Yun onomastike nomlash, nom qoʻyish sanʼati tilshunoslikning har qanday



Download 60,18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.03.2022
Hajmi60,18 Kb.
#513211
Bog'liq
Onomastika - Vikipediya



Onomastika
Onomastika
(yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) — tilshunoslikning har qanday
atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek,
barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim tadqiqotlarda "O." termini antroponimika maʼnosida ham
qoʻllangan. O. mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi.
O. atoqli nomlarni olgan obʼyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat:
antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik obʼyektlarning atokli
nomlarini; te -onimika — turli diniy tasavvurlar boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs
va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni;
kosmonimika — fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarlarning ilmiy
muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va
yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi. O.ning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor.
O. atokli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud boʻlgan obʼyektlarning nomlari) va
mifonimlar (xayoliy-toʻqima obʼyektlarning nomlari)ga boʻladi.
Atoqli nomlarning lisoniy xususiyatlariga qarab O. adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va
poetik, zamona-viy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga boʻlinadi.
Nazariy O. til va nutkdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo boʻlishi,
nominatsiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil oʻzgarishlari, nutqda
qoʻllanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini oʻrganadi. Badiiy
matnlardagi atokli nomlarni (poetik O.) tadqiq etish alohida muammo hisoblanadi. O.,
shuningdek, tilshunoslikning qiyosiytarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik haritalashtirish va
boshqa usullarini qoʻllagan holda, atokli nomlarning fonetik, morfologik, soʻz yasalishi, semantik,
etimologik va boshqa jihatlarini oʻrganadi.


Amaliy O. xorijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi va transliteratsiyasi, anʼanaviy
(talaffuz va yozilishiga koʻra), tarjima kilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, "begona"
nomlarni oʻz tilda kanday yozish boʻyicha yoʻriqnomalar tayyorlash, xorijiy tillardan oʻzlashgan
nomlardan yangi soʻzlar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni oʻzgartirish masalalari bilan
shugullanadi.
O. tarix, etn., arxeologiya, genealogiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geogr.,
astronomiya, geol., demografiya kabi fanlar bilan oʻzaro aloqadordir.
Abduvahob Madvaliyev.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Onoma
stika&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Onomastika&oldid=2387011

dan olindi

Download 60,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish