Z. A. Sagdillayeva I f. n., Toshkent moliya instituti «Moliyaviy tahlil»


- BOB. KOMPLEKS IQTISODIY TAHLIL HAMDA ISHLAB



Download 0,6 Mb.
bet81/115
Sana11.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#655173
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi-fayllar.org

7- BOB. KOMPLEKS IQTISODIY TAHLIL HAMDA ISHLAB 
CHIQARISH-MOLIYAVIY FAOLIYATNING ASOSIY 
KO‘RSATKICHLARI TAHLILINING USLUBIY ASOSLARI 

7.1. Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish 

Raqobatdosh iqtisodiyot shakllantirilayotgan sharoitda xo‘jalik alo-


qalarining yanada kuchayishi, ishlab chiqarish sur’atlarining muntazam
o‘zgarib turishi sodir bo‘layotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rga-
nishga har tamonlama yondashishni taqozo etadi. Shu ma’noda kom-
pleks iqtisodiy tahlilning mazmunini korxonani keng qamrovli tarzda
o‘rganish asosida, faoliyatdagi o‘zaro bog‘liqlik hamda aloqadorlik ji-
hatlarni ko‘rib chiqib, mavjud resurslardan imkon qadar samarali foyda-
lanishning chora-tadbirlarini belgilab berish maqsadida faoliyat natija-
viyligini yaxshilashning ichki imkoniyatlarini aniqlash tashkil etadi.
Kompleks iqtisodiy tahlil tizimli asosda o‘tkaziladi. Tizimli tahlil
esa olti bosqichdan iborat. Ular quyidagilardir.
Birinchi bosqichda tahlil obyektining maqsadi va funksiya qilish
shartlari aniqlanadi. Korxona faoliyati tizim ko‘rinishida resurslar ta’-
minoti, ishlab chiqarish va tayyor mahsulot kabi elementlar yig‘indi-
sidan tashkil topadi. Maqsad esa rentabellikni ta’minlash. Tahlil vazifasi
rentabellikni oshiruvchi alohida olingan omillarni topish. Shartlar chek-
langan resurslar bilan samarali ishlash yoki mahsulot hajmi cheklangan
sharoitda resurslarni tejash.
Ikkinchi bosqichda korxona faoliyatini ifodalovchi barcha ma’lu-
motlar tanlab olinadi. Bunda axborot tizimi asosiy manba bo‘lib hisob-
lanadi.
Uchinchi bosqichda tizimning chizmasi shakllantiriladi. Chizmada
asosiy komponentlar, funksiyalar, o‘zaro aloqalar, kichik tizimlar, ular-
ning elementlari ko‘rsatib beriladi.
Ko‘rsatkichlar hamda omillar asosida kompleks iqtisodiy tahlilning
umumiy blok-chizmasi tuziladi. Blok-chizmada omillar va ko‘rsatkich-
lar tasnif qilinib, ularning aloqasi ilmiy asosda rasmiylashtiriladi.
To‘rtinchi bosqichda tizimdagi asosiy bog‘lanishlar va omillar
belgilanib ularga miqdoriy tavsif beriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha


170
fond qaytimi, materiallar bo‘yicha material qaytimi, mahsulot bo‘yicha


mahsulot hajmi va boshqalar.
Beshinchi bosqichda dastlabki bosqichlarda olingan ma’lumotlar
asosida tizimning modeli quriladi. Bunda muayyan korxonaning
ma’lumotlari kiritilib, miqdor jihatdan asoslangan ko‘rsatkichlar olinib
modelning parametrlari shakllantiriladi.
Oltinchi bosqichda model parametrlari bilan ishlanadi. Bunda ishlab
chiqarishning samaradorligiga, uni oshiruvchi omillarga, faoliyat nati-
jalariga obyektiv baho beriladi.
Kompleks iqtisodiy tahlilda tizim asosida yondashishda asosiy jihat
mantiqiy-uslubiy holatni ilmiy shakllantirib, tasvir ko‘rinishida ifoda-
lashdir. Ushbu tahlil turining asosiy jihati esa samaradorlikni ifodalovchi
umumiy ko‘rsatkichga har bir blokning alohida bog‘liqligi va ta’siri,
bloklarning o‘zaro ta’siri, o‘zaro shartlanganligi tahlilida bog‘liqlik
hamda tizimlilikning mavjudligidir.
Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib kompleks iqtisodiy tahlil
uslubida quyidagi elementlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
– iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarni aniqlash;
– ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish;
– tahlil o‘tkazishning uzluksizligi va chizmasi;
– tahlil o‘tkazishning muddati va davriyligi;
– ma’lumotlar olish hamda ularni qayta ishlash usullari;
– iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilishning usul va texnikalari;
– tahlil o‘tkazishning bosqichlari hamda majburyatlarning taqsimla-
nish tartibi;
– tahlil uchun zarur bo‘lgan hisoblash texnikasi hamda tashkiliy tizim;
– tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi hamda ularni baholash;
– analitik ishlarni mehnattalabligini baholash hamda tahlil o‘tkazish
samarasini hisob-kitob qilish.
Kompleks iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Ular qatoriga quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin:
Mehnat resurlaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsat-
kichlar tahlili.
Mehnat vositalaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsat-
kichlar tahlili.
Nomoddiy aktivlardan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsat-
kichlar.
Mehnat ashyolari, buyumlaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar tahlili.


171
Ishlab chiqarish va faoliyat natijaviyligini tavsiflovchi ko‘rsatkich-


lar tahlili.
Moliyaviy holat va to‘lov layoqatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
tahlili.
Kompleks tahlilda tizimli o‘rganish barcha faoliyatni turli manfaat-
lar nuqtayi nazaridan, ma’lum ketma-ketlikda, tartib va qonuniyatlarni
e’tiborga olgan holda o‘rganishdir.

7.1-jadval 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish