Z. M. Bobur nomidagi


Mahalliy davlat hokimiyatining tashkil topishi



Download 440 Kb.
bet4/6
Sana12.07.2022
Hajmi440 Kb.
#780967
1   2   3   4   5   6
3. Mahalliy davlat hokimiyatining tashkil topishi

Mustaqillik sharofati bilan o‘tish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini o‘zgartirish borasida ko‘plab islohotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Biz davlat qudratiga hokimiyat va boshqaruv idoralarining soni va miqyosiga qarab emas, aksincha, ularning ish tizimi qanchalik samara berayotganiga, ular faoliyatining qonuniy asoslari qay darajada shakllanishiga qarab baho berishimiz lozim».1 1991 yil 31 avgustda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil demokratik davlat deb e’tirof etildi va o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ldi.


O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalarni belgilagan edi. Eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. «YAngi uyni qurmay turib, eskisini buzmang», degan tamoyilga amal qilib, amalda mavjud bo‘lgan vakillik organlarining viloyat, tuman va shahar bo‘g‘inlari saqlanib qolindi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan.1
«O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi 1992 yil 4 yanvar qonuni respublikada mahalliy hokimiyat organlarining yangi tizimi vujudga kelishida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qonunda ko‘rsatilishicha, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining tumanlari va shaharlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya - boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavo­zimini ta’sis etish lozim deb topildi. SHu konuniy hujjat asosida yurtimizda 1992 yil yanvaridan hokimliklarning faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ushbu qonunga binoan, hokimlarning yuqori ijro organlari tomonidan tayinlanib, tegishli Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishini mustahkamladi, tumanlarga bo‘ysunadigan va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda esa davlat hokimiyati vakillik organlari tashkil etilmaydi. Bu joylarda faqat ijroiya hokimiyat organlari - hokim lavozimi bo‘lishi belgilangan.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish, ularning ishlash imkoniyatini oshirish, huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilash maqsadida vakolat muddati 5 yil qilib belgilangan hokimlik instituti joriy qilindi. Bu tari­xiy ahamiyat kasb etdi, ya’ni o‘tmishda sinalgan an’anaviy boshqaruv idoralari — hokimliklar qayta tiklandi.
Hokim bir vaqtning o‘zida ham ijro etuvchi, ham vakillik organining boshlig‘i hisoblanadi.
Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli viloyat Xalq deputatlari Kengashlari, Toshkent shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyatlarning hokimlari Respublika Prezidentining joylardagi rasmiy vakillari bo‘lib, tegishli viloyat Kengashlariga hisob beradilar.
Tumanlar va shaharlarning (Toshkent shahri bundan mustasno) hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashi tomoni­dan tasdiqlanadilar. SHaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli shahardagi nohoya Kengashi tomonidan tasdiqlanadilar.
Tuman va shaharlarning hokimlari o‘zlaridan yuqori turuvchi hokimlarga va tegishli Xalq deputatlari Kengashlariga hisob beradilar.
Bu qonun qabul qilingach, mahalliy hokimiyat organla­ri tizimi va ularning shakllanishiga katta o‘zgartishlar kiritildi; jumladan, mahalliy hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga - vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi. Ijroiya hokimiyati organlari vakillik organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunmaydigan organ bo‘ldilar; joylarda yakkaboshchilik asosida ish olib boruvchi, ikki mahalliy organga rahbarlik qiluvchi hokim lavozimi ta’sis etildi.
1992 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonunga konstitutsiyaviy qonun maqomini ber­di.
1992 yildan O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish sohasida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish borasida amaliy ishlar boshlandi. Bu hujjatlar orasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi1, 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi1 va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunlar2, 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonun va boshqalar muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanib, unga ko‘ra avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomini Kengashlar deb o‘zgartirib qolmasdan, balki mutlaqo yangi tizimni O‘zbekiston Respublikasi o‘rnatdi. Bu organlarning tashkil etilishi mavqei va davlat boshqaruvidagi tutgan o‘rni sifat jihatidan o‘zgartirilib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi.
Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun, uch pog‘onali tizimi vujudga keltirildi: viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari. Mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqil vakillik va ijro hokimiyati organlariga bo‘linadi. SHuningdek, mahalliy vakillik organlari tizimi bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi bir-biridan ajratildi. Endilikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi vakillik organlari tizimiga kirmaydi.
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi va bu qoida «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga asosan «Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan Xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar»3, deyilgan bo‘lsa, «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida «Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) Xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir»1, deb belgilandi. Natijada, shu davrgacha O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishining eng quyi bo‘linishlari - qishloq, posyolka (shaharcha) larda vakillik organlari tuzilmaydigan bo‘lib, ular o‘rniga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.
SHunday qilib, mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimi, ya’ni tuman, shahar Xalq deputatlari Kengashlari - quyi bo‘g‘in; viloyatlar va Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashlari - yuqori bo‘g‘in vujudga keldi. SHuningdek, mavjud hududiy tuzilishlarning ham ba’zilarida, masalan, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydigan bo‘ldi. Bu joylarda faqat ijroiya hokimiyati organlari rahbari - hokimlar bo‘lishi nazarda tutiladi.
O‘zbekistonda tumanlarning ikki turi - viloyatlar tarkibiga kiruvchi va shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar, shaharlarning uch turi – tumanga bo‘ysunuvchi, viloyatga bo‘ysunuvchi va respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlar mavjud.
1993 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining tizimi, ularni tashkil qilish tartibi, vazifalari, vakolatlari, iqtisodiy va moliyaviy asoslari belgilab berildi. Mazkur qonunning 2-moddasida ta’kidlanishicha, tuman markazlari hisoblangan shaharlarda, viloyat hokimi shahar hokimini tuman hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organi tuzish vakolatiga ega. Bu xususdagi qaror xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashlarining va hokimlarning vakolat muddati - besh yil.2
Bu qonunning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, u hamma pog‘onadagi mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini yagona qonun asosida huquqiy jihatdan tartibga soldi (shu davrgacha mahalliy hokimiyat organlari har bir pog‘onasining huquqiy holati aloxida- aloxida qonunlarda belgilanar edi).
Sovetlar davrida O‘zbekistonda barcha ma’muriy-hududiy bo‘laklarda davlat vakillik organlari tash­kil etilar edi. Qishoqlar, ovullar va posyolkalarda, tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda vakillik hokimiyati organlari tashkil etilar, natijada vakillik hokimiyati organlari tizimi ko‘p sonli organlardan iborat bular edi. Kengashlarning tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ma’muriy-hududiy bo‘laklardagi vakil­lik organlari nomigagina tuzilar va yuqori pog‘onadagi vakillik organlarining faoliyatini takrorlardi, xolos. Quyi pog‘onada, mustaqil xal qilinadigan ishlar deyarli yo‘q edi. Ularni saylash esa ortiqcha tashvish va harajatlarni keltirib chiqarar, kishilarni asosiy ishlardan chatlatar edi1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari tizimiga kiruvchi organlarning ixtiyoriy berilgan masalalarning asoslari belgilangan bo‘lib, bular mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlarini konstituqiyaviy asosi hisoblanadi. «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning «Xalq deputatlari kengashlari va hokimlarning vakolatlari» deb nomlangan VI bobida2, ularning vakolatlari aniq qilib belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidigi (vakolat)lar kiradi :
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madanniy rivojlantirish;
- mahalliy byudjetni shakllantirish va o‘ni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.3
Bu vazifalar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlarining birga amalga oshiradigan vazifalari bo‘lib, ularning vakolatlari shu vazifalardan kelib chiqadi.
Qonuniylik huquqiy-tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash — bir-biri bilan bog‘lik bo‘lgan murakkab masaladir, ya’ni qonuniylik har bir davlat faoliyatining asosi bo‘lib hisoblanadi. Agar qonuniylik buzilsa, o‘z-o‘zidan huquqiy-tartibot ham, fuqarolarning huquq va erkinliklari ham buziladi.
SHunday ekan, qonuniylik huquqiy tartibot va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash mahalliy - hokimiyat organlari oldidagi eng asosiy vazifa hisoblanadi.


Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish