Yoshlar-yangi O’zbekiston bunyotkori


Ayting-chi, bu yoʻnalishdagi islohotlar, eng avvalo, qaysi jihatlarda koʻzga tashlanadi?



Download 65,17 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi65,17 Kb.
#791225
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
IMmO5FeNBNAS1fkho0UAvM54LAOWMNUp

Ayting-chi, bu yoʻnalishdagi islohotlar, eng avvalo, qaysi jihatlarda koʻzga tashlanadi?
— Oʻtgan besh yillik haqida gap ochdingiz. Milliy taraqqiyotimizning bu yillari qizgʻin islohotlar davrida yashadik. Prezidentimiz rahbarligida tarixiy oʻzgarishlarga asos solindi. Yangi Oʻzbekistonni qurish, xalqimizning koʻp yillik orzularini roʻyobga chiqarish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat darajasiga koʻtarish, mavjud muammolarga yechim topish yoʻlida ulugʻ maqsadlarimizga erisha boshladik.
Odil sudlov qachonki chinakam mustaqil sud hokimiyati tomonidan amalga oshirilsa, inson qadr-qimmati taʼminlanadi, adolat va qonun ustuvorligi qaror topadi. Shu maʼnoda, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning muhim shartlaridandir. Gap shu haqda ketganida, Prezidentimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan marosimdagi maʼruzasida ilgari surgan tashabbuslar yodga tushadi. Sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash oldimizga qoʻygan maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir. Sudlarda ishlarni koʻrish sifatini oshirish, ayniqsa, fuqarolik ishlarida ovora boʻlib yurishlarning oldini olish, aynan bir instansiya sudida ishni bir necha marotaba koʻrib turli qarorlar qabul qilish amaliyotiga chek qoʻyish vaqti keldi”, degan edi davlatimiz rahbari.
Oʻtgan qisqa davrda sudlarning haqiqiy mustaqilligini taʼminlash, sud-huquq tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Avvalo, Harakatlar strategiyasi asosidagi islohotlar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlarning fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.
Soʻnggi 5 yilda ushbu yoʻnalishdagi ustuvor masalalar yuzasidan 50 dan ortiq qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Sud tizimiga oid normativhuquqiy hujjatlar islohotlarga mos ravishda yangilandi.
Jumladan, 3 ta kodeks yangidan qabul qilindi, boshqa bir qator kodekslarga jiddiy oʻzgartirishlar kiritildi. Yangi “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi. Shu huquqiy asosda sud tizimi tubdan takomillashtirildi. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan islohotlar, eng avvalo, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga, inson huquq va erkinliklarini, shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoyalashga xizmat qilmoqda. Bu boradagi samaralar sudlar tuzilmasini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, sudlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, inson huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan institutsional islohotlar misolida yaqqol namoyon boʻldi.
Jumladan, Prezidentimizning sudyalarning vakolat muddatini uzaytirish, sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir boʻlgan, yuksak malakali sud xodimlari korpusini shakllantirish borasidagi besh yil oldingi tashabbusi asosida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni saralash va tayinlashning yangi tartib-taomillari joriy etildi.
Sudlar mustaqil ekani va faqat qonunga boʻysunishini taʼminlashda sudya lavozimida boʻlishning ilk marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik va soʻng muddatsiz davr belgilanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, sudyalarning lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, oʻz vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik oʻn yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi ragʻbatlantirish manbai boʻlib ham xizmat qilmoqda.
Sudlarni moliyalashtirish tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Prezidentimizning 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, sudya va sud organlari xodimlarining ish haqlari hamda qoʻshimcha toʻlovlari toʻliq davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Sudyalarning ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi. Bu ham, albatta, sud mustaqilligini taʼminlovchi muhim kafolatlardandir.
Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash va sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish masalasi ham alohida ahamiyatga ega. Binobarin, Prezidentimizning 2020-yil 7-dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, sudyaning odil sudlov bilan bogʻliq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida:
birinchidan, sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Kengash raisi tomonidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritish;
ikkinchidan, sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hayʼatlari roziligi bilan yoʻl qoʻyish tartibi oʻrnatildi.
Islohotlar avvalida yagona sud amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oliy sudga birlashtirilgani oʻz samarasini berdi.
Shu munosabat bilan viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda, viloyat darajasidagi umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi. Taʼkidlash lozimki, bu amaliyot sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga, sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qilmoqda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash borasida ham keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Bugun fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasi taʼminlangani haqida soʻz borganida shu va boshqa islohotlarni tahlil qilish imkoniga egamiz. Shunday ekan, bu boradagi taʼsirchan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati haqida ham batafsil gapirib bersangiz.
— Bu koʻp yillar xalqimiz orziqib kutgan juda muhim islohot boʻldi. Odil sudlovni amalga oshirish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash sudlarning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Bu borada oʻtgan davrda kompleks chora-tadbirlar koʻrildi. Jumladan, ilk bor davlat organlari qarorlari va ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqi kafolatini taʼminlashga xizmat qiladigan maʼmuriy sudlar tashkil etildi.
Misol uchun, 2017-2020-yillar va 2021-yilning 9 oyi mobaynida maʼmuriy sudlar tomonidan 67 ming 990 ta ariza koʻrilib, shundan 44 ming 388 tasi, yaʼni 65 foizi qanoatlantirilgan. Hokimlarning 5 ming 478 ta qarori haqiqiy emas, deb topilib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.
Inson huquqlarini taʼminlashdagi yana bir muhim islohot — “Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilindi. Qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning oʻrniga jazoning ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan muqobil turlarini qoʻllash imkoniyati kengaytirildi va dalillarga baho berish instituti tubdan takomillashtirildi.
Bu, oʻz navbatida, ish boʻyicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama tekshirilib, dalillarga xolisona baho berilishiga, natijada oqlov hukmlari koʻpayishiga asos yaratdi.
Xususan, oʻtgan 5 yilda 3 ming 513 nafar, faqat 2021-yilning 9 oyida 743 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Shuningdek, 18 026 nafar shaxs sud zalidan ozod qilinib, 33 ming 515 fuqaroga nisbatan asossiz qoʻyilgan moddalar ayblovlardan chiqarilgan yoki oʻzgartirilgan.
Bir qarashda ushbu koʻrsatkichlar oddiy raqamlar boʻlib koʻrinishi mumkin. Lekin nohaq ayblangan shuncha insonning oilasi bagʻriga qaytishini, ozodlikka chiqishini koʻz oldimizga keltirib koʻrsak, albatta, islohotlar samarasi oddiy bir inson taqdirida qanday aks etganini aniq tasavvur qilamiz.
Bularning barchasi, hech shubhasiz, sud-huquq tizimidagi islohotlarning yaqqol natijasidir. Zero, erkinlik — inson uchun eng oliy neʼmat. Bu boradagi yana bir muhim islohot — inson huquqlarining ishonchli himoyasini taʼminlash maqsadida sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilganidir. Eʼtibor bering, 2017-yilga qadar 7 ta sud instansiyasida sud qarorlari qayta koʻrib chiqilgan boʻlsa, keyingi uch yilda bu instansiyalar soni 3 taga qisqartirildi.
Sud instansiyalari qisqartirilishi nima degani? Bu, albatta, buzilgan huquqning tezroq muddatda ortiqcha ovoragarchilik va sarf-xarajatlarsiz samarali tiklanishini anglatadi.
Shu sababli xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi yaratildi: birinchi instansiya (tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar boʻyicha — viloyat sudlari), apellyatsiya instansiyasi (viloyat darajasidagi sudlar) va kassatsiya instansiyasi (Oliy sud) dan iborat boʻlgan “Bir sud — bir instansiya” tamoyili joriy qilindi.
Xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning eʼtiroziga sabab boʻlayotgan nazorat instansiyasi toʻliq bekor qilindi.
“Bir sud — bir instansiya” tamoyilining joriy etilishi natijasida fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasi oshayotganini alohida taʼkidlash lozim.
Sud protsessida tortishuvlik prinsipini hamda taraflarning tengligini taʼminlash maqsadida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va ularning vakillari tomonidan kassatsiya tartibida berilgan shikoyatning maqomi prokurorning protesti bilan tenglashtirildi.
Xususan, jinoyat protsessida avval yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash faqat prokurorning tashabbusiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, endi bunday huquq jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari, yaʼni mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi va uning vakiliga ham berildi. Ular sudga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqiga ega boʻldi. Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, 
Download 65,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish