Yoshlarda tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish turmush farovonligini oshirish omili. Yarmatov Sharofiddin Choriyevich Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o`qituvchisi


Manba: Diagramma ma`lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlangan



Download 60,5 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi60,5 Kb.
#243990
1   2
Bog'liq
Yarmatov SH. Yoshlarda tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish turmush farovonligini oshirish omili. Yarmatov Sh.Ch. 2021

Manba: Diagramma ma`lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlangan
Shunga alohida e`tibor qaratishimiz kerakki, yoshlarga bilim berish jarayonida yoshligidan kasb-hunarga, tadbirkorlikka o`rgatib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda kasb-hunar maktablarining tashkil etilishi ham yoshlarning ma`lum bir hunar egasi bo`lishini ta`minlaydi albatta.

Farzandlarimizni kichik yosh davridan tadbirkorlikka tayyorlab borish, biznesning boshlang`ich ko`nikmalarini shakllantirib borish kelajakda o`z yo`lini topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabni to`gatayotgan yoshlarning hammasi ham oily o`quv yurtida o`qishi, oily ma`lumot olishi qiyin albatta. Ayniqsa oily oquv yurtiga o`qishga kira olmagan yoshlar boshqa davlatlarga ishlagani ketishmoqda. Chet ellarga ishga ketayotgan yoshlarimizning tadbirkorlikka oid bilimlari va hunar bilmasligi ish topishda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Hozirgi kunda ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to’lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, deb o’ylaydi. Bu – bir tomonlama yondashuv bo’lib, muammoni to’la yechish imkonini bermaydi.

Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, “…Kambag’allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish, yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”3.



Shuning uchun Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag’allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif etaman. Bu borada xalqaro me’yorlar asosida chuqur o’rganishlar o’tkazib, kambag’allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozim.

Ushbu muammolarning oldini olishda maktablarda boshlang`ich «biznes rejaashtirish» kursini o`tish katta samara berishi mumkin. Ayniqsa boshlang`ich sinf o`quvchilarida tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirib borish lozim. Bu esa kelajakda bolaning o`zini-o`zi band qilishi, daromad manbaiga ega bo`lishni ta`minlaydi,



Shu bilan birga, hamma ham tadbirkor bo’la olmaydi. Shu sababli bunday odamlar bilan tizimli ish olib borib, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali ularni munosib ish joyi bilan ta’minlash lozim. Ushbu maqsadlar uchun 700 million dollar jalb qilinadi.

Ushbu mablag`lardan to`gri va samarali foydalanilsagina iqtisodiy barqarorlik ta`minlanishi va aholi daromadlarining o`sishi ta`minlanishi mumkin.

Bolalarga oddiy biznes reja tuzib berish va uni amalga oshirish uchun qiziqtira olish kerak. Masalan, yosh bola maktabga borishda ota-onasidan ma`lum miqdorda pul mablag` oladi. Bolaga ushbu vaziyatda har kuni oladigan pul mablag`ini har xil kompyuter oyinlariga va boshqa narsalarga sarflagandan ko`ra o`n kunlik yoki bir oylik pulini to`plab jo`ja sotib olishi va uni ma`lum muddat boqib keyin sotishi, natijada bir necha barobar mablag`ga ega bo`lishi mumkinligini, ushbu mablag`ga yana ko`proq jo`ja sotib olib boqsa mablag`i yanada ko`payishini, olgan daromadiga esa o`zi uchun kerakli bo`lgan narsani, masalan vilosiped, kompyuter sotib olishi mumkinligini tushuntira olish lozim.

Ushbu holatda bola birinchidan pulini ko`paytirib olishi mumkinligini his qiladi va va shu kabi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishni boshlaydi. Bundan tashqari tadbirkorlik ma`lum mehnatni talab qiladi va bolada mehnat qilish ko`nikmasi ham shakllanib boradi. Bu esa yoshlarning ish va tadbirkorlikni o`rganishi bilan birga o`z navbatida mehnat bilan bandligi hisobiga turli xil nojuya harakatlar, kompyuter o`yinlariga mukkasidan ketish, bekorchilik kabi salbiy oqibatlarning oldidni olgan bo`lamiz.

Izlanishlar natijasiga ko’ra bir qator taklif va tavsiyalarni keltirib o’tamiz:

Inson kapitaliga sarmoya kiritishdan jamiyat ham katta manfaat ko’radi. Uzluksiz maktab ta’limi turli jinoyatlar sodir etilishi ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi. Qolaversa, ta’limga kiritiladigan sarmoya ijtimoiy tengsizlikka sekin-asta barham berishi mumkin. Misol uchun, aksariyat mamlakatlarda nisbatan o’ziga to’q oilalarda tug’ilgan farzandlar bolalikdanoq turli imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi va ular butun umri davomida talay afzalliklarga ega bo’ladilar, aksincha, nochorroq oilalar farzandlari bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydi va bizning taklifimiz kam ta`minlangan oilalar farzandlarining ham yaxshi daromad qilishi va yaxshi yashshiga ishonchini oshiradi.

Yoshlardagi qobiliyat, salohiyat o’z-o’zidan yuzaga chiqmaydi, balki uni yuzaga chiqarish, rivojlantirishda murabbiy va o`qituvchilarning o`rni beqiyosdir. Biz taklif qilayotgan yo`nalish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi deb oylaymiz.


Xulosa

Hozirgi kunda berilayotgan imtiyozli kreditlarning ma`lum bir qismi samarasiz bo`lishiga sabablardan biri ham aynan yoshlarning mablag`ni qanday sarflashni bilmasliklaridadir. Zero yoshlarning qo`liga baliqni emas, qarmoqni berishimiz va baliq tutishni o`rgatishimiz zarur.



Mamlakatimizning kelajakda barqaror rivojlanishida muhim omil bo’ladigan inson kapitaliga sarmoya kiritish, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egasi bo`lib etishishi, tadbirkorlik ko`nikmalariga ega bo`lishi orqali aholining farovon hayot kechirishi, yuqori daromadga ega bo`lishini ta`minlashimiz mumkin.

1 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF. O`zbekiston - 2018

2 SH.M. Mirziyoyev (Oliy Majlisga Murojaatnomasidan).

3 SH.M. Mirziyoyev (Oliy Majlisga Murojaatnomasidan). O`zbekiston. – 24.01.2020

Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish