Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda allomalar o’rni


Allomalarnimg jahondagi ma’rifatda tutgan o’rni



Download 55,13 Kb.
bet4/7
Sana07.01.2022
Hajmi55,13 Kb.
#327659
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tarix

Allomalarnimg jahondagi ma’rifatda tutgan o’rni

ABDUHAKIMOV ABDULAZIZ

Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada Shayx-ur- rais – olimlar boshligi unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning Tib qonunlari nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: Uyquga ketgan vaqtimda ham ongimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda menga ayon bolardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning Metafizikasini qirq bir marta qayta oqidim. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel Metazifikasiga yozgan sharhini o’qib hal qiladi. Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay – matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan Kitob ash-shifo, 20 tomdan iborat Kitob ul-insof, Donishnoma, Lison ut- tayr, Solomon va Ibsol, Hayy ibn Yaqzon kabi asarlari kiradi. U ozining falsafiy- axloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi.

Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir. Ibn Sino Solomon va Ibsol qissasida rostg’oylik, sadoqat, pok muhabbat, irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi. Mutafakkir kishilarni do’stlik va haqiqatga, do’stlikning qadriga etishga chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb qaraydi. Shunday qilib, Ibn Sino orta asr Sharq va Evropa madaniyati va ma’rifati taraqqiyotiga juda katta tasir ko’rsatdi. IX-XII asrlar manaviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko’zga ko’ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o’rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o’zining yagona dostoni bolmish Qutadg’u bilig bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo’lib, uni shoir Qashgar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bagishlagan. Shu asari uchun unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o’g’li Og’dulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi. Mutafakkir inson faqat jamiyatda, boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali mehnatda chinakam kamolotga etadi, degan g’oyani ilgari suradi. Insonga foyda keltirmaydigan inson – o’likdir, deb takidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli – dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi ro’l oynaydi, deb uqtiradi. Shuning uchun, Yusuf Xos Hojib hokimga adolatli bo’lish, o’zboshimchalik va qonunsizlikka yo’l qo’ymaslikni maslahat beradi. Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qa’tiy nazar inson bo’lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadul- abad qoladi. Shu sababli o’z nomini hamisha yaxshilik bilan eslashni istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. U shunday yozadi: Kimning odobi yaxshi va axloqi to’g’ri bo’lsa, u kishi maqsadiga etadi va baxt unga kulib boqadi, chunki yaxshi axloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir. Yusuf Xos Hojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashga davat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mashalga o’xshatadi.



Download 55,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish