Yoshlarni ijtimoiy himoyalash masalalari Reja: Kirish. Asosiy qism


O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash jarayonining iqtisodiy asoslari



Download 95,28 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi95,28 Kb.
#228573
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yoshlarni ijtimoiy himoyalash masalalari

3. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash jarayonining iqtisodiy asoslari

Ma’lumki, ijtimoiy soha iqtisodiy holat bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular bir – biriga faol ta’sir etuvchi ikki jarayonning birligidir. Zero, biz barpo etayotgan demokratik jamiyatning asosiy boyligi inson omilidir. SHu bois yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini to’rtinchisi- kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor qatlam va guruhlarini qo’llab-quvvatlash borasida mas’ul bo’lish belgilangan. Bu tamoyilning mazmun va mohiyati “Islohotlar-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun” shiorda o’z ifodasini topgan. Zotan, Respublika Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytgandek: “Bozor iqtisodiyotini barpo etish shunchaki bir maqsad emas. Barcha iqtisodiy, demokratik siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o’zi, bu - eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir”15

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim bo’g’ini bo’lmish aholini ijtimoiy himoya qilish jarayoni haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo’nalish hisoblanadi Bu «asosiy uzluksiz ustuvor yo’nalishi» jamiyat siyosiy barqarorligi uchun bir qator omillarni belgilab beradi. Ijtimoiy himoyani amalga oshirish O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biridir. Bu g’oyat muhim masala. Iqtisodiy tiklanish davrida istiqlol va taraqqiyot yo’liga ishonch ko’plab muammolarni hal etuvchi omil bo’lib hisoblanadi.Xususan o’tgan asrning 80-yillari oxirida mamlakatimiz iqtisodiy tanazulining ijtimoiy hayotdagi salbiy ta’siri oqibatlarini I. Karimov quydagicha izoxlaydi: O’zbekistonda bu ishonch aniq iqtisodiy zamin asosida hosil qilinmog’i zarurligini anglab yetgan yurtboshimiz Islom Karimov boshchiligida “1989 yil 17 avgustda respublika hukumatining Toshkentda bo’lib o’tgan kengaytirilgan yig’ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilinadi va «Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash,u larga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida» qaror qabul qilinadi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o’rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko’paytirish ko’zda tutilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989— 1990 yillarda bir yarim milliondan ko’proq oilaga qo’shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bugun to’la ishonch bilan aytish mumkinki, bu murakkab masalaga ana shunday oqilona yondashuv tufayli O’zbekiston bo’yicha ming-minglab odamlar uy-yasoyli, ishli bo’ldi, bozorlarda mahsulot ko’payib, narx-navo arzonlashdi, eng muhimi, ijtimoiy keskinlikning oldini olishga erishildi”16.

Mustaqillikning dastlabki davrlaridanoq iqtisodiy islohotlarning inson manfaatlariga qaratilganligi va kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllanganligi quyidagi erishilgan yutuqlarimizda yaqqol ko’rinadi. Tabiiyki, O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi birinchi navbatda bolalar va yoshlarning manfaatlarini ifoda etadi. CHunki,“Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar umumiy aholining 40 fozini, 30 yoshgacha bulganlar esa 64 foizini tashkil qiladi”17 Respublikamizda 1997 yili qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan bo’lib, uning oldiga o’quvchi va talabalar manfaatini himoyalashdek ustivor vazifalar qo’yilgan edi. Bugun shu qilingan ishlarning sarxisobi sifatida quyidagi yutuqlarni ko’rsatish mumkin. O’tgan davr mobaynida respublikamizda 1537 akademik litsey va kasb-xunar kollejlari, 4 ming 680 tadan ziyod umumta’lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta’mirlandi, zamonaviy mebelь, o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi, ularda kompьter sinflri va lingafon xonalari tashkil etildi.

Bugungi kunda mamlkatimizning 65 ta oliy o’quv yurtida 850 yo’nalish va mutaxasisliklar bo’yicha 300 mingga yaqin talaba bilim olmoqda.

O’zbekistonda bugungi kunda ta’lim sohasiga yo’naltirayotgan xarajatlar xajmi mamalakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortmoqda. Bu raqamlarni qanday ahamiyat kasb etishini tushinib olish uchun jaxon tajribasida bu ko’rsatkich 3-5 foizdan oshmasligini aytishni o’zi kifoya qiladi.

Ma’lumki, ijtimoiy himoyalash tizimida ish haqini ortib borishi asosiy barometr xisoblanadi. Respublikamizda ish xaqi va aholining real daromadlarini o’sishi keyingi 7 yil ichida 1992 yilga nisbatan 12 barbarga oshdi va 2009 yilga kelib o’rtacha ish xaqi miqdori 300 dollar darajasiga yetdi.

Mustaqillik yillarida respublikamizda jami yangi 5 milliondan ortiq ish o’rinlari yaratildi. Ularning qarayib 70 foizdan ko’prog’i sanoat va xizmat ko’rsatish sohalariga to’g’ri keladi.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyalash tizimida qishloq aholisi alohida o’rinda turadi. Mustaqillikning o’tgan yillari davrida qishloqda 36 ming kilometrlik suv quvurlari, 72 ming kilometrlik gaz tarmoqlari qurib ishga tushirildi. Natijada aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bugungi kunda 84 foizni, jumladan qishloq joylarda 77 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foizni, qishloq joylarda esa 78 foizni tashkil etmoqda.

Inson salomatligi ijtimoiy himoyalash tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlarni ko’lami va miqdorini ko’rsatish uchun qishloqlarda keyingi yillarda 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti tashkil etilganligini aytishni o’zi kifoya qiladi.

Inson salomatligini saqlash, o’rtacha umur yoshini uzaytirishda katta yutuqlarga erishildi. Agar 1991 yilda onalar o’limi bilan bog’liq ko’rsatkich har 100 ming nafar ayolga nisbatan 65 tani tashkil etsa, bugungi kunda bu raqam 24 taga tushdi, shu jumladan go’daklar o’limi 35:14 nisbatga tushdi.

Aholini o’rtacha umur ko’rish yoshi 1990 yili 67 yoshni tashkil etgan bo’lsa, 2007 yilda 72,5 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklarni o’rtacha umur ko’rish yoshi 66 dan 70 ga, ayollarniki esa 70 dan 74,6 yoshga yetdi.

Iqtisodiy islohotlarning jadal rivojlanishi kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash bo’yicha katta ishlarni amalga oshirish imkoniyatini bermoqda. Bu yo’nalishda olib borilayotgan chora-tadbirlarda yangi ish o’rinlari yaratish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, birgina 2008 yilda respublikada 661 mingga yaqin, jumladan, kichik biznes sohasida-374 mingga, xizmat ko’rsatish va servis sohalarida-220 mingta, kasanachilik hisobidan esa-97 ming 800ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bugungi kunda kichik biznes va kasanachilik tarmoqlari ishga yaroqli aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy yo’nalishlar bo’lib qolmoqda. CHunki, ish bilan ta’minlanish shaxsga barcha masalalarni o’z o’rnida hal qilish imkoniyatini yaratadi.

O’zbekiston xukumati keyingi yillarda kam ta’minlangan, nochor oilalarga bepul qoramol tarqatish chorasini yildan-yilga ko’paytirib amaliy yordam bermoqda. 2006 yildan 2008 yilgacha shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Ko’rilayotgan bunday chora-tadbirlar natijasida 2009 yil yanvar holatiga kelib, shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro’yxatga olingan kishilar soni 1 million 100mingdan ko’proqni tashkil etdi. SHulardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi. 111ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi. Ijtimoiy himoyalashning bu usuli har jihatdan qulay va foydali bo’lib, bu faoliyat bilan shug’illanayotganlarni ertaga to’laqonli nafaqa olishlari uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Bulardan tashqari O’zbekistonda norasmiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud, ularga qarindoshlarning o’zaro yordami, milliy va diniy urf – odatlar asosida qilinadigan yordam, kor-xona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta’minlangan, ko’p bolali oilalarga, beva – becho-ralarga yordam puli berishi kiradi.

O’zbekiston Respublikasi aholini 2010 y. gacha bo’lgan davrga mo’ljallangan Ijtimoiy himoya tizimining yagona kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo’lgan Ij-timoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya ta’minoti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz keksalarga xizmat ko’rsatish, nogironlarni protez – ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsiz-larni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha aniq maqsadga yo’nal-tirilgan chora – tadbirlar kompleksini amalga oshirish, jamiyatda ezgulik, mehr – muruvvat va hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalik muhitini mustahkamlash maqsadida, shuningdek Respubli-kamizda “2007 yil – Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan “Davlat Dasturi” ishlab chiqilgan.

Davlatimiz rahbari ta’kidlagalaridek, qishloq aholisi uchun yangi ish joylarini tashkil etish, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish islohotlar ikkinchi bosqichining eng muhim vazifalardan biri deb qaralmog’i kerakligini uqtirish bilan birga, xalqimizning tub manfaatlari himoyasi odamlarning mehnat faolligini oshirishga, ularda tadbirkorlik ruhining rivojlanishiga yordam berishini alohida ta’kidlagandi. Jumladan, degan edilar: “Xalqimizning o’zi tug’ilgan, kindik qoni to’kilgan joyga nihoyatda mehrli bo’lib, bog’lanib qolganini, ya’ni “daydi” bo’lib ko’chib yurish odati yo’qligini nazarda tutadigan bo’lsak, qishloqda odamlarni ish bilan ta’minlovchi kichik va xususiy korxonalarning tez rivojlanishi qishloq xo’jaligida islohotlarni tezlashtirish imkonini beradi”.

Jahon tajribasidan ma’lum, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash muammosi, ishsizlikning o’sishi kuchayadi. SHu boisdanki, ishsizlik muammosi makroiqtisodiy tartibga solish choralari tizimida hamda iqtisodiy taraqqiy etgan bozor strukturasi shakllangan mamlakatlarning butun iqtisodiy siyosatida eng asosiy muammolardan biridir. Iqtisodiy ishlab chiqarish sust kechayotgan va uning tizimlarini o’zgartirishning dastlabki bosqichlariga xos keng hamda ommaviy xususiylashtirish amalga oshirilayotgan sharoitda malakasiz kishilargina emas, ommaviy va noyob ixtisosga ega xodimlar ham vaqtincha ishsizlar toifasiga o’tib qolishi xavfi tahdid solgan bir paytda bu muammoa hamiyati, ayniqsa ortishi tabiiy. Bunday sharoitda mukammal mehnat bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo’lgan shaxslarni va mavjud bo’sh ish joylarini to’la hisobga olish muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. Masalan, so’nggi yillarda respublikamiz qishloqlarida aholining yillik o’sishi o’rtacha 2-2,5 foizdan ko’proqni tashkil etmoqda. Kichik shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarda iqtisodiyotning ishchi kuchi ortiqcha bo’lgan ayrim tarmoqlarida bugun yashirin ishsizlik (korxonalarda majburiy ta’tildagilar) mavjudligi sir emas. Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi va hukumatimiz tomonidan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidanoq ishsizlar sonining ko’payishiga yo’l qo’ymaslik asosiy vazifalardan biri qilib qo’yilgandi. Bunga muayyan darajada muvaffaq bo’lindi.

Ha, aholini ish bilan ta’minlash, ayniqsa qishloqda tadbirkorlikni rivojlantirish, fermerlik harakatini avj oldirish, ularga ortiqcha ishchi kuchlarini jalb etish maqsadida kichik korxonalar va sexlar barpo’etish bugun ham dolzarb masala bo’lib turibdi. Negaki, so’nggi yillarda mamlakatimizda katta o’zgarishlar ro’y berib, ayniqsa, o’tish davri larzalari ta’sirida kam ta’minlangan, daromadi past oilalar qiynalib qolgani ustiga, aniqrog i, ayrim oilalarning a’zolari ishsiz qolgani va boz ustiga ma’lumoti hamda kasbi yo’q kishilar o’ta qiynalib qolganliklari sir emas.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, jahon tajribasiga ko’ra ham qishloq joylarida kichik biznesni rivojlantirish va xizmatlar ko’rsatish sohasini kengaytirish bu muammoni hal etishning eng samarali yo’li ekanligi endilikda barchaga ma’lum. Davlatimiz rahbari o’zining “qishloq istiqboli yurt istiqboli” asarida da’vat bilan aytdilarki: “Hokimliklar, vazirliklar, katta-katta ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari shuni tushunib yetishi kerakki, odamlarni qishloqdan zavod va fabrikalarga emas, balki sanoatni odamlar huzuriga qishloqqa olib borish kerak! Bunda 20,60 million dollar turadigan gigant fabrikalar emas, balki ixcham, kerak bo’lganda ishlab chiqaradigan mahsuloti turini tez o’zgartira oladigan korxonalar qurishga ahamiyat berish lozim”. Bular shuni ko’rsatadiki, ishsizlikni bartaraf etish yo’lida olib borilayotgan ishlar darajasi. SHu o’rinda biroz mulohaza qilishga to’g’ri keladi. 2004 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra ro’yxatga olingan kichik korxona va mikrofirmalar soni 250 mingga yaqin edi. 2005 yilning birinchi yarmida davlat ro’yxatidan o’tgan bunday korxonalar 305 mingtaga yetdi. Ularning 252,8 mingtasi yoki 82,9 foizi hozir faoliyat ko’rsatmoqda. Ana shu sub’ektlarning 6,3 foizi (15,9 mingtasi) kichik korxonalar, 93,7 foizi (236,8 mingtasi) mikrofirmalardir. Iqtisodiyotda band aholining 63,6 foizi kichik va xususiy biznes hissasiga to’g’ri keladi. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda, kichik va xususiy korxonalarning aholi soniga nisbatan taqqoslanishi mazmun jihatdan ko’proq demografik jarayonlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar turkumiga yaqin, biroq bu o’rinda aholi emas, balki korxonalar demografiyasi, ya’ni, yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona va tashkilotlar sonining dinamikasi o’sishi e’tiborga olinadi. SHu bilan bir qatorda, fikrimizcha, kichik biznes korxonalari miqdorining aholi o’rtacha soni bilan taqqoslanishi mazmun jihatdan aholi turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar bilan ham bog’liq ekanligini ta’kidlash mumkin. Darhaqiqat, har 1000 kishiga to’g’ri keluvchi kichik biznes korxonalari sonining yuqori darajada bo’lishi aholining turmush darajasiga bevosita bo’lmasa-da, bilvosita ta’sir ko’rsatadi. CHunki, aholi turmush darajasini belgilab beruvchi iste’mol buyumlari va xizmatlarning aksariyat qismi kichik biznes sub’ektlari tomonidan yaratiladi.

Jumladan, 2005 yilning birinchi yarim yilligida mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YaIM) o’sishi 7,2 foizni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich 2004 yilning shu davrida 6,2 foizga teng edi. Kichik biznesning YaIMdagi ulushi esa 2004 yilning birinchi yarim yilligida 29,1 foiz, 2005 yilning shu davrida 30,9 foiz bo’ldi. Ishsizlikni bartaraf etish uchun mamlakatimiz sanoati, qishloq xo’jaligi, qurilishi, savdo va umumiy ovqatlanish hamda xizmat ko’rsatish, shuningdek, umumiy tijorat faoliyati singari sohalarda hali (birlik hisobida) minglab-minglab mikrofirmalar va yuzlab-yuzlab kichik korxonalar tashkil etishga to’g’ri keladi. Masalan, birgina qishloq xo’jaligining o’zida hozir taxminimizcha 1700-1750 birlikdagi mikrofirmalar, 340-350 birlikdagi kichik korxonalar yaratish ehtiyoji tug’ilib turibdi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, davlatning ijtimoiy siyosatining asosiy vazifalarini bajarishda yashash joyidan qat’iy nazar, barcha aholi qatlamlari uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda teng shart- sharoitlarni yaratish; ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirish, ijtimoiy sohalar xodimlari mehnatini har tomonlama rag’batlantirish; aholini ijtimoiy muhofaza qilishning manzilli bo’lishini ta’minlash; ijtimoiy himoyaning qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlash; ijtimoiy siyosat tadbirlarini amalga oshirishda turli nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligi, ishtirokini mustahkamlash; aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishni ta’minlash uchun iqtisodiyotning barqaror o’sishini rag’batlantirish zarurdir.

Mamlakatimizda mehnatni rag’batlantirish, ish haqini ko’paytirish va aholi daromadlari o’sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo’yicha qo’lga kiritilgan natijalar davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda naqadar to’g’ri va ilmiy-amaliy asoslangan strategiya tanlanganligidan va uning bajarilishi uchun egiluvchan va moslashuvchan taktik usullar qo’llanilayotganidan dalolat beradi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish borasida olib boriladigan ishlarimizning qonunchilik asoslarini zamon talablaridan kelib chiqqib, tegishli o’zgartirishlarni kiritish jarayoni yanada taraqqiy etmoqda va fuqorolik jamiyatini barpo etishning uzviy omili bo’lib qolgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimining evolyutsiyasi o’zining istiqbolli natijalari bilan taraqqiy etmoqda. “O’zbek modeli” negizida inson, huquq va manfaatlarining ustuvorligi va oliy qadriyat ekanligi e’lon qilinishi, shu maqsad sari davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan ijtimoiy sohada tub islohotlar amalga oshirilishi mamlakatimizning demokratik davlat, iqtisodiy islohotlarimizning esa ijtimoiy yo’naltirilganligidan dalolat bo’ladi.




Download 95,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish