Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Котирло  В.К.  Развитие  волевого поведения у дошкольников.  К иев,1971



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

1  Котирло  В.К.  Развитие  волевого поведения у дошкольников.  К иев,1971, 

С .179-182.

284


ayniqsa tez o‘sadi.  7—10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 

45%  ortishi,  10—12  yoshgacha bolalarda  esa  65%  gacha ortishi  rus 

olimlari tomonidan aniqlangan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm 

chizishga  o‘rgatish  ranglarni  farqlash  sezgirligining  o‘sishiga  katta 

ta’sir ko‘rsatadi.  Ohanglarni  farq qilish sezgirligi,  ayniqsa bolalarga 

musiqa va  ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi.  Sezgi- 

larning  o‘sishida,  shuningdek, jismoniy  tarbiya  mashg‘ulotlarining 

ham  ahamiyati  katta.  Aniq harakat  qilishga jalb  etuvchi  mashqlar 

bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi.

Kichik maktab  davriga kelib  idrokning  hamma turlari  asosan 

ta’lim-tarbiya  tufayli  mazmun,  aniqlik,  ravshanlik jihatdan  ko‘p 

darajada  takomillashadi.  Mazkur  yoshdagi  bolalar  o‘z  idroklari- 

ning  aniqligi,  ravonligi,  o‘tkirligi bilan boshqa yosh  davrdagi in- 

sonlardan  keskin  farq  qiladi.  Ular  har  bir  narsaga  berilib,  o‘ta 

sinchkovlik  bilan  qarashlari  sababli  idrokning  muhim  xususiyat­

larini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Birinchi  sinfga  kelgan  bola  predmetlarning  rangi,  shakli  va 

kattaligini,  ularni  makonda joylashishini  bilish bilan,  birga  ular­

ni  taqqoslay  oladi.  Maktabda  muvaffaqiyatli  o‘qish  uchun  bola 

sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bolishi juda muhim hi­

soblanadi.  Maktab  yoshiga  kelib,  normal  rivojlanayotgan  bolalar 

rasm va  suratlar  real  hayotni  aks  ettirayotganligini yaxshi tushu- 

nadilar.  Shuning  uchun  ham  surat  va  rasmlarda  nimalar  aks  et- 

ganini  real  hayotga  taqqoslagan  holda  bilishga  harakat  qiladilar. 

Bola  rasmlarda  atrof-hayotdagi  narsalarni  kichiklashtirib  tasvir- 

langanligini anglay biladi.  Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy 

didni rivojlantiradi.  Chunki,  bola shu rasmlar orqali olam go‘zal- 

ligini,  uning  turfa  ranglardan  iborat  ekanligini  anglaydi,  ajratadi 

va o‘z munosabatini bildira oladi.  Ta’lim-tarbiya jarayonida bola­

larda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi.  Kuzata bilish 

muvaffaqiyatli  o‘qish  uchun  zarur  shartlardan  biridir.  0 ‘quvchi- 

larda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri,  irodasi,  qiziqish, 

havaslari  bilan  birgalikda  o‘sib  boradi.  Bu  yoshdagi  o‘quvchi- 

lar  o‘z  idroklarini  mustaqil  idora  eta  oladilar.  Boshlang‘ich



285


sinf  o‘quvchilari  katta  yoshdagi  odamlardan  deyarli  qolishmas- 

dan to‘g‘ri  chiziqni  ko‘z  bilan  chamalab  teng  ikki bolakka bola 

oladilar,  narsa  va  chiziqlarni  katta-kichikligiga  qarab  taqqoslay 

oladilar,  narsalarning  fazoda  turgan  o‘rnini,  ularning  qaysi  biri 

yaqinroq yoki uzoqroq,  qaysi biri balandroq yoki pastroq joylash- 

ganini  ko‘z bilan  chamalab,  shu  masofani bosib  o‘tish uchun ta­

lab  qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.

Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq 

muddatli  va  shartli  barqaror  boladi.  Boshlanglch  sinf o‘quvchi- 

larida  diqqatni  irodaviy  zo‘r berish  bilan  boshqarish  va  vaziyatga 

moslash imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi, ularda 

ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyor- 

siz diqqat ko‘proq rivojlangan boladi.  Boshlanglch sinf o‘quv ma- 

teriallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beix- 

tiyor  his-tuyg‘ularni  uyg‘otadi  va  kuchli  irodaviy  zoliqishsiz  fan 

asoslarini  egallash  imkonini  beradi.  1—2-sinf o‘quvchilari  diqqa- 

tining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri  — uning yetarlicha barqaror 

emasligidir.  Shuning uchun ham ular o‘z  diqqatlarini  uzoq  mud- 

dat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlari us- 

tida  uzoq  tura  olmaydilar.  Ta’lim jarayoni  kichik  maktab  yoshi­

dagi  o‘quvchilarning  ixtiyoriy,  barqaror,  mustahkam,  kuchli,  faol 

ongli  diqqatni  rivojlantirishga  qulay  shart-sharoit  yaratadi.  Bilim 

olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish,  misol-masalalar ye- 

chish,  mashqlar bajarish,  takrorlash  irodaviy zo‘r berish jarayoni­

da ixtiyoriy,  ongli diqqat tarkib topadi.

0 ‘quv  faoliyati  boladan  berilgan  o‘quv  materiallarini  esda 

saqlab  qolishni  talab  etadi,  o‘qituvchi  o‘quvchisiga  nimalarni  es­

lab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi.  0 ‘quvchi nimani 

eslab qolishi kerakligini takrorlaydi,  uni tushunib olishga harakat 

qiladi.  Lekin  bu  yoshda  ixtiyorsiz  xotira,  shubhasiz,  ustunlik 

qiladi.  Bolaning  xotirasida  saqlab  qolishini  asosan  uning  ishga 

bolgan qiziqishi belgilab beradi.  0 ‘quv materialini tushunish,  es­

lab  qolishning  asosiy  sharti  hisoblanadi  Birinchi  signal  sistema- 

si ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik



286


maktab yoshidagi o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra ko‘rgaz- 

mali  harakatli  xotira  ustunlik  qiladi.  Shuning  uchun  ham  ular 

nazariy  qonun  va  qoidalardan,  mavhum  tushunchalardan  ko‘ra 

yaqqol  ma’lumotlar,  axborotlar,  voqea  va  hodisalarni,  obrazlar 

va  narsalarni  tezroq  hamda  mustahkamroq  eslab  qoladilar  va 

uzoq  muddat  esda  saqlaydilar.  Kichik  maktab  yoshidagi  bolalar 

ta’lim  olish munosabati bilan mantiqiy,  ya’ni ma’nosiga tushunib 

esda  qoldirish  qobiliyati  o‘sib  boradi.  Esda  qoladigan  material- 

ning  hajmi  kengayib  boradi,  materialning  mazmunini  tushunish 

ham chuqurlashadi va murakkablashadi.  Ba’zan boshlang‘ich sinf 

o‘quvchilari,  hatto  mazmuni  tushunarli  bolgan  materialni  ham 

ma’nosiga e’tibor bermasdan,  mexanik ravishda o‘rganib oladilar.

Respublikamizning  psixolog  olimi  E.G‘.G‘oziyevning  fikriga 

kola,  buning  sabablari  quyidagilar1:  1)  ularning  mexanik  xotira­

si boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun 

ham ma’lumotlarni  aynan,  o‘zgarishsiz  eslab  qolish imkonini be­

radi; 2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab yetmaydilar, 

natijada uning  «to‘g‘ri tushuntirib ber»  degan talabini so‘zma-so‘z 

takrorlash  deb  biladilar;  3)  ularning  nutq  boyligini  yetishmasli- 

gi (ilmiy atamalar,  til qonuniyatlarini bilmasligi)  materialni ijodiy 

toldirish,  unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni  so‘zma- 

so‘z qaytarishni  osonlashtiradi;  4)  o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usul- 

lar  bilan  eslab  qolishni  bilmaydilar.  Bunday  holat  shu  yoshda­

gi  bolalarda  albatta  bolishi  kerak  emas.  Mexanik  esda  qoldirish 

ko‘pincha  o‘qituvchilar  o‘quvchilarida  mantiqiy xotirani  o‘stirish- 

ga  yetarli  e’tibor bermagan  hollarda  bolishi  mumkin.  Ta’lim ja­

rayonida  o‘quv  materialining  ma’nosini,  mohiyatini,  turli  mulo- 

hazalarni, dalillarni,  ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish 

orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi.  Birinchi sinf- 

dan boshlab  ixtiyoriy  esga tushirish  qobiliyati tez  rivojlana bosh­

laydi.  О‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy 

esga  tushirish  ham  barobar  talab  etiladi.  Busiz  o‘qish  jarayoni-




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish