Yoʻnalish: oʻzbek tili Guruh: 304 Talaba: Qodirova Muattar



Download 28 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi28 Kb.
#95827
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi.2-amaliy


Yoʻnalish: oʻzbek tili

Guruh: 304

Talaba: Qodirova Muattar

Fan nomi: oʻzbek adabiyoti tarixi

2-amaliy mashgʻulot

Mavzu: Komil Xorazmiy hayoti va ijodiga oid ilmiy asarlarni oʻrganish.

Reja:


1. Komil Xorazmiy hayoti va ijodi.

2. Komil Xoarzmiyning ilmiy asarlari.

3.Shoir asarlaridagi axloqiy-taʼlimiy qarashlar.

Komil Xorazmiy XIX asrda yashab ijod etgan maʼrifatpavrar shoir, sanʼatkor, xattot, davlat arbobi, oʻz davri ilgʻor madaniyatining mashhur vakillaridan biridir. Komil – shoirning adabiy taxallusi boʻlib, uning asl nomi Pahlavon Niyoz Muhammaddir. Pahlavon Niyoz Muhammad 1825 yilda Xivada mudarris Abdulla Oxun oilasida tugʻildi. U dastlabki saboqlarni mahalla masjidi qoshidagi maktabdan, soʻng oʻz otasidan oldi. Abdulla Oxun oʻgʻliga arab, fors tillarini oʻrgatdi va adabiyotga havas uygʻotdi. Komil mahalla maktabini tamomlagach, Xiva shahridagi madrasalardan birida tahsil koʻradi. U mumtoz adabiyot vakillarining ijodini zoʻr havas bilan oʻrganadi. Navoiyni oʻziga ustoz bilib, unga taqlidan sheʼrlar yoza boshlaydi va tez orada mashhur shoir boʻlib yetishdi. U musiqa va xattotlik sanʼatini ham madrasada oʻqib yurgan davrida oʻrgangan edi.

Komildagi isteʼdodni koʻrgan Xiva hukmdori Said Muhammad (1856–1865) uni saroyga tortadi va u xon saroyida xattot, Muhammad Rahim II – Feruz (1865–1910) davrida esa mirzaboshi va devonbegilik lavozimlarida xizmat qiladi.

Komil oʻz asarlarida anʼanaviy ishq-muhabbat, may-muhbub, maʼrifatparvarlik, tinch-totuv yashash gʻoyalarini targʻib qiladi. Ammo shoir ijodida maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchi oʻrinni egalladi. Bunga shoirning “Kamol”, “Dar bayoni taʼrifi va tavsifi Toshkand”, “Tillo soat” kabi asarlari yaqqol misol boʻladi. Komil 1891 yil sentyabr oyida Peterburgga borayotib Toshkentda toʻxtab, “Turkiston viloyatining gazeti” tahririyatining iltimosi bilan “Toshkent” deb nomlangan qasida yozadi. Uning bu qasidasi oʻzbek adabiyotida yangi ijtimoiy taraqqiyotni aks ettirgan yirik sheʼriy asardir.

Peterburg, Maskov, Toshkent kabi shaharlarni tomosha qilish, xalq ahvoli bilan tanishish shoir qalbidagi vatanparvarlik hissini yanada kuchaytirdi. Vatan taqdiri va uning kelajagi shoirga tinchlik bermadi. Shuning uchun ham shoir oʻz sheʼrlaridan birida:

Ne sud ochilsa gul, oʻlsa bahor gʻurbat aro,

Mengaki boʻlmasa yoru diyor gʻurbat aro,

Ochilmadi chamaniston havomidin koʻnglum,

Koʻzimga gul erur andoqki, xor gʻurbat aro.

Chiqay Vatan sadafidin dema guhar yangligʻ,

Garchi boʻlsa senga eʼtibor, gʻurbat aro, –

deb oʻz elida, diyorida turib oʻzini gʻurbatda his qiladi.

Komil birinchi boʻlib oʻzbek nota yozuvini ixtiro qildi. Feruzning farmoni bilan “Tanbur chiziqlari” deb ataluvchi Xorazm notasini yaratdi va “Rost” maqomining bosh qismini notaga tushirdi. Komilning “Rost” maqomiga bogʻlangan “Murabbai Komil”, “Peshravi Feruz” singari kuylari notaga yozilgani holda hozirgacha saqlanmoqda va xonanda, sozandalar tomonidan kuylanmoqda.

Shoirning bu ishini oʻtli Muhammadrasul Mirzo davom ettirib, Xorazm maqom kuylari uchun nota asosida musiqa yaratdi. Taniqli kompozitor Matniyoz Yusupov esa besh tomlik Xorazm maqomlari kitobini nashrdan chiqardi va keng oʻquvchilar ommasiga taqdim qildi.

Komilning madaniy-adabiy merosi xilma-xil va boydir. Ularning koʻpchiligini anʼanaviy sevgimuhabbat mavzusi tashkil qiladi. Bu mavzuda koʻp asarlar yozilgan boʻlsa ham, shoir unga oʻzining yangi sheʼru dostonlari bilan munosib ulush qoʻshdi. Xususan shoirning:

Yigʻlatur oshuqlaring laʼli labing xandasi,

Tubiyu shamshod erur sarv qadding bandasi,

Husnu jamol avjining mehri duraxshandasi,

Koʻrsa mehr orazing, boʻlgʻusi sharmandasi,

Soʻyla mango ey sanam, kimni sevar yorisan?

kabi otashin satrlari kishini beixtiyor maftun etadi, uni oʻylashga, fikrlashga undaydi. Misol uchun: “Yigʻlatur oshuqlaring laʼli labing xandasi”. Ajab, nima uchun oshiqni maʼshuqaning labini xandasi yigʻlatadi? Chunki oshiq sevgilisining vasligayetolmaydi. U hijron azobida oʻrtanadi. Maʼshuqa esa uning bu ahvolini labda xavda bilan tomosha qilib turadi. Maʼshuqa jafo qilsa ham oshiq uvdan nari ketaolmaydi. Negaki maʼshuqa benihoya goʻzal. Uning qomatiga tubiyu shamshod banda, gulgun yuzidan quyosh sharmanda. Qarang, shoir bir necha misraga qancha maʼnoni jo qilgan. Navoiy, Munis, Ogahiy kabi shoirlarning ijodi Komil uchun adabiy maktab boʻldi. U oʻz salaflari ijodini chuqur oʻrgandi. Ularning asarlarida kuylangan insonparvarlik, adolatparvarlik gʻoyalaridan ijodiy foydalavdi. Shuning uchun shoir ijodida xalqchillik gʻoyasi alohida oʻrin egalladi. Bu gʻoya Komil asarlarining magʻz-magʻziga singib ketgan.

Komil yashagan davrda Xiva xonligi Rus chorizmining vassali boʻlib, xalq turmushi nihoyatda ayanchli ahvolda edi. Zulm va zoʻrliklarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan shoir mehnatkash xalq hayotiga achindi, uni yengillashtirish choralarini izladi. Ammo topolmadi. Shuning uchun u xon va uning amaddorlarini insof va adolatga, mehr-shafqatga daʼvat etdi:…Gar oltin qasr esa johing, ulus holiga rahm etgil, Sendek necha shahanshohni oʻtkardi bu ayvon…

Komil oʻzbek mumtoz adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirdi, ijodiy rivojlantirdi. Shuning uchun uning koʻpgina asarlarida hukmron tabaqalarning johilligi, munofiqligi, shafqatsizligi fosh etilgan. Bunga shoirning “Tamaʼ”, “Roʻza”, “Mulloimom” kabi sheʼrlari yorqin misol boʻladi.

Komil fors tilini ham yaxshi bilardi. Xiva xonligvdagi adolatsizlik, jabrzulmni turmush illatlarini fosh qilishda fors tilidan ham unumli foydlandi. Shoirning “Algʻiyos”, “Zi bedodi gardun”, “Dod az dasti charxi dun” matʼlai bilan boshlanadigan gʻazallari isyonkorlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan. Komil odamlarni ezgulikka daʼvat etadi. Yemonlik qilishdan, qabohatdan nari yurishga chaqiradi. “Kim kimga choh qazisa oʻzi shu chohga yiqiladi” degan fikrni ilgari suradi:

Birovni yoqsa kishi yongay oʻzi ham ul oʻtda,

Ki shamʼ oʻrtadi parvonalarni topdi gudoz.

Komil mohir xattot edi. U koʻpgina badiiy asarlarni va devonlarni chiroyli qilib koʻchirdi. Koʻplab xattotlar yetishtirib chiqardi. Ustod Muhammad Panoh, Xudoybergan Muhrikon, Sharif Tarro devon, Matyoqub Xarrot devonlar shular jumlasidandir. Komil Xorazmiy va uning shogirdlari tomonidan koʻchirilgan devonlar jahonning bir qancha mamlakatlari kutubxonalari fondlarida koʻz qorachigʻidek saqlanmoqda.

Komil Xorazmiy xattot boʻlish bilan birga mohir tarjimon ham edi. U XVIII asrda yashab oʻtgan Barxoʻrdor bin Mahmud turkman Mumtozning “Mahbub ul-qulub” asarini tarjima qilgan. Asar nasriy yoʻlda yozilgan boʻlib, kichik-kichik hikoya va latifalarni oʻz ichiga olgan.

Faxriddin Ali Safiyning “Latoif at-tavoyib” (“Turli toifalarning latifalari”) asarini tarjimasi ham Komil Xorazmiy qalamiga mansubdir. Kitobdan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa mashhur kishilar haqidagi hikoya va latifalar oʻrin olgan.

Komil Xorazmiy bu asarlarni tarjima qilish bilan birgaularga ayrim oʻzgarishlar ham kiritgan, baʼzi hikoyalarni qayta ishlagan, kitobning uslubini oʻz davridagi kitobxonlarning did va saviyasiga moslashtirgan.



Bir soʻz bilan aytganda Komil Xorazmiy oʻzbek mumtoz adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirdi va ilgʻor adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdi. Oʻz xalqini maʼrifatli, diyorini ozod, obod, farovon koʻrishni orzu qildi. Shoirning orzulari faqat bizning kunlarimizda roʻyobga chiqdi.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish