yil) Temuriy shahzodalar o`rtasida toju-taxt uchun kurash yana avj oldi. Abulqosim Bobur va Abdusaid sultonning faoliyati ham o`zaro urushlarga barham bera olmadi. 1469 yilga kelganda Xurosonda Xusayn Bayqaro xokimiyatni egallab, bu xududlarda nisbatan tinchlik o`rnatdi. Uning do`sti buyuk Alisher Navoiy muxrdor, vazir, Astrabod hokimi lavozimlarida ishlab Xurosonning ijtimoiy – siyosiy hayotida katta rol o`ynadi. Navoining sa’iy – harakatlari bilan Hirotda ilm-fan, madanimyat gurkirab rivojlandi. Feodal urushlarga nisbatan barham berildi.

Movarounnaxrda esa bu davrga kelib feodal tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharda temuriy shahzodalar o`zlarning mustaqil hukmronligini o`rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o`zaro kurashlarda Dashti Qipchoq o`zbeklari kuchlaridan flydalanishar edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxon nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo`lsa, oradan uch yil o`tgach Abdulxayrxon Muhammad Juqiyga hokimiyatni egallashga ko`maklashdi. Bu o`zaro kurashlar Movoraunnaxr axolining axvolini yomonlashishiga olib keldi.

XV asr oxirlariga kelib, Movarounnaxrda temuriylarning bir-biridan o`zaro mukstaqil bo`lgan hokimiyati vujudga keldi: I. Samarqandda sulton Ahmad Mirzo hukmronligi; Toshkentda Sulton Maxmud Mirzo hukmronligi; Andijonda Umarshayx Mirzo xukmronligi. Bu uchchala davlatning o`zaro urushlari Movarounnaxr ahlining temuriylaridan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriylarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abdulxayrxonning nevarasi Muhammad Shohbat Shayboniy Dashti Qipchoqda ko`chmanchi o`zbek urug`larini birlashtirib, o`z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.

Shayboniyxon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo`zg`ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487 – 1488 yillarda O`tror. Sayram, Yassa (Turkiston), Sig`noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnaxr xududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi.

Mahalliy xukmdorlar o`rtasidagi o`zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida jangsiz egalladi. Ko`chmanchi o`zbeklar bir necha oy shaharni shavqatsiz talon-taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zaxriddin Muhammad Bobur o`sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini egalladi. Ammo mahalliy oq suyaklarning ko`pchiligi Boburni qo`llab quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo`lgan jangda yengiladi va Samarqandni ko`chmanchi o`zbeklarga topshiradi.



Ko`chmanchi o`zbeklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Xisor (1504), Urganch (1505), Xirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg`oniston xududlarigacha cho`zilgan yerlarda markazlashgan Shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatdagi feodal tarqoqlik hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib kelgan bo`lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo`yib mamlakatning birligini mustaxkamlay oldi. Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron Shohi Ismoil 1 tomonidan to`xtatildi. 1510 yil Marv atroflarida bo`lgan jangda ko`chmanchi o`zbeklar qo`shinlari, tor – mor etildi va Shayboniyxon halok bo`ldi. Eroniylar tomonidan qo`llab – quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Qo`lob, Kunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo, 1512 yilda shayboniylardan bo`lgan Ubaydulla Sulton qo`shinlari G`ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarni uchratdi. Shundan so`ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Xindistonda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Ko`chmanchi o`zbeklar esa Movarounnaxrda o`rnashib qoldilar.

  1. Xonlikdagi qo’shin tuzilishiga doir ayrim ma’lumotlarga ko’ra, u asosan otliqlardan tashkil topib, markaz, o’ng va chap qanotlarga bo’lingan. Markaz harbiy qismining oldingi safida bayroqdor jangchilar turgan. Rus manbalarining ko’rsatishicha, xonlik qo’shinida misdan 13 ta kichkina to’p, yetarli darajada porox bo’lgan. XVIII asrning oxirgi choragiga doir ma’lumotlarga qaraganda, xon 10 ming kishi atrofida qo’shin to’plash imkoniga ega edi. XIX asrning boshlarida cho’yandan yasalgan to’plardan foydalanilgan. Mazkur asrning 30-yillarida yollanma askarlarning soni 19 ming kishiga borib, turli shahar va harbiy istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. XIX asrning o’rtalarida esa, harbiy qismlarning soni ancha oshib, to’plardan va miltiqlardan foydalanish nisbatan kuchayib bordi. Qo’shinda askarlarning soniga qarab yuzboshi va mingboshi singari harbiy lavozimlar mavjud edi. Umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi ado etgan.

Madaniy hayotda ham ancha ishlar qilingan. Xon saroyida nodir asarlarni o’z ichiga olgan kutubxonaning bo’lishi diqqatga sazovordir. Misol tariqsida Abdulazizxon va Abdullaxonning kutubxonalarini ko’rsatish mumkin. Bu ilm-ma’rifat dargohida mohir xattotlar va musavvirlar ishlab nodir asarlarni tayyorlash va bezashga alohida ahamiyat berilgan. Adabiyot, tarix va boshqa fanlar sohasida qimmatli asarlar yaratilganligi ma’lum.


Download 105,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish