Yulduzlar mangu yonadi



Download 56 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi56 Kb.
#400973
Bog'liq
2 5280697702437357541

YULDUZLAR MANGU YONADI

Tog’ay Murod





  1. Tog’ay Murod adabiyotga tutab emas, yonib kirdi. (Said Ahmad)

  2. T.Murod qisalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o’zbekligi bilinib turadi. (Said Ahmad)

  3. Bo’z ot qanday bo’ladi? Surpday oppoq bo’ladi. Bordiyu ajdodida bo’lsa, toqqizga to’lganda Tarlon bo’ladi. Bu yoshda No’zning badanida xolday-xolday qora donalar bo’ladi. Shundan boashlab bu ot Bo’z ot emas, Tarlon ot bo’ladi. To’riq otning yuzdan biri yaxsh bo’ladi, Tarlon otning yuzdan biri yomon bo’ladi! (Ot kishnagan oqshom)

  4. Men T.Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida Bo’ri polvon, Tilovberdi polvon, Abil polvonning kurashlarini zavq-shavq bilan tomosha qildim. (Said Ahmad)

  5. T.Murod o’z ona tilini benihoya yaxshi biladi. Bilgandayam butun rangi bilan, ohangi bilan biladi. Shu bois, sof o’zbekcha bitadi. (Said Ahmad)

  6. T.Murodning kuyib, yonib, o’rtanib bitgan, ba’zan faryod urib bitgan “Oydinda yurgan odamlar” qissasini “Muhabbat qissasi”, deb atagim keldi. (Said Ahmad)

  7. “Momo yer qo’shig’I” boshqa qissalardan farq qiladi. T.Murod bu qssasida boshqacha yo’ldan boradi. O’z yo’lidan adashib, oyog’I yerdan uzilib, G’arb adabiyoti soyasi bo’lib qolgan ijodkorlarning tipik obrazini yaratadi. Shu ijodkor obrazi tufayli qissaga mayda-chuyda toshlar otildi. (Said Ahmad)

  8. “Ot kishnagan oqshom” qissasi “Alpomish” dostoni an’analarini eslatadigan xalqchil ruh bilan sug’otilgan. (Pirimqul Qodirov)

  9. “Kal” degan malomatni ma’naviy ustunlik-mohir chavandozlik shuhrati bilan yengib o’tadi. (P.Qodirov “Ot kishnagan oqshom” qissasining bosh qahramoni Ziyodulla chavandoz haqida)

  10. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi jarchining Zulfiqor polvinikiga sunnat to’yiga odamlarni chorlashi bilan boshlanadi.

  11. Zulfiqor polvonnikidagi to’yda Nabi oqsoqol to’yxonadagi voqealarga ko’-quloq bo’lib, tegishli yo’l-yo’riqlarni beradi.

  12. Zulfiqor polvonning oshnasi-Turdiboy to’yga echki yetaklab keladi.

  13. Xolboy surnaychi ikkita doirachi bilan mumtoz musiqalarni tarona etadi.

  14. To’y kuni Oqjargda ko’pkari bo’lishini Nabi oqsoqol e’lon qiladi.

  15. 5-6 bola jam bo’lib, bir uy ichida yerni aylana qilib chizdi. Aylananni gir deb atadi. Bir bola gir ichida qoladi, ko’zlarini yashirib turadi. Bolalar yashirinadi. Kimda-kim uning ko’zini shamg’alat qilib, girga chopib kirsa, shu g’olib. (Yashinmachoq o’yini)

  16. Bolalar ikki tarafga ajralishadi. Bir taraf teskari burilib turadi. Ikkinchi tarafdan qulochi katta bola bir qarichcha oppoq mol suyagini qulochkashlab otadi. Shunda raqiblar o’girilib suyak izlashga tushadi. (Oqsuyak o’yini)

  17. Kurashda polvonlarning oyog’idan zax o’tmasin uchun davraga somon sepildi.

  18. Kurash Keragatog’da bo’ldi.

  19. Kurashda Bo’ri polvon bakovul bo’ladi.

  20. Bo’ri polvonga Hotam polvon chiqdi. Sovringa: yaxshi to’n qo’yiladi.

  21. Kalishni yechdi. Mahsichan bo’ldi Qora choponining o’ngirlarini qayirib, belbog’iga qistirdi. Telpagini bostiribroq kiydi. Keng ham do’ng peshonasini, turtib chiqqan yonoqlarini siladi. Taka soqolini siladi. Kaftini tuflab-tuflab ho’lladi. (Bo’ri polvon)

  22. Shukur polvon-5-6 yoshli bola. Raisning o’g’li. Shukur polvon bilan Ermat polvon tushdi.

  23. It yiqilish- Ikki polvon baravar yiqilsa.

  24. Xolyor polvon-Shukur polvondan bir yosh katta akasi.

  25. Or-nomus uchun kurashish bolalikdan boshlanadi! (Yulduzlar mangu yonadi)

  26. Vatan-kindik qon tommish yerdan boshlanadi.

  27. Yetti o’lchab, bir kes! (Bo’ri polvon)

  28. Tilovberdini davra oxiriga asra. Yo’g’on cho’zilib, ingichka uzilganda kunimizga kerak bo’lib qoladi. (Bo’ri polvon)

  29. Ko’pkarida otdan yiqilib ko’zi ojiz bo’lgan. Davraga qarayaptimi yoki olisga nazar solyaptimi, bilib bo’lmaydi. Boshini tik tutib, ko’zi ojizlarga xos o’tirdi, shoirona o’tirdi. (Nasim polvon)

  30. Beg’ubor bolalik, bebosh yoshlik yaqin olislarda-sochlarning oqi, yuzlarning bujuri, ko’zlarning nuri, ko’ngilning tub-tubida qoldi... (Bo’ri polvon)

  31. Oyxol xola-Bo’ri polvonning onasi.

  32. Nasim bilan Bo’riga o’xshagan ikki do’st hikoyasini-Suyun oqsoqol Marat boboga aytib beradi.

  33. Egachim elakli bo’ldi, elagi tilakli bo’ldi! (Momoqizning yonidagi qiz)

  34. Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj olishadi. Davraga yolg’ondakam chiqib: birovimiz astagina yiqilib, olgan qo’yni so’yib yeymiz deb kelishilganliklari uchun haydab yuboriladi.

  35. Juma polvon bilan Sher polvon olishadi.

  36. Karim po’stak bilan Rahmat polvon olishadi.

  37. Xalq hukmi-haq hukmi! (Bo’ri polvon)

  38. Regar tumanidan O’tar polvon chiqib, Surxondaryoning suyangan tog’larini barini yiqitadi.

  39. Bo’ri polvon yaqinda brigadir bo’ldi. Bu, Qobil sho’roning to’yida bo’ldi.

  40. Qobil Sho’roning to’yida Nasim polvonning omadi keldi. U to’g’chi urug’idan ikki polvon bilan olishdi.

  41. Bo’ri polvon: bu polvon emas, govkalla! (Sana polvon haqida)

  42. Polvon misoli og’ir bir tosh bo’ladi. Og’ir tosh esa uncha-munchaga ko’chmaydi. Bordi-yu, bir falokat bo’lib ko’chsa, yomon ko’chadi! (Bo’ri polvon Nasin polvon bilan olishuvga chiqqanda)

  43. Nasim polvon bilan Momoqizning to’yi-Olcha gullaganda bo’ldi!

  44. Rang ko’r, xol so’r! (Nasim polvon)

  45. Xo’jasoatlik Sadir polvon bilan sho’rchilik Ro’zi polvon olishadi.

  46. Maksim polvon-Sambo bo’yicha sport ustasi.

  47. Maksim polvon bilan olishishga hech kim chiqmagach Normurod polvon unga talabgor bo’ladi, lekin uni Maksim polvon bilan tushirishmaydi. Sababi: Normurod polvonning soqoli oq edi.

  48. Tilovberdi-Bo’ri polvonning o’g’li. (To’rt qizdan keyin, beshinchisi o’g’il bo’ladi. Tilab-tilab topganim deya Tilovberdi qo’yadi.)

  49. Bugun buni yo’qota bersak, ertaga uni yo’qota bersak, adirdagi podadan nima farqimiz qoladi?.. (Bo’ri polvon)

  50. Jasad bor! Aql bor! Yurak yo’q! To’rt mucha bor! Kuch-quvvat bor! Yurak yo’q! Ko’krakda jon bor! Yurak yo’q! Yurak! (Bo’ri polvon)

  51. Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan xursandchilikning farqiga bormaydi. (Bo’ri polvon)

  52. Farzandlar o’zi minayotgan mashinaga o’xshaydi! Odam kim, mashina kim, bilib bo’lmay qolyapti... (Bo’ri polvon)

  53. Olishuvga yengsiz, yoqasiz jelak kiyib chiqdi. (Maksim polvon)

  54. O’zingni izzat qilmasang ham davrani izzat qil! (Bo’ri polvon Maksim polvonga)

  55. Kubokni umrida birinchi bor ko’rib, xushro’y samovar ekan, choy qaynatib ichamiz degan. Bordi-yu, eslasa, kubok nomini yaxshi aytolmaydi. Kubok so’zi tiliga o’tirmadi. Shu-shu, kubokni samovar deydigan bo’ldi. (Bo’ri polvon)

  56. Sho’rchilik Maksim polvon bilan xo’jasoatlik Tilovberdi polvon chiqdi. Sovringa: Bir go’sam serka, bir juft uchlamchi kalish, besh so’m pul qo’yildi.

  57. Bo’ri polvon birinchi marta farg’onacha kurashni To’polon daryisi yoqasidagi davrada ko’rgan edi.

  58. Davra egalari Farg’ona vodiysidan Surxon vohasida kolxoz tuzish uchun Yo’ldosh Oxunboboyev tashabbusi bilan kelishgan edi.

  59. Farg’onaliklarni-O’zi juda muloyim xalq-da, olishlariyam o’z tabiatlaridan kelib chiqqan. Xudo ashulani vodiyliklar uchun yaratgan-da.(Bo’ri polvon)

  60. Hasan Sultonov-Stalin kolxozidan ashula aytgani chiqqan bir dehqon bola, asli qo’qonlik, qaysi bir yili rahmatlik Ma’murjon Uzoqov kelib, Toshkentga ergashtirib ketgan.

  61. Davraga chiqib kurashmagan erkakni... erkak demadi! (Bo’ri polvon)

  62. Men o’yin bilmagan ayolni-ayol demayman, davraga olishmagan erkakni-erkak demayman! (Bo’ri polvon)

  63. Polvonning xo’rozi samovar oladi. (Bo’ri polvon)

  64. Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan! (Bo’ri polvon)

  65. Bo’ri polvon bilan Ismoil ismli yosh polvon chiqdi. Sovringa: bir g’unajin, yana bir qancha mayda zotlar qo’yildi. (Shu olishuvda Bo’ri polvonning yelkasi ilk marta yerni ko’rni)

  66. Shermat mergan merganliksarguzashtlaridan gurung berdi. Sho’rchilik povonlarga ta’rif berdi. Abil polvnni ulug’ladi.

  67. Abil polvonning cho’nqayma usuli bor. Keyin jini bor, davraga kirganda, tutib qoladi. Shu boisi Abil polvonni Abil tentak, deyishadi.

  68. Nasim polvonning davraga kelmasligining sababi bo’yniga chipqon chiqqani bo’ldi.

  69. Jayraxona-Termizdagi jinnilarni davolaydigan dargoh.

  70. Cho’nqayma g’oyat nozik san’at: bordi-yu, polvon cho’nqayma qilishni eplay olmasa, o’zi mag’lub bo’ladi. Cho’nqayma g’oyat qaltis san’at: bordi-yu, cho’nqaymaga olmish polvon chili chiqib keta, yerga harommag’izi bilan borib tushadi. Cho’nqaymaning qaltis ta’riflari tag’in ko’p...

  71. Bo’ri polvon Ismoil polvonni ikki oy ta’qib qildi. Termizda bo’lmish to’yga juda kechikib bordi. Shu to’yda Bo’ri polvon g’olib bo’ladi.

  72. Shafqatsiz vaqt har davrning o’z qahramonlarini yaratadi! Inson buni xoxlabdimi-yo’qmi, vaqt uchun baribir-yarata beradi! Ana vaqt o’zining kenja zo’rini yaratdi! Ana, kenja zo’r, ana. (Bo’ri polvon haqida)

  73. Polvon o’zini 3 narsadan asrasin: 1. Ayolbozlik 2. Ichkilikbozlik 3. Polvon o’z nafs balosidan asramog’I kerak. (Bo’ri polvonning otasi bergan nasihatlarida)

  74. Yosh-yoshligini, qari-qariligini qiladi.

  75. Zo’r o’zgani bilamaydi. Ayniqsa o’zidan kuchsizlarni bilmaydi! Bilgisi kelmaydi! Boisi, ko’zga ilmaydi! Zo’rning tag’in bir fojiasi bor-zo’r mag’lubiyat alamini kam totadi. Zo’r-zafar og’ushida yashaydi! Zo’r mag’lubiyat alamini totib turishi lozim! Ana shunda o’zi haqida o’ylab ko’radi! Ana shunda sergaklik bilan yashaydi! (Yulduzlar mangu yonadi)

  76. Yo, jon chiqsin, yo, nom chiqsin!

  77. Bo’ri polvon o’z brigadasidagi Suluv degich qizga uylandi.

  78. Bo’ri polvonning ko’ngliga o’tirgani-Suluv erkak zoti ko’ziga tik qaramaydi. Suluv o’z oti bilan suluv bo’ldi. Suluv yuzlari aql ibosi bilan shoista bo’ldi O’roq o’rishda, uzum uzishda Suluvdan o’tadigani bo’lmadi.

  79. Tanacha ko’zini suzmasa, buqacha ipini uzmaydi!

  80. Xoliqulni Termizga o’qishga yuborib, o’zi uning ayoli bilan o’ynadi! Hamidni qayoqqadir ish bilan yuborib, o’zi uning xotini bilan o’ynadi. (Mirobni xotini bilan o’ynaganiga chiday olmagan mirob ijroqo’mga rais ustidan shikoyat qilib)

  81. Shu voqeadan so’ng Bo’ri polvon 20 yildan oshiq rais bo’ldi.

  82. O’lim qosh bilan qoboq orasida bo’ladi!

  83. Odamzodning ko’zi vaqt o’tgandan keyin ochiladi... (Eski rais Bo’ri polvonga)

  84. Nasim Bo’ri plvonning onasining o’lganligini Denovdagi gazetadan biladi.

  85. Bo’ri polvonning onasining qabrini serhasham qilib marmar bilan bezagan odam-Eski rais edi.

  86. Raisga ichi achib, Bo’ri polvon uni Fermer mudiri qilib qo’ydi.

  87. Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi!

  88. Alp-otadan, zot- onadan-da! (Bo’ri polvon o’g’li haqida)

  89. Barmoq oyini-polvonlar san’ati! Bu san’atni hech kim polvonchalik ijro etolmaydi!

  90. Moskvada o’qiydigan Jabbor bir olim oshnasini olib kelganda, kurashchilarni ko’rib, bular jismoniy tarbiya maktabini tugatganmi deydi. (Mo’min muallim)

  91. Klassik kurashda oyoq bilan chil berish degan gap yoq.

  92. Uzoqlarga qarab yashaymiz-u, oyog’imis ostidagi gavharni ko’rmaymiz! (Mengboy kal)

  93. Kitoblik Sayfiddin Hodiyev: Trenerlar meni jahon chempioni qilib yetishtirdim deb o’ylaydi, bilmaydiki men bolaligimdan to’ylarda olishib yurgan tayyor polvon edim.

  94. Erkakmisan-oyg’ida tik turgan polvon bilan olish. (Bo’ri polvon Maksim polvonga)

  95. SSSR sport ustasi-Maksim polvon.

  96. Temir polvon bilan Berdi polvon olishadi.

  97. Temir polvon Chori polvon bilan olishmaganing sababi: vaqtida Chori polvon unga bosh-qosh bo’lgan, to’ylarini olib borgan, o’zining hunarlarini unga o’rgatgan. Temir polvon Chori polvonni ustozi deb biladi va ustozimning yoqasidan ushlamayman degan.

  98. O’z asliga tortmagan, o’z aslini unutgan odam-odam emas! (Bo’ri polvon)

  99. Abray polvon-Nasim polvonning o’g’li. Momoqizga o’xshamaydi. Otasiga tortibdi. Burnining puchuqligi Momoqizga kelbat beribdi.

  100. Abray polvon bilan Tilovberdi polvon chiqadiga bo’ldi. Sovringa: bir ho’kiz, bir juft ikkilamchi kalish, bir to’n, 10so’m pul.

  101. Jonibek polvon bilan Shodi polvon olishadigan bo’pti. Sovringa: bir turkmancha gilam, bir uyqudan uyg’otadigan soat, 10so’m pul.

  102. Polvon polvonni osmonning ko’ksiga otsayam bekor! Polvonmisan-yerning ustiga yiqit! (Bo’ri polvon o’g’liga)

  103. Otamiz bor ekan, bizga g’animning keragi yo’q! (Tilovberdi)

  104. Qizlarim ota deganini eshitsam bir suyunaman, nevaralarimning bobo, bobo deganini eshitib ikki suyunaman! (Bo’ri polvon)

  105. Bo’ri polvon rais bo’lgan vaqtlarda kolxosiga Toshkentdan Tamaraxonim keladi.

  106. Tamaraxonimdan boychechak isi kelardi!

  107. Hind kinosidagi qizlar-suv bilan yutguday xushro’y bo’ladi. Hind qizlarining qoshlari oralig’ida xol, yonoqlarida xol, iyaklarida xol. (Bo’ri polvon)

  108. Har er ko’ngilning qiz ko’ngilga aytajak gaplari bo’ladi. Ko’nglida shu gapi bo’lmagan yigit-yigit emasdir! Shu gapni qaysidir yigitdan intizor bo’lib kutmagan qiz-qiz emasdir! (Bo’ri polvon)

  109. Momoqiz rubobiy qo’shiqni kuylaydi.

  110. Tilovberdini o’g’ling bilan uch safargacha olishtiraman. Bordi-yu, uch marotaba ham o’g’ling o’ktam kelsa... unda an iloj, uchdan keyin puch!

  111. Har bandaning ko’kda o’z yulduzi bo’ladi. Shu yulduzning yongani-shu bandaning yonganidir. Shu yulduzning so’ngani-shu bandaning so’nganidir. (Bo’ri polvon)

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish