Yoshlik gavhari



Download 15,13 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi15,13 Kb.
#81995
Bog'liq
Yoshlik gavhari


Yoshlik gavhari

Yoshlik! Inson umrining bahori-unutilmas onlar, quvonch-u shodliklar, hayot davomidagi eng ajib davrlar, barcha-barchasi yoshlik xotiralarida mujassamlashadi. Insonning jamiki orzulari ushalsa-da, baxtdan masrur bo‘lsa-da, qanday yoshda ekanligidan qat’iy nazar yoshlik davrlarini, sho’xlik va erkaliklarini qumsaydi.



Yoshlik gavhari… Har bir inson yoshlikdagi qaysidir bir odatini, sho‘xligini, “ermag”ini yoinki xarakteridagi biror xususiyatni yoshligidagi unutilmas xotira “Yoshlik gavhari” deb hisoblaydi. Insoniyatda bo‘lgan bu odatdan men ham holi emasman. Mening ham o‘z yoshlik gavharim bor. Men uchun bu gavhar yoshlikdagi samimiylik. Agar e’tibor beradigan bo’lsak, samimiylik yosh bolalarda o’zgacha ko‘rinishda namoyob bo‘ladi. Ba’zan o‘ylab qolaman, inson yoshi ulg’aygan sari uning ijobiy xislatlari o’rinini salbiylari egallab borarmikan deb?

Biroq, biz qancha harakat qilsak-da hech qachon vaqtni ortga qaytarib bo`lmaydi. Balki, yoshligimizni sog‘inishimizning asosiy sababi ham shundadir. Agar vaqtni ortga qaytarish imkonini bo‘lganda barchasi o‘z mohiyati yo’qotar, hayot mazmunsiz bir ko’rinishga kelib qolishi tayin edi. Inson hayotidagi har bir daqiqaning o`z gashti, jozibasi, mazmuni va tarovati bor. Bugun kechagi kunga o`xshamaydi, kechagi kundagi holatni bugun takrorlab bo`lmaydi. Hayotning ko`rki va ulug`vorligi, qiziqligi va murakkabligi ham xuddi mana shu bir-biriga o`xshamas onlarning o`rin almashinib turishidadir. Hayotning barcha daqiqalari bir xil o`tsa, biri ikkinchisini takrorlasa, bunday paytda inson umri ma`nosiz va befoyda, his-tuyg`ulardan yiroqda kechadi.
Insonlardagi jamiki ezgu fazilatlar asta-sekin, yillar o`tishi bilan shakllana boradi, ba’zan esa buning aksi ham uchrab turadi, shaxsning kamolga yetayotgan, yetuklikka qo`ygan ilk dadil qadami — O`n sakkiz yoshidir. O`n sakkiz yosh-kishi umrining ilk bahori. Qalblarda ko`m-ko`k maysa yanglig` orzu-istaklar o`sayotgan, yashash, o`qish, ishlash tilagi xayolni band qilgan ajoyib va g`aroyib bir damdir. Bolalik, o`smirlik, keksalik ham, insonga bir marta nasib bo`ladi. Har bir kunning mazmuni, qay darajada kechishi insonning yolg`izgina o`ziga bog`liqdir. “Yoshlikda olingan bilim-toshga o`yilgan naqshdir”. Darhaqiqat, bu hikmatning asosida olam-olam ma`no yashirin. Har tomonlama mukammal davr – yoshlikning o`ziga xos ajoyibotlari bor. Kelajakda hech qachon afsuslanmaslik uchun ham bugungi tashlayotgan har bir qadamimizni o`ylab bosishimiz, bugungi xatomiz tufayli ertangi kunimiz aziyat chekmasligimiz uchun harakat qilishimiz darkor. Zero, inson bu hayotda baxtli bo`lish uchun, o`zining ezgu amallari ila yaxshi nom qoldirish uchun dunyoga kelgan.

Bugun qilgan ishimiz, amalimiz ertangi va kechagi kun haqidagi xotiralar yaratishimiz uchun poydevordir.

Qosimova Sevara ToshDO’TAU talabasi
Download 15,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish