Yomg‘ir haqida ballada



Download 18,59 Kb.
Sana21.03.2022
Hajmi18,59 Kb.
#505080
Bog'liq
YOMG\'IR


YOMG‘IR HAQIDA BALLADA
Bulutlar kiftida etdim sayohat,
Osmondan yergacha yo‘lni taradim.
Uchib derazangga yetdim nihoyat,
Men – yomg‘ir! Qaragin, jonim, qaragin!
Derazangni chertdim – berilib chaldi
Kuzning bayotini ho‘l barmoqlarim.
Kuzak – ham yaratib bahaybat cholg‘u,
Gulxanida yondi, voh, oyoqlarim.
Derazangni cherdim. G‘ussalaring mo‘l
– Seni asragaylar dunyodan uzib.
Tashqariga qara, yonoqlari ho‘l –
Oynaga yuz bosmish sog‘ingchning yuzi.
To‘rt devor ichinda mendan mosuvo,
Yashaysan bir sirni yurakka yutib:
Mendan yashirinding shift tagiga, o –
Derazaga hayron pardalar tutib.
Tashqariga qara! Tengman tuproqqa
– Hijron bilan og‘ir bahslarga tushdim.
Samoni unutdim – keldim so‘roqlab
– Qanday osmonlardan pastlarga tushdim!
Meni eshitmaslik mumkinmas... Oxir
Eshiging ochildi – ko‘rdim ko‘zingni.
Ammo sen junjikib, entikib og‘ir
Soyabon tagiga olding o‘zingni.
Sen meni sevmaysan...Yomg‘irman nochor
– Soyabon sathida bekor urindim.
Goho etagingga yetdim beozor,
Goho etigingga bebaxt surindim.
Sening liboslaring qanday chiroyli,
Ufurar bo‘yningda qanday atirlar:
Borasan – go‘yoki bir go‘zal oyni
Avaylab chulg‘amish harir abrlar.
Yozlik surgunimda – dillarim pora
– Sog‘indim men seni – yuragim taqir.
So‘ra, mayda qolgan maysadan so‘ra
– Men ham yomon yomg‘ir emasdim, axir.
Endi kuz sevgimni soldi qo‘shiqqa,
Hajringda vujudim tobora ravshan...
Manzilga yetasan. Nogoh eshikda
Meni soyabondan silkib tashlaysan.
Seni ostonada quchadi birov.
Gul kabi hidlaydi seni – to‘ymaydi.
Yog‘aman, yog‘aman – ravishim yig‘lov
– Bundan ketay desam sog‘inch qo‘ymaydi.
Ko‘chada izg‘irin bo‘ldi alaming!
Olam – g‘aming to‘la bir baytulxazan.
Derazani tutdi tumanli tanim,
Derazani chertdim: – Seni sevaman!
Oq uchqun tanimni o‘tdi oralab, Umrim tugayapti – yo‘qdir daraging,
Muzlagan labimga biri qo‘ndi jim: Sensiz vujudimda qancha toqat bor? ...
Taqdir shu kechda yetdi oralab Tongda derazani ochding. Qarading
– Fojea yetishdi chog‘i, sevgilim! – Tashqarida qordir, tashqarida qor...
Usmon Azim
Download 18,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish