Yosh psixologiya fanidan amaliy mashg'ulot ishlanmalari 1-mavzu. Yosh va pedagogik psixologiyaning tadqiqot sohasi va muammolari



Download 20,03 Kb.
bet2/3
Sana22.01.2022
Hajmi20,03 Kb.
#401358
1   2   3
Bog'liq
YOSH PSIXOLOGIYA FANIDAN AMALIY MASHG

Tayanch tushunchalar: predmet, obyekt, vazifa, determinatsiya,

rivojlanish, yosh psixologiyasi, psixologik yosh.

Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud.

Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay, bugungi kunda inson psixikasini uning butun

hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanish xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan. Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib

inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun mas’uliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.

Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlash mumkin. Ammo bu yerda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi. Yosh psixologiyasining o‘rganish obyekti — ontogenezda

normal, sog‘lom insonning o‘zgarishi va rivojlanishidir. Yosh psixologiyasining predmeti — rivojlanishning yosh davrlari, bir yosh davridan keyingisiga o‘tishning sabablari, mexanizmlari, ontogenezda psixik rivojlanish, yo‘nalishlari,

tempi, tendensiyalari va umumiy qonuniyatlaridir. Yosh psixologiyasi turli xil yosh davrlarining psixologik xususiyatlariga e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi — inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar sohasi. Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida,

o‘zgarmas deb qarash mumkin emas. Xuddi shunday, rivojlanishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish

mumkin.


1. Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm

va muhitga bog‘liqligi muammosi.

2. Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan

ta’limning ta’siri muammosi.

3. Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi.

Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson organizmining

anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liq. Nerv sistemasi

va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori

darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi.

Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi

organizm anatomik-fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraqqiyotga

ta’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib kelishi

mumkin. Bolaning miyasi yetilib bo‘lmaguncha unda ver6

bal nutqni va u bilan bogiiq bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish

mumkin emas.

Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga

ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’siri

juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida

bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin.

Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech

qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan

munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya. Tashkil

etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus

ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir.

Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar ostida

psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan qay biri inson

xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligicha

qolmoqda.

Keyingi muammo — layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati

masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir

etuvchi layoqatlarning o‘zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning

nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi yoki uning tarkibiga

insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham

kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko‘proq

mavjud layoqatlarga bog‘liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan

ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? kabi savollar hanuzgacha

to‘la-to‘kis o‘z yechimini topmagan.

Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan

ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy

o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning

muayyan bosqichlarini, bir necha oydan (go‘daklik davri) to bir

qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar

≪doimiy ta’sir etib turuvchi≫ omillar — biologik yetilish

hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga

xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual

hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq

bo'ladi.

Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yoshga

xos o‘zgarishlar evolutsion o‘zgarishlar deb ataladi. Evolutsion

o‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy qayta qurishlar nisbatan sekinlik

bilan amalga oshadi.

Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur

o'zgarishlarni revolutsion o‘zgarishlar deb atash mumkin. Revolutsion

o'zgarishlar odatda bir yosh davrining tugallanishi, ikkinchi

yosh davrining boshlanishi arafasida ro‘y berib, yosh taraqqiyotining

inqirozlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi

inqirozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixika va xulq-atvorda

ro‘y beradigan revolutsion qayta (qurishlar) tuzilishlar yoshni

davrlarga ajratishning asoslaridan biri sifatida qaralishi mumkin.

Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o‘zgarishlar

aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni

situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bolgan) o‘zgarishlar deb

atash mumkin. Bunday o‘zgarishlar inson xulq-atvori va psixikasida

tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya

ta’sirida vujudga keladi.

Evolutsion va revolutsion o‘zgarishlar odatda barqaror hamda

qaytarilmas bo‘lib, sistematik mustahkamlashni talab qilmaydi.

Situatsion o‘zgarishlar beqaror, a‘zgaruvchan, ularni mashqlar

orqali mustahkamlash talab qilinadi. Evolutsion va revolutsion

o‘zgarishlar inson psixologiyasini shaxs sifatida qayta o‘zgartirsa,

situatsion o‘zgarishlarda xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari, bilim,

malaka va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.

Yosh psixologiyasining predmeti — inson psixikasining yosh

jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining

ontogenezini o‘rganishdan iborat.

Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi.

Bular:

1. Bolalar psixologiyasi.



2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.

3. 0 ‘smir psixologiyasi.

4. Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.

5. Katta yoshdagilar psixologiyasi.

6. Gerontopsixologiya (qarilik) psixologiyasi.


Download 20,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish