Yonish reaksiyalari Yonish reaktsiyasi ta'rifi va namunalari



Download 1,23 Mb.
bet2/3
Sana18.04.2023
Hajmi1,23 Mb.
#929639
1   2   3
Bog'liq
3.Yonish reaksiyalari

Yonish nazariyasi



XVIII asrning ikkinchi yarmida kimyo fani yuksalish jarayonini boshlab yubordi. Kashfiyotlar kashfiyotlarga, ixtirolar ixtirolarga ulanib ketdi. Bu davrda qator ajoyib va iqtidorli tajribakorlar – Pristli, Blek, Sheele, Kavendish va boshqalar yashab, ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Blek, Kavendish va ayniqsa Pristli ishlarida bu o‘sha vaqtgacha misli ko‘rinmagan yangi kimyoviy dunyo – gazlar olami namoyon bo‘la boshlaydi. Tadqiqot usullari doimiy takomillashib bordi. Blek, Kronshted, Bergmann va boshqalar ilmiy tajribaviy tahlilning yangidan yangi qirralarini ochib, kimyoviy tahlillar sifatini yangi bosqichga ko‘tarishdi. Bu ulkan hajmdagi ishlar natijasida ko‘plab yangi kimyoviy elementlar ochildi, birikmalar kashf etildi.
XVII va XVIII asrlar chegarasida olmon kimyogari Georg Ernst Stal (1659 – 1734) «Flogiston nazariyasi» deb ataladigan, mohiyatiga ko‘ra dastlabki kimyoviy nazariyani o‘rtaga tashladi. U o‘z mazmuniga ko‘ra xato bo‘lib chiqqan bo‘lsa hamki, lekin fanga boshqa jihatdan naf keltirdi. U yonish va metalllarni toblash (kalsinatsiya) jarayonlarini yagona nuqtai nazardan bog‘lab o‘rganib, mazkur jarayonlar bo‘yicha tekshirishlarni tizimli asosga keltirishga sababchi bo‘ldi.
Stal turli moddalar va metallar o‘z tarkibida maxsus «yonuvchanlik muqaddimasi» - flogiston tutadi deb hisoblar edi. Metallarni qizdirish natijasida ular o‘zlaridagi flogistonni yo‘qotadilar, ya’ni flogiston oksidlarga aylanib ketadi deb o‘ylardi. Uning fikriga ko‘ra, oksidlanish jarayonlari, flogistonni yo‘qotish bilan, aksincha tiklanish (qaytarilish) jarayonlari esa moddalarning, metallarning flogistonga qayta ega bo‘lishi bilan bog‘liq edi. Flogiston ta’limotining tanqidiy o‘rganilishi, kimyo fanining har tomonlama rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi.
Biroq, kimyodagi asosiy hodisalar – yonish va oksidlanish jarayonlari, va umuman havoning tarkibi, kislorodning ahamiyati, kimyoviy birikmalarning (oksidlar, kislotalar, tuzlar va ho kazo) asosiy guruhlarining tuzilishi – haligacha tushuntirib berilgan emasdi. Aksincha, dalillar yig‘ilib bordi, g‘oyalar va ta’limotlar esa chalkashib ketdi. Stalning durustgina flogiston nazariyasi, uning izdoshlari tomonidan qanaqadir fantastik-yonish nazariyasiga chalkashtirib tashlandi: endilikda bu yaxlit nazariya bo‘lmay, o‘nlab bir biriga zid va har muallifda yetarlicha keng miqyosda o‘zgaradigan mujmal nazariya edi.
XVIII asr o‘rtalarida katta sahnaga pnevmokimyo chiqib keldi. Unga ko‘ra barcha gazlar kimyoviy nuqtai nazardan tekshirilar edi. Uning eng katta yutuqlaridan biri kislorodning kashf etilishi bo‘ldi. Kislorodning mustaqil kimyoviy element sifatida o‘rganilishi va uning tabiatini tadqiq qilinishi farang kimyogar olimi Antuan Lavuazega flogiston nazariyasini kimyo taxtidan tushirishga va kislorodli yonish nazariyasini shakllantirishiga imkon berdi. Kimyoviy tahlilning yuksak yutug‘i bo‘lishi bilan birgalikda bu hodisa dastlabki kimyoviy inqilobni ham boshlab bergan edi.

Loran Antuan Lavuaze (1743—1794) 1743 yil 28 avgustda advokat oilasida dunyoga keldi. Boshlang‘ich ta’limni Mazarini kollejida oldi. U nihoyatda qobiliyatli bo‘lganligi va doimiy a’loga o‘qiganligini kollej arxivi hujjatlaridan aniqlashgan. Kollejni tamomlagach, u huquq fakultetiga o‘qishga kiradi va 1763 yilda bakalavr darajasini, keyingi yilda esa huquq litsenziati darajasini qo‘lga kiritadi.
Yuridik fanlar Lavuazening ko‘p tomonlama qiziquvchanligiga to‘liq mos kelmas edi. Huquq sohasidagi amaliyotlarni ham davom ettirgan holda, Lavuaze o‘sha davrning taniqli astronomi – Lakayl qo‘l ostida matematika va astronomiyani o‘rganishga kirishdi. Lakaylning Mazarini kollejida kichik rasadxonasi bo‘lib, u koinot bo‘yicha kuzatuvlarni muttasil olib borar edi. Shuningdek u buyuk farang botanigi Bernar Jyusyedan gerbariylar yig‘ishni va botanik tahlil qilishni; Fransiyaning birinchi mineralogik xaritasi muallifi – Getardan mineralogiyani; hamda Ruel ismli olimdan kimyoni o‘rganishga kirishdi.
Lavuazening birinchi ishlari o‘zining o‘qituvchisi va do‘sti Getarning ta’siri ostida yozilganligi sezilib turadi. Getar 1763 yildan boshlab qator ekskursiyalar uyushtirgan bo‘lib, Lavuaze unga uch yil davomida hamkorlik qilgan. Uning bu ekskursiyalar natijasidagi yiqqan ma’lumotlari asosida uning birinchi ilmiy ishi – «Gips turlarini tadqiq qilish» dunyo yuzini ko‘rdi.
Getar bilan qilingan 5 yillik hamkorlikdan so‘ng, 1768 yilda, Lavuaze 25 yoshga to‘lganida Fransiya Fanlar Akademiyasiga a’zolikka qabul qilindi.
Lavuaze hayotida qat’iy tartiblarga amal qilib yashagan. U o‘zi uchun kuniga 6 soat: tongi 6 tan 9 gacha va oqshomdagi soat 19 dan 22 gacha faqat fan bilan shug‘ullanish; qolgan vaqtlarni ham, tartibli ravishda, akademik faoliyat, turli komissiyalardagi tashkiliy ishlar hamda ijara masalalari kabilar bilan shug‘ullanishga taqsimlagan. Haftada bir kunni Lavuaze to‘laligicha fanga bag‘ishlar edi. U erta tongdanoq laboratoriyadan joy olib, o‘z hamkasblari bilan tajribalarni takrorlar, kimyo fanining dolzarb masalalarini muhokama qilar edi. Uning hamkasblari orasida o‘sha davrning mashhur olimlari Laplas, Monj, Lagranj, Giton Morvo va Makker kabilarni uchratish mumkin edi. Lavuaze laboratoriyasi o‘z davri kimyo fanining markaziga aylandi. U yangi jihozlar va asbob uskunalar sotib olishga, ularni o‘rnatish ishlariga katta miqdordagi mablag‘larni sarf etdi.
Bu davrda hali kimyoning asosiy qonuniyatlari ochilmagan, tahlil uslublari shakllanmagan, asosiy kimyoviy hodisalarning tabiatini tushuntirib beruvchi mukammal ta’limot yuzaga kelmagan payt bo‘lib, kimyo – mustaqil fan sifatida endi-endi oyoqqa turib kelayotgandi. Fanda hali hamon asossiz va fantastik nazariyalar mavjud bo‘lib, hali qilinadigan ishlar bisyor bo‘lgan.
Bu mashaqqatli vazifalarni Lavuaze yaxshi anglagan. U fan taraqqiyoti uchun bunday murakkab davrda, tajriba o‘tkaza olish va kimyoviy tahlil qobiliyatining o‘zi kamlik qilishini fahmlardi. Shunday sharoitda Lavuaze XVIII asr Fransiya kimyo fanining ham iqtisodiy ham ilmiy yetakchiligini o‘z zimmasiga oldi.
Lavuazening ilmiy faoliyatidagi tartibli mantiqiy yo‘nalish odamni hayratda qoldiradi. U dastavval tadqiqot uslubini nazariy jihatdan ishlab chiqib, mulohazalar orqali pishitib olib, keyin tajriba o‘tkazadi.
Shunday yo‘sinda u, 101 kun davomida yopiq apparat ichida suvni haydadi. Suv bug‘landi, sovidi, qabul qilgichga qaytdi va yana bug‘landi va shu tartibda tajriba davom etdi. Natijada sezilarli miqdordagi cho‘kindi hosil bo‘ldi. U qayerdan kelib qoldi?
Tajriba yakuniga ko‘ra, apparatning umumiy vazni o‘zgarmadi: demak tashqaridan boshqa bir modda suvga qo‘shilib qolmagan. Bu tajriba davomida Lavuaze o‘zining uslubi – miqdoriy tadqiqotning imkoniyatlariga to‘liq ishonch hosil qildi. Mukammal tadqiqot uslubini ishlab chiqqach, Lavuaze o‘zining asosiy qiziqtirgan muammosini o‘rganishga kirishadi. Zamonaviy kimyoga asos solgan buyuk kimyoviy tadqiqotlar 1772 yildan 1789 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan. Uning ishlaridagi asosiy yo‘nalish, moddaning yonganida vazni ortishi fakti bo‘lib xizmat qildi. 1772 yilda akademiyaga Lavuazening fosfor va oltingugurtning yonishi natijasida ularning vazni havo hisobiga ortib qolishi, ya’ni, bu moddalar yonish natijasida havoning bir qismi bilan birikishi haqidagi qisqa rasmiy ma’lumoti kelib tushdi. Bu fakt – qolgan barcha faktlarni tushuntirib berish uchun kalit vazifasini o‘taydigan asosiy, kapital kashfiyot edi. O‘sha davrda buni deyarli hech kim anglab yetmagan. Hozirgi zamon o‘quvchisiga ham bu oddiy bir kimyoviy hodisa haqidagi fakt birinchi qarashda be’mani tuyulishi mumkin. Lekin bunday emas! Yonish faktining nazariy jihatdan ilmiy tushuntirib berish, butun boshli sayyorada muttasil ro‘y berib turuvchi, har yer va har joyda, osmonda va yerda, jonsiz moddalarda va tirik organizmlarda kechayotgan sanoqsiz ko‘rinish va shakllardagi yuz berayotgan oksidlanish jarayonlarining o‘ziga xos bir butun dunyosiga yo‘l ochilishni anglatardi.
Mazkur hodisani o‘rganishga 60 dan ortiq maxsus risolalar bag‘ishlandi. Ularda kimyo fani, aytish mumkinki, chigillikdan qutilgan toladay aniq va ravshanlashadi. Yonish hodisasini tizimli o‘rganish Lavuazeni tabiiy ravishda bir tomondan havo tarkibini tadqiq qilishga, boshqa tomondan esa, turli oksidlar va kislotalarning hosil bo‘lishi sabablarini tekshirishga, ularning tarkibini tahlil qilishga olin keldi. Uchinchi tomondan esa, nafas olish jarayonining nazariy tadqiqotlarini boshlab bergan bo‘lsa, bu bilan organik jismlarning kimyoviy tahliliga asos solib berdi.
Lavuazening eng asosiy mo‘ljali yonish nazariyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan – havo tarkibi haqidagi masala edi. 1774 yilda u akademiyaga Qalayni toblash haqidagi risolasini taqdim etdi. Bu risolada Lavuaze o‘zining yonish nazariyasi haqidagi qarashlarini bayon qilgan va isbotlar keltirib tafsilotlarga to‘xtalib o‘tgan:
Lavuazening eng asosiy mo‘ljali yonish nazariyasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan – havo tarkibi haqidagi masala edi. 1774 yilda u akademiyaga Qalayni toblash haqidagi risolasini taqdim etdi. Bu risolada Lavuaze o‘zining yonish nazariyasi haqidagi qarashlarini bayon qilgan va isbotlar keltirib tafsilotlarga to‘xtalib o‘tgan:
Qalay yopiq retortada
Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish